3. Munosiblikni tanlashga qaratilgan testlar. Bu testlar ajratish va joy – joyiga qo‘yish
kabi operatsiyalarni bajarishda ishlatiladi.
4. Izchillikni o‘rnatishga bag`ishlangan test. Bunda tartibsiz berilgan elementlar izchil
ketma – ketlikda joylashtirilib chiqishi kerak.
3.4. Natijani baholash va o‘zlashtirish darajasini aniqlash
B.Blum taksonomiyasi mavhum tushunchalarni baholashda nimalarga e’tibor qaratish lozim
degan savolni yoritishga yordam beradi. Agar o‘qituvchi mavhum tushunchalarni qo‘llagan bo‘lsa
B.Blum taksonomiyasidan foydalanishi mumkin. Taksonomiya tushunchasi o‘zaro izchil algoritmik
bog`langan tizimni bildiradi. Ushbu taksonomiyadan ham baholash jarayonida foydalanish mumkin.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish testlarini ishlab chiqish