Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish


Емельянов Б.В. «Экскурсоведение» Уч.пос. М. 2006



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

2 Емельянов Б.В. «Экскурсоведение» Уч.пос. М. 2006.
12


1.4. Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida
Gid faoliyatida pedagogika muhim o‘rinni egallaydi. 
Pedagogi-
ka -
bu o'sib kelayotgan aviodni o‘qitish, ta’lim va tarbiyalaming 
qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir.
Har bir ekskursiya jarayoni insonga tabiat, jamiyat, tarixiy 
voqealar, tabiiy hodisalar haqida yangi bilimlami beradi, ya’ni u 
ta’lim jarayonining bir qismidir.
Gidning ekskursantlar bilan muloqoti, uning tavsiyalari
ko‘rsatmalari tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. O'rganilayotgan 
ma’ lumotlar ulaming ongini ma’naviy va estetik boyitadi. Shunday 
qilib, ekskursiya xizmati pedagogik jarayonning bir qismi bo‘lib, 
insonga ta’lim, tarbiya beradi, dunyoqarashini shakllantiradi.
Pedagogik ekskursiya jarayoni didaktik tamoyillarga asoslan- 
gan bo‘lib, ekskursantlar ta’limining mazmuni, tashkiliy masa- 
lalari va uslubini belgilaydi. Bularga ilmiylik, g‘oyaviylik, hayot 
bilan bog‘liqlik, tizimlilik, oddiylik, foydalilik va ishonuvchanlik 
tamoyillari kiradi.
Ekskursiya xizmati madaniy-ta’limiy ishlaming shakli sifatida 
alohida ahamiyatga ega. Maktablarda ekskursiya dars va ma’ruza 
kabi umumta’limiy faoliyat turiga bo‘ysunadi. 0 ‘quv jarayonida 
ekskursiya ta’lim shakli sifatida ushbu jarayonning boshqa shakl- 
laridan ahamiyatiga ko‘ra farq qilmaydi, ammo nafaqat o‘quv 
maqsadlaridagi ekskursiya, balki boshqa ekskursiyalar ham o ‘z 
vazifalari va ishtirokchilar ta’siriga ko‘ra pedagogik jarayon hi- 
soblanadi. Barcha pedagogik jarayonlarda bo'lgani kabi ekskur­
siya xizmatida ham ikki tomon ishtirok etadi: o‘rgatuvchi-gid 
va o‘rganuvchi-ekskursant. Gid ma’lum bir mavzu bo‘yicha bi- 
limlarni beradi, ekskursantlar esa uni qabul qilishadi. Ushbu ikki 
tomonning o‘zaro harakati pedagogik jarayonning asosi hisobla- 
nadi. Ekskursantlar bilan o‘zaro munosabatda gid pedagogik ta’sir 
ko‘rsatish usullarini qo‘llaydi. Gid kasbiy malakasining tarkibiy
13


qismini pedagogik mahorat, pedagogik san’at tashkil etadi. Gid­
ning pedagogik mahoratiga quyidagilami kiritish mumkin: 
mutaxassislik bo‘yicha yetarlicha bilim; 
tahlil qilish, obrazli fikrlash qobiliyati; 
ekskursant ruhiyatini tushunish; 
guruhni boshqara olish;
pedagogik texnika sohasidan bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish; 
intuitsiya;
. ekskursant shaxsiyatini hurmat qilish;
tarbiya maqsadida pedagogik vositalami qo‘llay olish va h.k. 
Gid ekskursiya jarayonida ekskursantlami hamjihatlikda fikr­
lash, tahlil qilish, hamdardlik bildirish, qiziqishlari bo‘yicha bir- 
lashib, jamoaga aylanishini ta’minlashi kerak. Gid ekskursiya xiz­
matining nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor 
qaratishi lozim. U ekskursiya ma’lumotlarini shunday tanlashi va 
foydalanishi kerakki, ekskursantlarda vatanga bo‘lgan muhabbat, 
boshqa millatlar, ulaming urf-odatiga nisbatan hurmat kabi xislat- 
lar paydo bo‘lsin.
Har bir ekskursiya xizmati o‘z vazifasiga ega. Tabiatshunoslik 
mavzusidagi ekskursiyalar tabiatga, hayvonot va o‘simliklar ola- 
miga ehtiyotkorona munosabatni, san’atshunoslik mavzusidagi 
ekskursiya ekskursantlami estetik dunyoqarashini, ishlab chiqa- 
rish mavzusidagi ekskursiyalar mehnatsevarlikni tarbiyalaydi.
Ekskursiya xizmatidagi pedagogik jarayonning muhim qis­
mi ekskursiya ma’lumotlarini tushuntirishdir. Ushbu jarayonda 
ekskursantlar ongida ko‘rgan va eshitganlarini taqqoslash, bir 
obyektni ikkinchisi bilan solishtirish, asosiy va qo‘shimchalarini 
ajratish, umumlashtirish, xulosalash kabilar ro‘y beradi.
Pedagogik jarayon sifatida ekskursiya xizmatining yana bir 
vazifasi ekskursantlarda obyektlarni mustaqil kuzatishi uchun 
amaliy ko‘nikmalami shakllantirishdir. Ekskursiya o‘zining 
ko‘rgazmaliligi, obyektni ko‘rsatishning turli usullari, hikoyaning 
turli shakllari bilan qatnashuvchilami faollashtiradi.
14


Gid pedagogik jarayonning davomi sifatida ekskursiya jara­
yoni yakunida ekskursantlar bilimini mustahkamlash maqsadida 
mustaqil shug‘ullanishlari uchun adabiyotlar ro‘yxati, kinofilmlar 
ro‘yxati, boshqa ekskursiyalar nomi kabilami tavsiya etadi. Gid­
ning pedagogik faoliyatida quyidagi bosqichlami ajratish mumkin:
Ekskursiya jarayoniga gid va guruhni tayyorlash;
Ekskursiya xizmatini o‘tkazish;
Ekskursiya xizmati ma’lumotlarini mustahkamlovchi ekskursi- 
yadan keying! ishlar.
Gid pedagogika-psixologiya asoslaridan ham xabardor b o isa 
maqsadga muvofiq boiadi. Pedagogik-psixologiya ta’lim va tarbi- 
yaning psixologik muammolarini o‘rganadi. Gid pedagogikaning 
asosiy talablarini o‘rganib, auditoriyaga bilimlami yetkazishning 
samarali shakllarini, ta’lim va tarbiya vositalarini qo‘llaydi. Ta’lim 
va tarbiyaning pedagogik tamoyillari ekskursiya xizmatining ne- 
gizini tashkil etadi. Gid faoliyatining bosh vazifasi ekskursantlarga 
o‘rgatish va tarbiyalash, shaxsiyatini, bilim va ishonchini shakllan- 
tirishga yordam berishdir.

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish