Uslubiy majmua


III - bosqich XVIII-XIX asrlarda



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   359
Bog'liq
falsafa

III - bosqich XVIII-XIX asrlarda 
materiya inson sezgi a‘zolari orqali idrok etishga 
qodir bo‗lgan ob‘ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy 
fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar bilimning muayyan sohalarida aniqlagan belgilar bilan 
boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi. U 
materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana 
boshlandi. 
IV - bosqich Hozirgi zamon falsafasida materiya 
Ob‘ektiv borliqni ifodalash uchun 
mo‗ljallangan falsafiy kategoriya bo‗lib, uni inson o‗z sezgi a‘zolari orqali idrok etadi, uni 
tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda u insondan qat‘iy nazar 
mavjuddir. Bu davrda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi 
o‗ringa qo‗yildi. Bu materiyaga narsalar va hodisalar butun rang-barangligining ichki yagonaligi 
zamirida yotuvchi mohiyat – substansiya sifatida yondashuvdir. Bu esa materiyaga ob‘ektiv 
borliq sifatida yondoshuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda 
yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, 
deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yo‗lidan emas, balki 
unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi xulosalarni kiritish 
yo‗lidan borishni taklif qildilar. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud 
materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog‗lash 
mumkin emasligiga urg‗u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy 
talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks 
holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. 
Bunga, masalan, neopozitivizm yo‗nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz 
mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» 
va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta‘rif berish mumkin emas ekan, 
ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.
Materiyaning tarkibiyligi g‗oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur 
va Lukretsiy Karning atomistik ta‘limotiga borib taqalsada, bu g‗oya tabiatshunoslikning 
rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‗rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy 
asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan. 
Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, 
energiya, ko‗lam bilan bog‗langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va 
sh.k. bilan tenglashtirilgan.
Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o‗zgargan va materiya haqidagi 
tabiiy-ilmiy, masalan, fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab etishning 
falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. Boshqa hozirgi falsafiy yo‗nalishlarning aksariyatida bu 
tushunchalar faol qo‗llaniladi va muhim metodologik rol o‗ynaydi, xususan, uning 


42 
substansiyalilik, cheksizlik, yo‗q bo‗lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari 
farqlanadi.
Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va 
katta guruhlarga bo‗linadi. Zero, barcha moddiy ob‘ektlar tartibga solingan, izchil ichki 
tuzilishga ega.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish