Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish


 Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

1.2. Ekskursiyaning mazmuni va mohiyati
«Ekskursiya» tushunchasi yunoncha «excursio» so‘zidan 
olingan bo‘lib, «sayohatga chiqish, sayr qilish» degan ma’noni 
anglatadi. «Ekskursiya» tushunchasiga eng birinchi ta’rifni 
V.Dal (1882y) quyidagicha bergan: «ekskursiya - bu sayr-to- 
mosha, biror nimani izlash, o'simliklar yig‘ishdir». Rossiyalik 
olim M. 
P. 
Ansiferov (1923 y) «ekskursiya - bu sayr bo‘lib, 
uning vazifasi aniq ma’lumotlar asosida mavzuni o‘rganishdir», 
degan fikmi keltirib o‘tgan.
6


Kjchik sovet ensiklopediyasida (193 ly) «ekskursiya - bu 
ma’lum bir joylarda, sanoat korxonalarida, sovxoz, muzeylarda va 
boshqa joylarda ilmiy va ta’limiy maqsadlarda jamoaviy tashrif 
buyurishdir» - deb ta’rif berilgan.
Katta sovet ensiklopediyasida (1978y) «ekskursiya - bu diqqat- 
ga sazovor obyektlarga (madaniy yodgorliklar, muzeylar, kor- 
xonalar, joylar va sh. k) tashrif buyurish, bilim olishning shakli 
va metodi bo‘lib, odatda mutaxassis gid rahbarligida jamoaviy 
o‘tkaziladi»-deb ta’rif berilgan.
Ekskursiya tushunchasini tahlil qilganda ekskursiya xizmatining 
obyektiv talablardan iboratligini e’tiborga olishimiz kerak bo'ladi. 
Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati 
ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, 
hissiyotliligi, faolligi va h.k.) bilan asoslanadi.
Ekskursiya xizmati oldida turgan vazifalari quyidagicha namo- 
yon bo‘lishi mumkin:
1.1-rasm.
Ekskursiya xizmati jarayoni va vazifalari.
Demak, ekskursiya xizmati - bu tarixiy va madaniy yodgor­
liklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa 
diqqatga sazovor joylami ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini uslu- 
biy jihatdan tashkil qilishdir, Ushbu jarayonda ekskursantlar ko‘z 
oldidagi obyektlar, ular bilan bog‘liq voqea-hodisalar malakali 
mutaxassis-gid tomonidan hikoya va tahlil qilinadi.
Ekskursiya xizmatida gid ekskursantlarga mavzuni yoritishga 
yordam beruvchi obyektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu 
obyektlar haqida zaruriy ma’lumotlami olishga (ikkinchi vazifa),
7


tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskur­
siya obyektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko£nikmasiga 
ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘nggi vazifani 
bajarishda ekskursantlarda obyektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini 
shakllantira olish katta o‘rinni egallaydi. Obyektlarni to‘g‘ri ko‘ra 
olish qobiliyati deganda, estetik qabul sifatida me’morchilik mas- 
salari, ranglari, har xil turdagi chiziqlar, jismlar guruhini, ranglar 
jilosini, chiziqlar va ulaming kompleksini yorug‘lik, ma’lum bur- 
chak ostida ko‘rish, qabul qilish tushuniladi. Obyektlardagi ta­
rixiy jozibadorlikni anglay olish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
birinchidan, ekskursiya obyektidagi tarixiy-madaniy o‘ziga xos- 
likni topa olish; ikkinchidan, ekskursiya obyektida turli davrlar- 
dan qolgan izlarni aniqlay olish; uchinchidan, monumental va 
muzey-tarixiy yodgorliklaridan tarixiy faktlarni topa olishdir. Bu 
jarayon har doim katta bilim va ko‘nikmani talab qiladi. Ekskur­
siya ma’lumotlari va ulami hikoya qilishda gidning malakaviy- 
ligi ekskursantlaming kerakli xulosaga kelishi imkonini beradi. 
Bu haqda rossiyalik pedagog A.V. Bakushinskiy shunday degan: 
«Ekskursiya rejasi, vazifasi, maqsadi bilan asoslangan materialning 
uslubiy ishlanmasi qatnashchilarga mustaqil his qilish, qabul qilish 
va baholash ko‘nikmalarini uyg‘otishi kerak».
Ekskursiya xizmatining vazifalaridan biri - ekskursantlar on- 
gida ekskursiya mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar 
va umuman ekskursiya ma’lumotiga bo‘lgan munosabatni va mus­
taqil baho berishni shakllantirishdir.
Baho berish
- bu biror kim yoki narsa haqida tasavvurga ega 
bo‘lish, uning mohiyati, fe’l-atvori, rolini aniqlash, kimningdir ijo- 
biy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir.
Ekskursiya xizmatini baholash
degani, gidning ko‘rsatmalari 
yordamida ekskursantlaming mavzu bo‘yicha yakuniy xulosaga 
kelishidir.
Ekskursiya xizmatiga munosabat
- bu ekskursiya xizmati mav- 
zusida yoritiladigan tarixiy davrga nisbatan ekskursantning aniq
8


bir qarashlari; biror-bir harakatlami his etishi, yozuvchi yoki ras- 
som o‘z asarini yaratganida uning kayfiyatini tushunishdir.
Adabiy asarlarga qo‘yilgan talablar kabi ekskursiya ham aniq 
muallifning asari sifatida o‘z syujetiga ega bo‘Iib, barcha ekskur­
siya materiallari unga bo‘ysunadi.
Ekskursiya xizmati o ‘z vazifasi va o'tkazish shakliga ko‘ra 
yo‘l-yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik 
poxodlardagi instruktor suhbatlaridan ko‘ra murakkabroq jarayon- 
dir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar ko‘rgazmali ekskursiyasi- 
dan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatidan murakkabligi bilan 
farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li uning mazmun jiha­
tidan o‘zgarishi bilan bogMiqdir. Awallari ekskursiya shifobaxsh 
o‘simliklami izlab topish maqsadidagi sayr deyilgan, keyinchalik 
unga masalan, o‘lkashunoslik muzeylariga namunalar yig‘ish kabi 
ilmiy maqsadlar qo‘yilgan. Mustaqil ta’limning yangi shakllarini 
izlash jarayoni ekskursiya xizmati oldida umumta’limiy maqsad- 
lami belgiladi. Tarbiyaviy ishlami samaraliroq tashkillashtirish ha- 
rakatlari ekskursiya xizmatini madaniy-ta’limiy ishlaming biriga 
aylantirdi.
Hozirda ekskursiya xizmati individual metodika sifatida tu- 
gallangan, maqsadli, o‘ziga xos funksiya va xususiyatlarga ega 
bo‘ldi. U mazmuni, o‘tkazish shakli, ma’lumotlami taqdim etish 
uslubi jihatidan ahamiyatli darajada boyidi va g‘oyaviy-tarbiyaviy, 
madaniy-ommaviy ishlarning ajralmas qismi sifatida tavsiflandi. 
Ekskursiya xizmatining vazifasi va o‘tkazish shakllari 1.1- jad- 
valda keltirilgan.
Demak, 
ekskursiya 
xizmati 
insonning 
atrof-muhitni 
o‘rganishidagi ko‘rgazmali jarayon bo‘lib, unda tabiiy sharoitlar- 
da, korxona binolarida, laboratoriyalarda, ilmiy tadqiqot institut- 
larida va boshqa joylarda joylashgan obyektlar oldindan tanlangan 
bo‘ladi.
Obyektlarni ko‘rsatish jarayoni malakali mutaxassis - gid rah- 
barligida amalga oshiriladi. Obyektlarni tushunish, qabul qilish

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish