Microsoft Word 4-kurs loyihalash majmua



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/330
Sana10.02.2022
Hajmi5,13 Mb.
#440974
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   330
Bog'liq
jismoniy madaniyat oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

Vaziyat ma’lum.
Uni xal etish uchun shunga o‘xshash aniq namunalar mavjud bo‘ladi. 
Bunday holatda variantni echish metodi standartli bo‘lishi mumkin. 
2
.Vaziyat o‘xshash.
Bunday holatda uni shunga o‘xshash boshqa vaziyatlar bilan taqqoslash 
zarur. Ular bir biriga aynan o‘xshash bo‘lmasligi mumkin, biroq yaxlit asosga ega bo‘lganligi uchun 
uning ko‘rinishini o‘zgartirib qaralayotgan vaziyatga yaqinlashtirib makbullashtiriladi va oqilona 
echish yo‘li topiladi. 
3.
No’malum vaziyat.
Bunday vaziyat amaliy faoliyatda uchramaydi. Uni boshqa kandaydir 
namuna bilan solishtirish imkoni yuk. Shu boisdan echimning yangi metodini izlab topish zarur 
bo‘ladi. 
Muammoli vaziyatlar ta’lim maqsadini ko‘zlab oldindan konstruksiyalanadi va o‘qitish 
jarayoning ma’lum qismiga kiritiladi. Didaktik jarayonini motivatsiya bosqichi esa muammoli 
topshiriqlarni ko‘proq darsning boshlang‘ich qismiga kiritishni va o‘quvchilar diqqatini dars 
mavzusiga to‘liq jalb etishni taqozo qiladi. O‘quvchi ham o‘z navbatida tanish vaziyatlarini, ob’ekt 
tuzilishini anglab olishi, muqobil echimlarni topa bilishi kabi ijodiy faoliyatni namoyish qilish 
kerak. 
Didaktik jarayoning motivatsion bosqichi o‘quvchilarning bilish faoliyatiga kirib ketishini 
tezlashtirishga imkon beradi. Bu faoliyatni kerakli faollik darajasida ushlab turish uchun uni tashkil 
etish metodlari va usullarini o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlashtirish sifatiga bog‘liq holda tanlay 
olishi kerak. 


53 
Misol uchun, kuchlanish, toq kuchi, sig‘im kabi fizik kattaliklarning o‘zaro faoliyatini 
tushuntirish maqsadida o‘qituvchi quydagi muammoli vaziyatni qo‘llash mumkin “Ural“ kolyaskali 
mototsiklda ham traqtorda ham bir xil kuchlanishli ( 12V) aqumulyator ishlatiladi. Biroq mototsiql 
aqumlyatori traqtorga o‘rnatilsa dvigatelni o‘t oldira olmaydi. Nima uchun? Agar o‘quvchi toq 
kuchi, sig‘im kabi tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa muammoning kuchi, sigimi kabi 
tushunchalarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa muammoning echimini tezda topadi va tug‘ri xulosaga 
keladi: aqumulyator quvvati kuchlanishga emas, balki toq kuchiga va sig‘im kattaligiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Dars mavzusini tushuntirishda tarixiy materiallardan foydalanish ham o‘quvchilarda kuchli 
motivlarning vujudga kelishiga bilishga qiziqishini kuchaytirishga sabab bo‘ladi. Biroq o‘quv 
materialini bayon qilishga tarixiy yondoshish qo‘shimcha harakterga ega bo‘lishi, mavzu bo‘yicha 
egallanayotgan bilimlar tizimi ichida mantikiylik saklanishi kerak. 
U yoki bu mavzuga oid qisqa metrajli kino qadr ham kuchli motivatsion omil xisoblanadi. 
Biroq kino dars o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida bo‘ladigan evrestik suxbat mazmuniga zamin 
yaratish kerak, shundagina o‘quvchilarda mavzuni o‘rganishga extiyoj tug‘iladi va ko‘zlangan 
maqsadga erishiladi. O‘qituvchi anglab etishi kerak bo‘lgan holat shundan iboratki, darsga 
motivlarni o‘quvchilargda rivojlantirish asosiy maqsad, balki o‘quvchining bilish faliyatini 
tezlashtirish vositalaridan biri sanaladi. 
O‘quvchilardagi motivatsiya harakteri ko‘p jixatdan ularning o‘quv faoliyatiga bog‘liq. 
Urganish bu keng ma’noda o‘quvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Lekin har 
qanday o‘rganish ham o‘quv faoliyati bo‘la olmaydi. O‘rganish o‘quv faoliyati darajasiga 
ko‘tarilishi uchun o‘quvchilar bilimlarni egallash davomida ularni yangi usullarini mustaqil 
ravishda topshiriqlarni belgilashi, o‘zo‘zini nazorat qilish va o‘z xususiy o‘quv holatini baholash 
mezonlarini bilishlari kerak. 
Pedagogik jarayon bilan shug‘ullanuvchi har bir kishiga ma’lumki, bilimlarni o‘quvchilar 
tomonidan egallanishi ularning xususiy o‘quv faoliyati natijasi tufayli ro‘y beradi. Psihologlar bu 
faoliyat turini keng qamrovda o‘rganib chiqqanlar va uning bilim harakatlarini egallashga olib 
keladigan turli ko‘rinishdagi tuzilmasini aniqladilar. (Galnerni P.YA. Tanzina N.F.CHebisheva 
V.V.) Biroq psihologiya fani xanuzgacha o‘qitishda o‘quvchilarning ketma-ket bilish 
harakatlarining eng yaxshi tarkibi to‘g‘risida yakdil fikrga kelganlaricha yo‘k. Bu tarkib va 
o‘quvchilarning bilishiga oid harakatlarining ketma-ketligi mavjudlik algoritm (MA) deb 
nomlanadi. MA, birinchidan, bu harakatlarning qatiyan ketma-ketligi, ikkinchidan, bu 
harakatlarining qatiyan oldindan aniqlanganligini takidlaydi. Shu boisdan MA moxiyat jixatdan 
o‘quv - bilish nazariyalarining turiga mos holda turli ko‘rinishlarga va mazmunga ega buladi. Har 
kanday MA ning invariativ elementi bu-o‘quv jarayonida o‘zlashtirish darajasi buyicha ketma-ket 
harakatlanishdir. Harakat “kadam” ning uzi har bir “qadam” mazmuni tanlangan o‘zlashtirish 
nazariyasiga bog‘liq bo‘ladi. Tanlash usuli va tanlangan o‘zlashtirish nazariyasiining sifat 
mezonlari-o‘qituvchinng pedagogik faoliyatidagi muhim mo‘ljal va uning pedagogik texnologiyasi 
tavsifnomasi xisoblanadi.
Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, har qanday o‘quv faoliyati umumiy loyixasi buyicha 
ko‘riladi va o‘zida mo‘ljalli, yo‘naltiruvchi, bajaruvchi, nazorat qiluvchi va tuzatuvchi harakatlarni 
mujassamlashtiradi.
Bu harakatlarni o‘quvchilar bevosita o‘qituvchi yoki darslik yordamchida turlicha to‘liqlikda 
va turlicha ta’lim nazariyasiga tayangan holda bajarishlari mumkin. O‘qituvchi dastlab 
o‘quvchidagi mavjud harakat turlarini kuzatishi kerak. O‘quv harakatlarining alohida har bir UE ni 
o‘zlashtirishning ma’lum bosqichida namoyon bo‘ladi. Misol uchun, Mx ni bajarilishi va o‘quv 
topshiriklarini o‘zlashtirishni quydagicha amalga oshiirladi: a) o‘qituvchi belgilangan tayyor 
topshiriklarni tushunib etishi; b) o‘zi uchun bu topshiriklarni faol qabul qilishi; v) mustaqil ravishda 
o‘quvchilarinng o‘quv topshiriqlarini o‘rgatish; g) bir qancha o‘quv topshiriklarini mustaqil 
o‘rgatishi. 
O‘quvchining mo‘jalli harakatlari ( Mx) o‘zlashtirish davomida shunday axborotlar bilan 
ta’minlanadiki, ular o‘quvchi egallaydigan harakat qonunlari va usullarini umumiy ko‘rinishda 


54 
ifodalay oladi. Odatda Mx har bir o‘quv topshirigini bajarishda ma’lum ketma- ketlikka rioya 
qilishni taqazo etadi va bu harakatlar tizimi ko‘pincha yo‘riqli haritada o‘z aksini topadi. Bu 
harakatlar yordamida o‘quv materiallarni o‘zlashtirish davom etadi, biroq endi bu jarayon bilish 
faoliyatinng keyingi bajaruvchilik bosqichida ro‘y beradi.
Bajaruvchi harakatlar (Bx) ham o‘zlashtirishning turli bosqichlarida bo‘lishi mumkin: a) 
asosiy o‘quv harakatlarinng bajarilishi; b) alohida harkattlarni operatsiyaning bir zvenosi sifatida 
bajarilish; v) bir masalaning echimiga qaratilgan va yirik bloklarga qo‘shilgan holda amalga 
oshadigan bir qator o‘quv harakatlarini bajarish; g) bu yirik bloklarni anglash darajasi yoki 
“avtomatik” darajasida amalga oshirilishi. 
Aqliy harakatlarni bosqichli shakillantirish nazariyasida o‘quvchining bajaruvchi harakatlari 
(Bx) o‘quv bilish faoliyatining turli shakllarini ketma-ket almashtiradigan amallarni bosqichli 
jarayon sifatida tashkil etishni taqazo etadi, ya’ni: tashqi moddiylikdan (Md) ichki nutq (Nt) shakli 
orqali aqliy (Ak) harakatga.
Keyingi bosqich nazorat qiluvchi (Nx) harakat mavzu bo’yicha UE ni o‘zlashtirish darajasi 
o‘quvchining o‘z - o‘zini nazorat qilish evaziga amalga oshiriladi va etalon bilan solishtiriladi. Agar 
o‘zlashtirish darajasi past ( K 

0,7) bo‘lsa, u yoki bu harakat bosqichida yo‘l qo‘yilgan xatolar 
o‘quv faoliyatining tuzatuvchi bosqichida ( Tuz) aniqlanib, tuzatishga oid didaktik jarayon tashkil 
etiladi. Shuni aloxida ta’kidlash joizki , T operatsiyasi bu shunchalik o‘quvchining mashk 
bajarishida yoki test echishida yo‘l kuygan xatolarini tuzatish emas, balki didaktik jarayonni 
tuzatish, kayta ko‘rish demakdir. Agar Nx o‘quv faoliYatining barcha bosqichlari uchun tegishli 
bo‘lsa Tuz ya’ni K> 0,7 bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi. Agar Ko a

0,7 bo‘lsa, To‘zga xojat 
kolmaydi va keyingi bosqichlarga kadam kuyiladi. SHunday kilib, yuqorida ta’limning maqsad va 
mazmunini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan tanishib chikdik. Bu ko‘rsatkichlarga amal kilgan holda 
TT si olib borilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin va TT ni yanada takomillashtirish mumkin; 
o‘quvchilarning bilim, malakalarini sifatlarini oshirish va xatolarni tuzatishga imkon yaratiladi.

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish