Microsoft Word 4-kurs loyihalash majmua



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/330
Sana10.02.2022
Hajmi5,13 Mb.
#440974
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   330
Bog'liq
jismoniy madaniyat oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish

didaktik 
jarayonlarni
tanlash va ishlab chikishdan iborat. Bu bos- kich darslikda o`quvchilarning bilishiga 
qaratilgan xarakatlarini ma’lum tizimda ifodalashga va ta’lim maqsadiga mos holda bu faoliyatni 
bajarishni ta’minlashga tegishlidir; 
- darslikni yaratishning yakuniy bosqichi ta’limning
tashkiliy shakllarini 
chegaralash 
hisob- lanadi. Darslikda mavzular bo`yicha o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va 
malakalar tizimi o`qitishning makbul shakllariga (dars, amaliy mashgulot, masala, topshirik, uy ishi 
va xokazo) mos holda yoritilishi kerak. Bu o`qituvchi va o`quvchilarning darslikdan foydalanish 
faoliyatini tartibga solib turadi. 
Yuqorida biz darslik yaratishga yangicha-tizimli yondoshish yulini ko`rsatishga xarakat 
kildik. Umuman olganda darslikni takomillashtirish ikki yunalishda borishi mumkin: 1-mazmunini 
yangilash, 2-yangi didaktik echimlarni izlab topish. 
Zamonaviy darslik mazmunini o`quvchi (talaba) larda uzining uzbek millatiga mansubligini 
anglab etishi, davlatimizning tashki va ichki siyosatiga sodikligini tarbiyalash kerak. Bu degan suz 
mamlakatimizda mustaqillik yillarida ruy berayotgan ijtimoiy-iktisodiy isloxotlar, ma’naviy-
ma’rifiy sohadagi yutuklar darslikda uz urnini etarlicha topishi kerakligini ko`rsatadi. Bu nafaqat 
ijtimoiy-gumanitar sikldagi fanlarga, balki tabiiy, matematika fanlariga ham bir xilda tegishlidir. 
Darslik mazmunini takomillashtirishda uning politexnik jixatlarini chukurlashtirish alohida 
ahamiyat kasb etadi. Darsliklar u yoki bu ixtisoslikka mos holda o`quvchi (talaba) larni zamonaviy 
ishlab chiqarishning asosiy yunalishlari, uning bosh sohalari, etakchi kasblari, yangi texnika va 
texnologiyalari, mehnattni tashkil etish asoslari bilan tanishtirish kerak. 
Didaktik nuktayi nazardan uz echimini darslikda topishi kerak bo`lgan muammolar katorida 
o`quv predmeti sikllari bo`yicha ichki boglanishga ham, predmetlararo boglanishni ta’minlashga 
ham alohida e’tibor karatish, darsliklarga kiritilayotgan yangi tushunchalarni ham obdon uylab, 
tushunarli bulishini hisobga olib kiritishi kabi masalalarni ko`rsatish mumkin. 
Shunday qilib, yaratilgan darslik ma’lum fan sohasining o`quv uslubiy majmuasidan( o`quv 
dasturi, kullanma, o`qitish vositalar va boshqa) markaziy urnini egallashi uning zamonaviyligini 
kursatib beradi. 
 
An’anaviy o‘quv jarayonida biz ko‘proq o‘qituvchining mahoratiga suyanib samaraga
erishishga harakat qilamiz. Buning uchun esa pedagog ma’lum tajriba orttirgan bo‘lishi talab
etiladi. Pedagogik texnologiyaning asosi esa proektlashtirishdir. Ana Shu aniq proektlashtirilgan
dastur pedagogga samarali natijaga erishish imkonini tug`diradi. Bunday proekt asosida ish
olib borayotgan pedagog katta pedagogik tajribaga ega bo‘lmasa-da, yuqori samaraga erisha
oladi. Biz bilamizki, pedagogik texnologiya bu avvalom bor aniqlikka ega bo‘lgan va qat’iy, ilmiy 
loyihalashtirilgan jarayondir. O‘quv jarayonini tashkil etishdagi birinchi qadam bu o‘quv 
maqsadlarini aniqlash hisoblanadi. Bugungi kunda biz darsning maqsadini qanday belgilaymiz? – 
degan savol albatta hammani qiziqtiradi. Biz bugungi kunda darsning maqsadini umumiy holda 
belgilaymiz va Shuning uchun ham erishgan natijamizni baholashda qiynalamiz. Bunday umumiy 
maqsadni belgilash pedagogik texnologiyani qoniqtira olmaydi. Pedagogik texnologiyalar dars 
maqsadini belgilashda ham aniqlik bo‘lishini talab etadi. Aniq maqsadlarni belgilash nazorat va 
baholash ishini engillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llashdagi birinchi qadam bu aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqishdir 
degan xulosani beradi. Pedagogik texnologiyalarning ishlanishida asosiy e’tibor oxirgi natijaga
qaratilgan bo‘ladi va qo‘yidagi izchillikda ishlab chiqiladi: 
1. Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish va ularni guruhlarga ajratish. 
2. O‘quv maqsadlarini nazorat ishi va test vazifalariga o‘tkazish. 
3. Maqsadga erishish yo‘lini va usullarni tanlash. 
4. Natijani baholash va o‘zlashtirish darajasini aniqlash. 
5. Dasturli ta’lim. 


29 
Demak, pedagogik texnologiyalar an’anaviy ta’limdan tubdan farq qilgan holda
tuziladi. U o‘zaro yopiq siklni va o‘zaro izchil bog`liqlikni taqozo etadi. Aniqlashtirilgan
maqsadlar pedagogga nazorat ishini belgilashda, baholashda va usullarni aniqlashda katta
imkoniyatlar yaratadi. Barcha etaplar bir maqsadga bo‘ysunadi va yuqori natijani
kafolatlaydi. 
An’anaviy ta’lim esa quyidagi izchillikda tashkil etiladi: 
1.Umumiy maqsadni aniqlash.
2.Usullarni aniqlash
3.Nazorat ishini belgilash. 
4. Baholash.
An’anaviy ta’lim tizimida va o‘quv jarayonida umumlashtirilgan o‘quv maqsadlari
belgilanadi. Masalan: ekologik madaniyatni shakllantirish, suv havzalarini muhofaza qilish
haqida tushuncha hosil qilish. Ko‘rinib turibdiki bunday qo‘yilgan maqsad mavhum
xarakterga ega, chunki tushuncha turli darajada hosil qilinishi mumkin. Bunday maqsadni
tekshirish va baholash ham muammoli. Bunday maqsadni belgilash ishda noaniqlikni vujudga
keltiradi. Natijada o‘zlashtirish samaradorligi ham pasayadi. Bunday tizim pedagogik
texnologiyani qoniqtira olmaydi (M. V. Klarin tizimi). 
AQSH va Angliyada o‘qituvchi va talabalar uchun alohida aniqlashtirilgan maqsad rejalari
tuzish qabul qilingan. O‘qituvchilar uchun tushuntirish, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, 
o‘rgatish kabilar nazarda tutilsa, talabalar uchun esa, talaba dars oxiriga borib nimani bilishi, 
ishlay olishi, qo‘llay olish kerak degan yo‘nalishda tuzilgan. Darsdan oldin bilmagan va dars
davomida o‘rganib, uni qo‘llay oladigan vazifalar belgilangan. Talabalar ushbu mavzuni 
o‘rganishda ulardan nimalarni bilish va bajara olish talab etilayotganini aniq biladilar va dars 
davomida ana Shu momentlarga o‘z diqqatlarini ko‘proq qaratadilar. Har bir qo‘yilgan maqsadni
erishganlik darajasini me’yorlarni ishlab chiqish shart. Har bir qo‘yilgan maqsad alohida o‘z 
mazmuniga xos ravishda tekshiriladi va natijalar tahlil qilinib xulosalar chiqariladi. Buning uchun
hozirda identifikatsiya (uchebno‘x seley) ya’ni aniqlashtirilgan maqsadlarni ishlab chiqish zarur. 
Umumiy maqsadlarni esa tekshirish qiyin va bunda har bir o‘qituvchi o‘z tushunchasidan kelib 
chiqqan holda tekshirish ishlarini tashkil etadi. Umumiy maqsad o‘qituvchi nimaga erishmoqchi 
ekanligini aniq ko‘rsata olmaydi, talabada esa umumiy tushunchalar hosil qilishgagina xizmat 
qiladi. 
Aniqlashtirilgan maqsadli proektda o‘qituvchi aniq tushunlardan foydalanishi lozim. Buning
uchun

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   330




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish