4
Скобельцына А. С., Шарухин
А.
П. Технологии и организация
экскурсионных услуг. Учебник - 2-е изд., перераб. — М. :Издагельский
центр «Академия», 2013
24
loydalaniladi. Bunday ekskursiyalar turli xil obyektlarni ko‘rsatish
ncgi/.ida tuziladi (tarixiy va madaniy yodgorliklar, bino va inshoot-
lar, tabiat obyektlari, mashhur voqea joylari, shaharsozlik, sanoat
va qishloq xo‘jaligi korxonalari va shu k.).
Ko‘p rejali ekskursiyada voqealar batafsil yoritiladi va sha
har, o‘lka, viloyat, respublika, davlat haqida umumiy tasavvumi
beradi. Bunday ekskursiyada xronologik tartibda shaharning ilk
paydo boMishi tarixidan boshlab to kelajakdagi rivojlanishi haqida
ma’lumotlar beriladi.
Ko‘p rejali ekskursiyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib,
mavzuli ekskursiyadan farqli ravishda uning mavzusini belgilash
murakkabroq. Tayyorlash va o‘tkazish joyidan qat’i nazar ular
tarkibiy jihatdan bir-biriga deyarli o‘xshashdir. Ulaming har birida
bir necha mavzular mavjud (shahar tarixi, ishlab chiqarishning
qisqacha tarixi, fan, madaniyat, xalq ta’limi haqida). Ekskursiyada
aniq bir shahar, viloyat, o'lka o‘ziga xos tarixiy rivojlanishiga qa-
rab hikoya qilinadi. Masalan, harbiy-tarixiy mavzudagi ekskursi-
yalarda urushlar, qo‘zg‘olonlar boiib o‘tgan Buxoro xonligidagi
o'zaro nizolar kabi shaharlar kiritiladi. Adabiy mavzudagi ekskur-
siyalarda esa yozuvchi, shoirlar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq
shahar, qishloq, ko‘chalar kiritiladi.
Mavzuli
ekskursiyalar
bitta
mavzuning
yoritilishiga
bag‘ishlanadi. Agar bu tarixiy ekskursiya bo‘lsa, uning negizida
yagona mavzuda birlashtirilgan bir yoki bir necha voqealar yotadi.
Agar bu me’morchilik mavzusidagi ekskursiya bo‘lsa, unda sha
har, ko‘cha va maydonlarida joylashgan qiziqarli san’at asarlari,
o‘tgan asrlar me’moriy ansambllari kiritilishi mumkin.
Mavzuli ekskursiyalar tarixiy, ishlab chiqarish, tabiiy (ekologik),
san’atshunoslik, adabiy, me’moriy - shaharsozlik ekskursiyalariga
boMinadi.
0 ‘z mazmuniga ko‘ra
tarixiy
mavzudagi ekskursiya xizmatlari
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
25
-
tarixiy - о ‘Ikashunoslik
(masalan, «Sarnarqand shahrining
ming yillik tarixi», «Moviy gumbaz ostidagi shahar» va h.k.);
-
arxeologik
(masalan, Surxondajryo viloyatidagi Kampirte-
pa qadimiy shahri; Sarnarqand viloyatidagi Afrosiyob arxeologik
majmuasidagi tarixiy qazilmalami ko‘rsatish);
-
etnografik,
turli millat va elatlaming urf-odatlari haqidagi
ekskursiya;
-
tarixiy muzeylarda ekskursiya.
Ishlab chiqarish
mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi
guruhostilarga bo‘linadi:
- tarixiy- ishlab chiqarish;
- iqtisodiy- ishlab chiqarish (masalan, bank, birja faoliyati);
- texnik- ishlab chiqarish;
- ekskursantlami kasbga yo'naltiruvchi.
San 'atshunoslik
mavzusidagi ekskursiya xizmatlari quyidagi-
larga bo‘linadi:
-
teatral - tarixiy
(masalan, «Sarnarqand shahri teatri hayoti»,
«A.P.Chexov nomli rus drama teatri tarixi» va h.k.);
-
musiqiy - tarixiy
(masalan, «Hamid Olimjon teatriga bir
kunlik sayohat» va h.k.);
-
xalq amaliy san ’ati
(masalan, O ‘zbekistondagi kulolchilar,
zardo‘zlar va boshqa usta hunarmandlar faoliyati bilan tani-
shish);
-
madaniyat arboblari hayoti va faoliyati bilan tanishtiruvchi
joylar
/
-
kartinalar galereyasi, ho ‘rgazma zallari, muzeylar, rassom-
lar va haykaltaroshlar ustaxonalarida va h.k
Adabiy
mavzudagi ekskursiya xizmatlari odatda quyidagi gu
ruhostilarga bo‘linadi:
•
adabiy biografik.
Bunday ekskursiyalar shoir, yozuvchi,
dramaturglar yashab ijod etgan joylarda o‘tkaziladi (masa
lan, «Sadriddin Ayniy muzey uyi», «Andijon - Bobur yurti»
va h.k.).
26
•
adabiy - tarixiy
, o‘zbek adabiyotining rivojlanishining
ma’lum davrini ochib beradi (masalan, «XX - asrda Buxoro
adabiyoti», «Adabiy Toshkent» va h.k.).
•
M e’moriy
-
shaharsozlik
mavzusidagi ekskursiya xizmat
lari quyidagi guruhostilarga bo‘linadi:
- mazkur shahaming me’moriy qurilishini ko‘rsatuvchi
ekskursiya;
- ma’lum tarixiy davrning me’moriy yodgorliklarini
ko‘rsatuvchi ekskursiya;
- bitta me ’ mor ij odiyoti haqida ma’ lumot beruvchi ekskursiya;
- zamonaviy me’moriy namunalami ko‘rsatuvchi ekskur
siya.
Shuni ta’kidlash joizki, u yoki bu mavzuli ekskursiya xizmati
bir-biridan kamdan-kam alohida mavjud bo‘ladi. Masalan, tarixiy
ma’lumotni me’moriy-shaharsozlik mavzusidagi ekskursiya xiz
matida ham foydalanish mumkin. Tabiatshunoslik ekskursiyalari-
ning elementlarini qariyib barcha ekskursiyalarda uchratish mum
kin boMib, ekskursiyani o ‘tkazish sharoiti, shahar yoki hududning
resurslariga bog‘liqdir.
Qatnashuvchilar tarkibiga ko'ra ekskursiyalar
quyidagilarga
boMinadi:
•
kattalar va bolalar uchun;
•
mahalliy aholi va turistlar uchun;
•
shaharliklar va qishloq aholisi uchun;
•
guruhli va individual bo‘lishi mumkin.
Har bir guruh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ekskursiya
ma’lumotlari, uslubi va texnikasi, davomiyligiga o‘zgartirishlar
kiritiladi.
О ‘tkazish joyiga k o ‘ra:
shaharda, shahar tashqarisida,
ishlab chiqarish korxonalarida, muzeyda, majmuali bo‘lishi
mumkin.
Harakatlanish vositasiga ко ‘ra
: piyoda yoki turli harakatla-
nish vositasida bo‘lishi mumkin. Piyoda ekskursiya xizmatlari-
27
ning afzallik tomoni shundaki, unda harakatlanishning zaruriy
tezligini ta’minlab, obyektlarni ko‘rsatish va hikoya qilishda
qulay sharoit yaratish mumkin.
Transportli ekskursiya xizmati (asosan avtobusli) ikki
qismdan iborat bo‘ladi: to‘xtash joyida ekskursiya obyektlarining
tahlili(asosiy obyektlar) va obyektlar ora!ig‘ida tarixiy joylar va
yodgorliklar tavsifi bilan bog'liq hikoyalardan iborat. Ba’zida
ekskursiya xizmati amaliyotida suv va havo transportidan ham
foydalanishadi. Ekskursiya xizmati davomiyligi bir akademik
soatdan(45 daqiqa) bir sutkagacha bo‘ladi. Qisqa muddatli turlar-
ni(l kundan 3-4 kungacha) dam olish kunlari marshruti ham deyi-
shadi va uning tarkibida bir necha ekskursiya xizmatlari nazarda
tutilishi mumkin.
0 ‘tkazilish shahliga ko ‘ra
ekskursiya xizmatlari quyidagicha
bo‘iishi mumkin:
-
ommaviy ekskursiya.
Bunday ekskursiya xizmatlari qat-
nashuvchilari odatda 10-15 ta avtobuslarda (har bir avtobusda alo-
hida gid) bitta marshrut bo‘ylab bir vaqtda harakatlanadilar. Bun
day ekskursiyalar ommaviy teatrlashtirilgan tomoshalar, folklor
bayramlami o‘z ichiga olishi mumkin;
-
ekskursiya-sayr.
Bunday ekskursiya xizmati odatda
o‘rmonda, daryo va dengiz bo‘ylab o‘tkaziladi, o‘rganish va dam
olish elementlarini o‘zida mujassamlaydi;
-
ekskursiya-konsert.
Bunday ekskursiya xizmati musiqali
mavzuga bag‘ishlanib, avtobus salonlarida musiqali asarlar ham
eshitiladi;
-
ekskursiya-spektakl.
Bunday ekskursiya xizmati adabiy-
badiiy ekskursiya xizmatini o‘tkazishning shakli bo‘lib, badiiy
adabiyotning aniq bir asari bo'yicha tayyorlanadi va h.k.
To‘g‘ri tasniflangan ekskursiya xizmati gidning ekskursant
lar bilan ishlashini yengillashtiradi, uslubiy 1:o‘garaklar faoliyati
uchun asos hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |