77
erishish choralarini ko‘rgandagina o‘quv faoliyatini samarasi to‘g‘risida fikr yuritishi mumkin
bo’ladi. Birinchi rasmda Oliy o‘quv yurtlarning o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish tizimini
keltiramiz.
R
D
K
U T
1-rasm. O‘quv tarbiyaviy jarayonini bosh qarish sub’ekti va ob’ektlarining o‘zaro
ta’siri (R-rektor, D-dekan, K-qafedra mudiri,
U-o‘qituvchi, T-talaba.
Pedagogikada o‘quv faoliyatini boshqarishning kibernetika fanida ishlab chikilgan
tasnifidan foydalaniladi: ochiq, yopiq yoki siklik, yoyilgan. Didaktik jarayonnini boshqarishda
ko‘proq siklik turdagi boshqarish tizimi ko‘l keladi. Sababi, zaruriy o‘quv harakatlar to‘g‘risidagi
axborotlar oqimi o‘rgatuvchilar to‘g‘ri aloqa yordamida o‘rganuvchilarga uzatiladi. Asosiy
harkatlarni bajarilganligi xaqidagi ma’lumotlar esa teskari aloqalar yordamida esa o‘rganuvchidan
o‘rgatuvchiga uzatish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Demak, o‘quv faoliyatini boshqarish siklik tarzda,
ya’ni: “o‘rgatuvchi-axborot o‘rganuvchi” tizimi ko‘rinishida amalga oshar ekan.
Yopiq boshqarish doimo har bir o‘quv elementi bo‘yicha o‘qitishning asosiy
ko‘rsatkichlarini
(
,
, r,
) o‘quvchining o‘quv faoliyati davomida ko‘zatishni va bu ko‘rsatkichlar belgilangan
me’yoridan farq qilsa faoliyat uchun zaruriy tuzatishlarni uchun amalga oshirish taqozo etadi.
O‘qitishda boshqarishning yopiq usulidan foydalanishning bir muncha sodda usuli
o‘quvchining so‘roq qilish va o‘quv materialini o‘zlashtirishda yo‘l qo‘yayotgan xatolarini zudlik
bilan tushuntirish so’roq natijalarini xisobga olgan holda qo‘shimcha mashiqlar bajarish zarur.
Boshqarishning muxim sharti shundaki, agar nafaqat o‘quvchi tomonidan bajarilsa,
boshqarish algoritimi ( B) o‘qituvchi tomonidan yoki o‘quvchi ham bajarish mumkin. Buning
uchun o‘qituvchi nafaqat o‘quvchilarga mashq yoki topshiriq tavsiya etadi, balki ularning to’g‘ri
javoblarini etallonlarni ham beradi. Shunda o‘quvchilar o‘z faoliyatlarini tekshirishi va harakatlarini
tuzatish imkoniga ega bo’ladi.
Shunday qilib, didaktik jarayonni (4 element) loyixalash qonunyatlarini yuqorida bayon
qildik. Biroq uning har bir bosqichi ilmiy jixatdan asoslangan o‘qitish metodlari va vositalarini
tanlashni talab etadi. Didaktik jarayonning har bir bosqichiga mos keladigan yoki didaktik jarayon
nazariyasiga asoslangan o‘qitish metodlari tasnifi pedagogika fanida 1983 yil ishlab chikildi, va
pedagogika amaliyotiga joriy etildi. Ular uch guruh metodlaridan iborat:
1) o‘qitish va mexnatga rag‘bartlantiruvchi va motivatsiya metodlari; 2) o‘quv bilish faoliyatini
tashkil etish va amalga oshirish metodolari; 3) o‘quv bilish faoliyatini boshqarish metodlari.
Didaktik jarayon samaradorligini yoki pedagogik texnologiya maqbulligini belgilovchi
omillardan yana biri o‘qitish shakllarini o‘quv faoliyati bosqichlariga mos holda to‘g‘ri tanlash va
ularni oqilona tanishtirish tamoyili xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: