78
Pedagog o‘quv faoliyati shakllarini tanlashda quyidagi savollarga javob topishi kerak;
didaktik jarayon ishtiroqchisi kim,(o‘quvchi, talaba, tinglovchi) va u qanday boshqarilishi kerak
(o‘quv faoliyatini o‘qituvchi boshqaradi, avtomatlashgan sinf yordamida yoki boshqa texnik
vositalar yordamida kinodiafilm, kompyuter, modelli ta’lim , va xakozo).
Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta’lim mazmuniga mos holda uzluksiz
ko‘llashni taqazo etadi. Bu yunalish PT ning mavjudlik shartlaridan biridir.
Pedagogik texnologiyaning loyixachisi ham, uni amaliyotga joriy etuvchi ham pedagog (6
element) xisoblanib, malakali, mutaxassis tayyorlashdek muxim ijtimoiy (davlat) buyurtmasini
bajaradi. Xo‘sh, pedagogning pedagogik tizimida tutgan o‘rni nimadan iboart ?
1.O‘qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadini (2 element)
tashxislanuvchan holda aniq va ravshan belgilashi kerak, natijada ajratilgan vaqt ichida unga
erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to‘g‘risida xulosa qilish mumkin
bo‘lgan.
2.O‘qituvchi belgilangan ta’lim maqsadiga to‘g‘ri keladigan o‘quv tarbiyaviy jarayon
mazmunini (3-element) saralashda fanning abstraksiya pog‘onalarini va o‘zlashtirish darajalariga
mosligini inobatga olishi zarur.
3.O‘qituvchi pedagogik tizimining tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayoni (4element)
tuzish talablari bilan tanish bo‘lishi va uning eng maqbul variantini har bir dars mavzusiga bog‘liq
holda loyixalash kerak. Bu talablar jadallashtirish va tabiatdan monadlik tamoyilidir. Jadallashtirish
tamoili didaktik masalalarni ma’lum vaqt doirasida bir muncha tez va yuqori saviyada xal eta
oladigan didaktik jarayonni qo‘llashni talab etadi. Ta’lim va tarbiyada jadallashtirish ta’moyillini
aniqlab beruvchi omil o‘quvchilarning ma’lum faoliyatini o‘zlashtirish tezligi xisoblanadi. Ikkinchi
tamoyil o‘quv-tarbiyaviy jarayonini shunday tashkil etishga asoslanadiki, bunda mumkin qadar
o‘quvchilarning keng doirada tajriba (bilim, kunikma va ijodiy faoliyat), egallashiga imkon
tug‘diradigan va ularning aqliy zakovatini rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin.
4.O‘qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o‘qitishning samarali shakllaridan (5
element) foydalana olishi zarur. Bu pedagogik tizimda elementlarning ma’lum qonuniyat asosida
bog‘liq ekanligini bildiradi. Bu bog‘lanishlardan foydalanish va maqbul bo‘lgan tashkiliy shakllar
topish ta’limda rasmiyatchilikni yuqotishga yo‘l ochadi.
5.O‘qituvchi pedagogik tizimining ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchining (1 element) ta’lim
mazmunini va tarbiya ta’sirini kaydarajada egallayotganligini eng maqbul usullari bilan nazaorat
qilib borishi lozim. Olingan axborotlar pedagogik tizimni maqsadga muvofik tarzida boshqarish
imkoniyatini beradi yoki pedagogik tizimlarga qaysi elementini mazmunini tuzatish kerak
ekanligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: