45
sohalari bilan taqqoslaganda, rivojlanishning o‗z ichki mantiqiga ega. Ob‘ektiv dialektika
tafakkurda, sub‘ektiv va ideal shakllarda aks etadi.
Ob‘ektiv va sub‘ektiv dialektika-qarama-qarshiliklar, lekin bu qarama-qarshilik ijtimoiy-
tarixiy amaliyotda «yo‗qoladi». Hamonki sub‘ektiv dialektika ob‘ektiv dialektikani aks ettirar
ekan, inson ob‘ektiv dialektikani bilish va shunga muvofiq o‗zining
izchil amaliy faoliyatini
tashkil etish, bu faoliyat jarayonida ob‘ektiv dunyoni va o‗zini o‗zi o‗zgartirishga qodir. Inson va
jamiyat amaliyotida bilimlar in‘ikos shaklidan faoliyat shakliga aylanadi.
Uchinchidan, fan sifatidagi dialektikaning ichki mazmuni va mantiqiy «poydevori» uning
tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini yaratadi. Dialektika jamuljum holda ob‘ektiv dunyoni
va uni uzluksiz o‗zgarish va rivojlanish jarayonida bilishni aks ettiruvchi tamoyillar, qonunlar va
kategoriyalar tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda tamoyillar deganda umumiy va universal, asosiy
g‗oyalar tizimida boshqa barcha elementlarning roli va mazmunini belgilovchi mezonlar
tushuniladi. Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida aloqa tamoyili va rivojlanish tamoyili
ayniqsa muhim rol o‗ynaydi. Dialektika qonunlari rivojlanish jarayonidagi umumiy muhim
aloqalarni aks ettiradi. Ular dialektikaning nazariyasini yaratishda
muhim metodologik
funksiyani bajaradi. Dialektikada umumiy qonunlar uchta: dialektik ziddiyatlilik qonuni, miqdor
va sifat o‗zgarishlarining bir-biriga o‗tishi qonuni hamda inkorni-inkor qonuni. Dialektika
kategoriyalari – bu eng fundamental, asosiy tushunchalar bo‗lib, ularda va ularning yordamida
falsafiy fikrlash amalga oshiriladi. (Dialektika tamoyillari, qonunlari va kategoriyalarini biz
quyida atroflicha ko‗rib chiqamiz.)
To‗rtinchidan, dialektikaning o‗ziga xos xususiyati shundaki, u nazariya vazifasini ham,
metodologiya vazifasini ham bajaradi. Dialektika qonunlari, kategoriyalarining mazmuniga va
bilish jarayonining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlariga muvofiq fikrlovchi sub‘ektga
qo‗yiladigan tegishli talablar shakllantiriladi va shu tariqa unga bilish faoliyatida yo‗l
ko‗rsatiladi. Ko‗rsatilgan sub‘ekt borliqni bilish va amalda o‗zgartirish masalalarida amal qilishi
lozim bo‗lgan tegishli normalar va qoidalar ham ishlab chiqiladi. Dialektika bergan metodologik
jihatdan to‗g‗ri mo‗ljallar tadqiqotning to‗g‗ri yo‗lini
tanlashga, ko‗p sonli xatolar og‗ishlarni
chetlab o‗tishga, ortiqcha ish, keraksiz harakatlarga kuch va qimmatli vaqtni behuda
sarflamaslikka yordam beradi.
SHunday qilib, hozirgi talqindagi dialektika-bu:
Do'stlaringiz bilan baham: