Qadimgi dunyo SHarq va G„arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va
muammolardagi farqlar.
Birinchidan,
inson muammosini o‗rganishga nisbatan yondashuvlarda
G‗arb va SHarq falsafasida tafovutlar mavjud. G‗arb falsafasidan farqli o‗laroq, SHarq falsafasi
asosiy e‘tiborni inson muammosiga qaratadi. Jumladan ―Avesto‖da farzand ko‗rish, bolalarni
bilimli, odobli, jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‗ylab ish tutish
umuminsoniy ma‘naviyat ekanligi ta‘kidlanadi. Zardo‗sht Axuramazdadan, serfarzand
xonadonga nima berasan, deb so‗raganda u ―Bunday odamlarni o‗z himoyamga olaman, hayotini
farovon, risqini mo‗l qilaman‖ deb javob bergan. SHarq falsafasi insonni amaliyot, odamlar
hayot faoliyati, ularning turmush tarzi nuqtai nazaridan o‗rganadi. SHu sababli unda insonning
o‗zligi, uning shakllari va holatlari, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga,
shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‗lgan kishilarga amaliy nasihatlar bilan bog‗liq
bo‗lgan ayrim muammolar ko‗p. Masalan ―Avesto‖da keltirilgan ―Zabardast va qudratli bo‗lish
uchun hamisha haqiqat va rostglikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‗lasan‖,
―Haq so‗zdan o‗zga hech narsa bilan shug‗ullanma‖, ―Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari
harakatga soladigan kishilar bo‗lmog‗i lozim‖, ―YOlg‗on gapirib tirik qolgandan ko‗ra, rost
gapirib o‗lgan yaxshi‖, ―O‗z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan g‗olib
chiqa olmaydi‖ kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. G‗arb falsafasi esa,
insonga uning ruhiy borlig‗i yoki odob-axloq orqali murojaat etmaydi, balki unga borliq va
bilishning umumiy tamoyillarini taklif qiladi. SHu bois u naturfalsafiy, ontologik, gnoseologik,
metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy va huquqiy muammolarni o‗rganadi.
Ikkinchidan, SHarq va G‗arb falsafasida dinga munosabatda ham farqlar mavjud. SHarq
falsafasi din bilan uzviy o‗zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat hollarda ayni bir falsafiy oqim
falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‗ladi. Bunga braxmanizm, induizm, buddizm,
konfutsiychilik, zardo‗shdiylik misol bo‗lishi mumkin. G‗arb falsafasi esa, ko‗proq ilmiy
metodologiyaga tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi. Qadimda G‗arbning falsafiy
173
ta‘limotlaridan birortasi ham jahon diniga yoki hech bo‗lmasa qadimgi YUnoniston va Rimda
keng tarqalgan dinlardan biriga aylanmagan. Boz ustiga, G‗arb antik falsafasida, avvalo
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqa faylasuflarning asarlarida ateistik ohanglar ancha
kuchli.
Uchinchidan, G‗arb va SHarq falsafasining kategoriyalar apparati ham o‗ziga xos
farqlarga ega. SHarq falsafasida mifologiya va «Rigvedalar» taklif qilgan aksariyat
kategoriyalar: in – ayollik asosi va yan – erkaklik asosi, ularning efir bilan birikmasi – si; yoki
narsalarga besh moddiy birinchi asos – er, suv, havo, olov va daraxtning birikmasi sifatida
yondashish tabiiy bir hol sifatida qaraladi. Hayot va o‗lim, jon va jismoniy tana, jon materiyasi,
ong va uning holatlari kategoriyalari ayniqsa ko‗p muhokama qilinadi. Sansara – jonning qayta
gavdalanishi, o‗zga shakl-shamoyilda namoyon bo‗lishi, karma – inson o‗limidan keyin tiriklik
paytida qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo olishi yoki insonning individual taqdiri,
askeza – o‗zini o‗zi cheklash yo‗li bilan g‗ayritabiiy qobiliyatlarga erishish, nirvana – eng
yuksak holat, inson erishishni ko‗zlagan oliy maqsad, «materiya kishanlaridan xalos bo‗lgan jon
holati» kabi tushunchalar kiritilgan. Albatta, SHarq falsafasi harakat, qarama-qarshilik, birlik,
materiya, ong, makon, vaqt, dunyo, substansiya kabi odatdagi falsafiy kategoriyalardan ham
foydalanadi. G‗arbda esa, falsafiy tizimlar mohiyati va ularning kurashini aks ettiruvchi falsafiy
kategoriyalar apparatining yaratilishiga alohida e‘tibor qaratiladi. Tizim sifatidagi kategoriyalar
haqida ilk bor Aristotelning «Kategoriyalar» risolasida so‗z yuritilgan. U o‗zidan oldingi falsafiy
tafakkurni o‗rganish asosida kategoriyalar jadvalini tuzgan. Bu jadval quyidagi kategoriyalarni
o‗z ichiga olgan: mohiyat (substansiya), miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, o‗rin, holat, harakat,
azob-uqubat. Aristotelning kategoriyalar jadvali falsafa va muayyan fanlar erishgan yutuqlar
munosabati bilan uning tarkibini o‗zgartirishni taklif qilgan YAngi davrga qadar kategoriyalar
haqidagi ta‘limotning rivojlanishiga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatib keldi.
To‗rtinchidan, Qadimgi G‗arb va SHarqda materiyaning tuzilishi haqidagi ta‘limotda
ham farqlar mavjud. G‗arb antik falsafasida materiyaning diskret tuzilishi haqidagi ta‘limot –
atomistika vujudga keldi. Uning asoschilari qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit
bo‗lgan, atomistika g‗oyalarini Epikur va qadimgi rim faylasufi Lukretsiy Kar rivojlantirgan.
Demokrit dunyo atomlar va bo‗shliqdan iborat deb hisoblagan. Uning fikricha, atomlar – sifatga
ega bo‗lmagan mayda zarralar. Sifatlar atomlarning shakl, o‗rin va tartib jihatidan uyg‗unligidan
paydo bo‗ladi. Demokrit, nima uchun sut oson ichiladi?, degan savolga, shuning uchunki, sut,
«yumaloq atomlar»dan iborat, nima uchun xantalni sutday ichish mumkin emas? SHuning
uchunki, xantal atomlari «ilmoqsimon»dir, deb javob beradi. U narsalar sifati va ularning rang-
barangligini ham shunday tushuntirgan. Demokritning atomistikasida sababiyatning sodda
izohlari bilan bir qatorda ayni shu sababiyatni narsalarning o‗zida, aniqrog‗i – atomlarda
ko‗rishga bo‗lgan intilishga ham duch kelish mumkin. SHarq falsafasida esa, materiyaning
diskretligi, uning tuzilishi muammosi qo‗yilmaydi. Unda materiyaga asosan jonga «xalaqit»
beruvchi muayyan omil yoki shakl bilan birlikda yoki muayyan substansional asos sifatida
yondashiladi.
Beshinchidan, G‗arb va SHarq falsafasida bilish muammolarini echishda farqlar mavjud.
G‗arb falsafasida bilish empirik, hissiy va oqilona jarayon sifatidagi emas, balki mantiqiy
jarayon sifatida ham qaraladi, ya‘ni mantiq muammolari atroflicha o‗rganiladi. Bu muammolarni
o‗rganishga Suqrot, Platon, ayniqsa Aristotel ulkan hissa qo‗shgan. SHarq falsafasida esa,
mantiq muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga kirish,
mantiq) maktabigina shug‗ullangan. Nyaya falsafiy muammolarni echishda mushohadaning
ahamiyatini alohida qayd etgan. U haqiqatning tagiga etishning to‗rt manbai: idrok etish, xulosa
chiqarish, taqqoslash va isbotlashni o‗rganadi. Bu manbalar haqiqiy bilimga erishish imkonini
beradi. Umuman olganda qadimgi SHarq falsafasiga ko‗proq o‗zini o‗zi bilish xos.
Oltinchidan,
G‗arb va SHarq falsafasidagi o‗ziga xoslik va farqlar ijtimoiy muammolarni
o‗rganish jarayonida ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. SHarq falsafasida bu o‗tmish, hozirgi
davr va kelajak manbai bo‗lgan «dunyoviy inson» muammolari, shuningdek umuminsoniy
qadriyatlar, o‗zini o‗zi kamol toptirish, boshqa odamlarni boshqarish uchun zarur bo‗lgan
174
insoniy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, Konfutsiy Osmonga, uning ulug‗vorligiga
murojaat etib, ijtimoiy tuzilmalar ierarxiyasi, kishilar qat‘iy subordinatsiyasining zarurligini
ko‗rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir insonga uning jamiyatdagi o‗rnini belgilaydi, uni
taqdirlaydi, unga jazo beradi..». ―Avesto‖da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas‘uliyati
haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam olgan qarzini o‗z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda
birovning uyiga o‗g‗irlikka kirgan odam bilan barobardir. SHuningdek, unda qarindoshlarning
o‗zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog‗lom, benuqson tug‗ilishiga e‘tibor qaratilgan.
Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‗lib, so‗qqa bosh bo‗lib yursa, uning
peshonasiga tamg‗a bosish yoki beliga zanjir bog‗lab yurishga majbur ekanligi belgilangan.
SHarq falsafasida qonun muammosiga ham ko‗p e‘tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad
etgan, ayrimlari esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham SHarq falsafasining muhim
muammolaridan biri hisoblanadi
.
Jumladan, ―Avesto‖ da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila
va nikoh, mulk bilan bog‗liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‗z ifodasini topgan. Oilaviy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki
nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‗lgan kishilar tan jazosini olgan. ―Venidat‖ (Devlarga
qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish
haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‗orish mumkinligi, har bir kunda
ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‗adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni
taqsimlash bilan kohinlar shug‗ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan.
Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan
.
G‗arbda,
xususan, qadimgi yunon va qadimgi rim falsafasida esa ijtimoiy muammolar doirasi kengroq.
Ikkinchidan, bu ijtimoiy-falsafiy muammolarni tadqiq etish jarayonida insonni jamiyatga
bog‗lab o‗rganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Demokrit shunday deb yozadi:
«Umumiy muhtojlik ayrim insonning xususiy muhtojligidan og‗irroqdir. Zero umumiy
muhtojlikda yordamga hech qanday umid qolmaydi»; «qonun odamlarning hayotini tartibga
solishni xohlaydi, bunga u faqat odamlar o‗zlariga yaxshi bo‗lishini istagan taqdirda erishishi
mumkin. Zero qonun o‗ziga bo‗ysunadigan kishilargagina ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi»; «Oqil
odamga butun dunyo ochiq. Zero yaxshi qalb uchun butun dunyo vatandir».
Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini
shaxs, ayniqsa podshoni shaxsi nuqtai nazaridan o‗rgangan. Uning fikricha, podsho
haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‗lishi lozim; umuman
olganda, podshoda insonning barcha qobiliyatlari mavjud bo‗lishi darkor. Platon insoniyat
tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi:
monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‗rinishda: qonuniy va
noqonuniy yoki zo‗rlik ishlatishga asoslangan ko‗rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning
qonuniy shaklini ma‘qul ko‗radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq
boshqara oladilar. Platon o‗zining «Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar
qashshoq va yo‗qsillar o‗z shaxsiy manfaatlarini qondirishni ko‗zlab, jamiyatni boshqarish
imkoniyatini qo‗lga kiritgan bo‗lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellashuv
maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham
halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‗liga o‗tishi ham yaramaydi. Aks
holda ular bilan bu sevgida raqiblar bellashadi...».
Aristotel ham o‗zining «Siyosat» asarida o‗z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat
nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning
nechta turi bor?», degan savolni o‗rtaga tashlaydi va o‗zining bu savoliga shunday javob beradi:
«Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat
oilalar va jamoalar o‗rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‗rnatilganda, farovon va
o‗ziga to‗q mavjudlik maqsadida vujudga keladi». Davlat hokimiyati masalasiga kelsak,
Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining
«yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya,
aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‗rta sinf hokimiyatini tushunadi.
175
Mavzu 4.
Do'stlaringiz bilan baham: |