Uslubiy majmua


Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: SHarq falsafasi



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/359
Sana10.02.2022
Hajmi2,82 Mb.
#440838
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   359
Bog'liq
falsafa

 
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: SHarq falsafasi 
amaliy mashg‘ulotining 
texnologik kartasi. 
Ish bosqishlari 
va vaqti. 
Ta‘lim beruvshi 
Ta‘lim 
oluvshilar 
Tayyorlov bosqishi 
(5 daqiqa) 
4.
Auditoriya tozaligini nazorat qiladi 
5.
Talabalarni mashg‘ulotga tayyorgarligini tekshiradi 
6.
Davomatni nazorat qiladi 
1. 
O‘quv 
mashg‘ulotiga 
kirish bosqishi
(10 daqiqa) 
1.Mavzu bo‘yisha o‘quv mazmunini tayyorlash. 
2.Kirish ma‘ruzasi ushun taqdimot silaydalarini 
tayyorlash 
3. Fanni o‘rganishda foydalaniladigan adabiyotlar 
ro‘yhatini ishlab shiqish 
2 – asosiy bosqish 
(55 daqiqa) 
1. Talabalarni kishik guruhlarga bo‘lib, mavzu bo‘yisha 
savollarni beradi.
2. Slaydalar, mul‘timyedialardan foydalanadi 
3.Mavzular 
asosida 
berilgan 
ma‘lumotlarni 
umumlashtiradi 
va 
hulosalaydi, 
faol 
ishtirokshi 
talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi 
Kishik 
guruhlarga 
bo‘linadilar 
Tomosha 
qiladilar 
Qatnashadilar
savollarga 
javob beradilar 
4
yakuniy 
bosqish 
(10 daqiqa) 
1. Yakunlovchi hulosa qiladi 
2. Mustaqil ish beradi 
3. Uyga vazifa beradi 
Tinglaydi
Yozib oladi 
Yozib oladi 


167 
Qadimgi SHarq va G‗arbda shakllangan falsafa insoniyatning ilm, fan, ma‘naviy 
taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‗ziga xosligi va betakrorligidan 
qat‘iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. 
Birinchidan, falsafiy tafakkur SHarqda ham, G‗arbda ham ijtimoiy ongning dastlabki 
shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‗zini atrof muhitdan 
ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan 
tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan 
tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham 
qo‗yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‗lim nima va h.k.
Ikkinchidan, G‗arb va SHarq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‗lishi bilan 
ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga 
kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I 
ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, 
chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi er mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va 
siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
YUnonistonda antik falsafa miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar 
(«polislar»)da avval Kichik Osiyoning G‗arbiy qirg‗og‗ida (Ioniyada), so‗ngra – Sitsiliya 
orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, YUnonistonda – Afinada (miloddan 
avvalgi V asr) paydo bo‗lgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq topishi uchun shart-sharoitlar 
yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining rivojlanishi bilan bog‗liq bo‗lgan. Qadimgi Markaziy 
Osiyoda falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi ham sinfiy (feodal) jamiyat va davlatning 
shakllanishi bilan bog‗liq. Amudaryo bo‗ylaridagi xalqlar, xususan Xorazmda eng yirik davlat 
tuzilmalari bo‗lgan. SHuni qayd etish lozimki, keyinroq vujudga kelgan davlatlarda falsafaning 
shakllanishiga qadimgi davlatlarning ilk falsafiy tizimlari ta‘sir ko‗rsatgan.
Uchinchidan, G‗arb va SHarq falsafasi umuminsoniy qadriyatlarga qarab mo‗ljal oladi. U 
insonni hamisha qiziqtiruvchi hodisalarni o‗rganadi, Qadimgi manba ―Avesto‖da ko‗rsatilgani 
kabi ―qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‗zlash va yaxshi ish ko‗rish mumkin‖, degan savolga 
javob topishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‗lish uchun inson falsafiy 
donishmandlikni o‗zlashtirishi lozim: u dunyoni anglab etish, inson va tabiat, inson hayotining 
mazmuni va boshqa shunga o‗xshash muammolarda mo‗ljal ola bilishi kerak. Aristotel ham shoh 
Iskandarga nasihatida ―SHuni bilgilki, o‗zing buzuq va fosih ersang, raiyatu fuqaroni isloh 
qilolmaysan. O‗zing adashgan, gumroh ekansan, ularga yo‗lboshchilik qilolmaysan. Axir o‗zi 
ko‗r odam qanday qilib o‗zgalarga rahnamo bo‗lsin? O‗zi qashshoq o‗zgani boy qila oladimi? 
Kimki o‗zi xoru zalil bo‗lsa, o‗zgani qanday qilib mashhuru aziz eta olsin. Bilgilki, isloh etishni 
istagan hech kimsa o‗zini isloh etmaguncha o‗zgalarni ham isloh eta olmaydi. Agar o‗zi buzuq 
fosid bo‗lmasa, boshqa kishini fasod ishga olmaydi. Qo‗l ostingdagilarni isloh etishni istar 
ekansan, islohni o‗zingdan boshla. O‗zgalar aybini yo‗qotishni hohlasang, avvalo o‗zingni 
ayblardan va xunuk xulq atvordan pokla. O‗ylagan fikring senga hech qachon firib bermasligi 
lozim. Agar so‗zlaring go‗zalu qilmishlaring esa xunuk bo‗lsa, ishlari gaplariga teskari, zohiri 
botinini aks ettirmaydigan va‘zxon bo‗lasan qolasan ‖
57
deb uqtiradi. 
To‗rtinchidan, Qadimda SHarq falsafasi ham, G‗arb falsafasi ham yaxshilik va yomonlik, 
go‗zallik va xunuklik, adolat va adolatsizlik, do‗stlik, birodarlik, muhabbat va nafrat, baxt, 
lazzatlanish va azob chekish, ilmu ma‘rifat kabi muammolarning echimini izlagan. Bu jarayon 
o‗sha davr buyuk faylasuflarining fikrlarida ayniqsa, bo‗rtib namoyon bo‗ladi, masalan: 
- Konfutsiy: ―Odamlar seni bilmasliklaridan g‗am chekma, o‗zing odamlarni bilmasligingdan 
g‗am chek‖; 
- Lao-szi: ―YUksak fazilatli inson odamlar bilan munosabatlarda xushmuomala bo‗lishi, 
mamlakatni boshqarishda izchil bo‗lishi lozim; ishda imkoniyatlardan kelib chiqishi, harakatda 
vaqtni hisobga olishi lozim‖;
- Zardo‗sht: ―Ezgu fikr, ezgu so‗z, ezgu amal‖; 
57
Қаранг Алиқулов Ҳ. Караматов Ҳ. Арастунинг Искандарга насиҳати. Форс тилидан таржимаси // Ўзбек 
педагогика онтологияси.-Т.: Ўқитувчи, 1995.-Б 39-46.. 


168 
- Geraklit: ―Men uchun bir kishi, agar u hammadan yaxshi bo‗lsa, o‗n ming kishiga teng‖; 
- Demokrit: ―Axmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi; 
- Epikur: ―O‗lim qo‗rqinchli emas: men ungacha mavjudman, u mendan keyin mavjud‖; 
- Platon: ―Oliyhimmatlilik – vaziyatdan mohirona foydalanish: aql-idrok bilan bog‗langan 
sahovatlilik‖; 
- Aristotel: ―Do‗stlik birga yashashning zaruriy shartidir‖ deb hisoblaydi. SHuningdek uning 
fikricha, ma‘naviyat va ma‘rifat shunday bebaho boylikki, dunyoda undan naf ko‗rmaydigan 
inson yo‗q va bo‗lmaydi ham. Marifat oddiy xalq ommasiyu, tijorat ahli uchun ham, olim-u 
fuzalo, shohu sulton uchun ham bir xilda zarur va muhimdir. Ham o‗ng qo‗lida va ham chap 
qo‗lida adolat tarozisini qo‗tarib olmagan, bilimi, odobi, muomalasi bilan xalqining ko‗ngliga 
yo‗l topmagan shoh, yurtni boshqara olmaydi. El-yurtni obod va farovon qilish, xalqning 
olqishiga sazovor bo‗lish, mazlumlarni zolimlar istibdodidan himoya qilish, adolatni qaror 
toptirish uchun podshohlarda insofu-diyonat, mehr-shafqat bo‗lishi lozim. Arastu o‗zining baxt 
haqidagi falsafiy qarashlarini rivojlantirib, ma‘lum vaqtlarda baxtli bo‗lib, qolgan vaqtlarda 
baxtsiz bo‗lgan kishilar emas, butun umr yaxshi yashagan odamni baxtli deyish mumkin, 
mukammal yaxshilik bilan yashash esa baxt saodatdir, deb hisoblaydi. 
Beshinchidan, falsafiy bilimning dunyoqarash bilan bog‗liqligi ham G‗arb va SHarq 
falsafasi rivojlanishining qonuniyatidir. Biz istaymizmi, yo‗qmi, lekin falsafiy g‗oyalar, 
qarashlar, nazariyalar va tizimlar yo idealistik, yo materialistik, ba‘zan eklektik (bu ikki 
dunyoqarashning birikmasi) bo‗ladi. Jumladan, qadimgi YUnonistonda Milet falsafiy maktabi 
namoyandalarining asarlarida falsafiy muammolarning materialistik talqiniga duch kelish 
mumkin. Bu maktab asoschisi Fales suvni, Anaksimen – havoni, Anaksimandr – apeyron 
(mavhumlik)ni hamma narsaning birinchi asosi deb hisoblaydi. Dunyoning materialistik 
asoslarini Anaksagor taklif qiladi. Uning fikricha, barcha narsalar muayyan «urug‗lar»dan iborat. 
Ularni Anaksagor gomeometriyalar deb nomlagan. Empedokl o‗zining ―Tabiat haqida‖ asarida 
olov, havo (uni Empedokl efir deb nomlagan), suv va er turli narsalarning birinchi asoslaridir, 
deb qayd etgan.
SHunga o‗xshash fikrlarga SHarq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. Masalan, 
Zardushtiylik ta‘limotida olov, hindlarning qadimgi falsafiy kitobi ―Upanishada‖da, shuningdek 
―CHorvaka‖ qadimgi hind falsafiy maktabiga doir manbalarda suv, olov, er, havo, butun 
borliqning substansional asosidir, deb qayd etiladi. Bu fikr esa Empidokl ta‘limoti bilan 
hamohangdir. 
Oltinchidan, SHarq va G‗arb qadimgi dunyo falsafasida idealizm o‗zining ikki 
ko‗rinishida: ob‘ektiv idealizm va sub‘ektiv idealizm sifatida namoyon bo‗ladi. SHarq 
falsafasida bu ―yoga‖, buddizm, jaynizm, zardo‗shtiylik, konfutsiychilik, daochilik falsafasi, 
G‗arb falsafasida – bu Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, 
shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‗z ifodasini topadi. Jumladan, miloddan 
avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‗oyalar 
dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi. ―G‗oyalar dunyosi‖ umumiy 
tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ esa ―g‗oyalar dunyosi‖ning in‘ikosidir: ―g‗oyalar 
dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi‖ esa bu mohiyatlar mahsuli bo‗lgan 
ayrim narsalardan iborat. Platonning g‗oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, 
―Davlat‖ asarlarida o‗z aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖ 
asarlari esa g‗oyalarning moddiy dunyoga bo‗lgan munosabati muammosiga bag‗ishlangan. 
Platon fikriga ko‗ra, materiya - g‗oyaning sof ―aksi‖, uning ―aksilmohiyati‖. Materiyaning 
mohiyati esa - g‗oya. Haqiqiy borliq - bu piramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida 
―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal qiluvchi go‗zallik g‗oyasi yotadi. Uning 
yonidan yaxshilik g‗oyasi va oqillik (haqiqat) g‗oyasi o‗rin oladi. SHunday qilib, Platon 
―g‗oyalar dunyosi‖ ―narsalar dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob‘ektiv idealizm 
falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‗oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo‗lmasligini qayd 
etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‗oyalar dunyosi‖ birlamchidir.


169 
Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi 
g‗oyalar haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‗oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan 
tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, 
Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: ―Ayrim narsa bo‗lmasa, 
umumiylik ham bo‗lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, 
borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‗rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖ 
muammolaridir. Ammo ―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‗lib, u ―harakatsiz substansiya yoki 
birinchi boqiy dvigatel‖ni o‗rganadi.
Ayni vaqtda shuni ta‘kidlash lozimki, aksariyat SHarq va G‗arb faylasuflarining falsafiy 
qarashlari faqat materialistik yoki faqat idealistik xususiyat kasb etmaydi. Ularda boshqa 
g‗oyalar ham uyg‗unlashadi. Ammo materiya va ongning o‗zaro nisbati muammosining u yoki 
bu echimi uning turli shakllarida – kosmos va tabiatni anglab etishdan tortib inson va uning 
shaxsiy borlig‗iga qadar – doim u yoki bu faylasuf yoki falsafiy maktabning muayyan 
dunyoqarashidan dalolat beradi.
Ettinchidan, G‗arb va SHarq falsafasi rivojlanishining yana bir umumiy qonuniyati uning 
metodologik ahamiyat kasb etuvchi haqiqiy ilmiy bilimga erishish yo‗lida ilmiy izlanishlar olib 
borishidir. Bu erda gap fanga va falsafaning metodologik funksiyasiga bo‗lgan munosabat 
haqida ketmoqda. Falsafiy ta‘limotlar, konsepsiyalar, g‗oyalar yordamida turli hodisalarning 
tahlili amalga oshiriladi, amaliy tavsiyalar beriladi. Bu jihatdan miloddan avvalgi V asrda 
vujudga kelib, Xitoydagina emas, balki boshqa SHarq mamlakatlarida ham keng tarqalgan 
konfutsiychilik diqqatga sazovordir. Uning ayrim konsepsiyalari hanuzgacha tirik. Masalan, 
«syao» yoki ota-onani hurmat qilish, kattalarga izzat-ikrom ko‗rsatish konsepsiyasi yosh 
jihatidan ham, ijtimoiy ierarxiya bo‗yicha ham kattalarga nisbatan o‗z xulq-atvorini barcha 
fazilatlar mohiyatini anglab etish asosida yo‗lga qo‗yishni taklif qiladi.
G‗arb falsafasiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, unda ham falsafaning metodologik 
funksiyasi bo‗rtib namoyon bo‗lishini ko‗ramiz. Masalan, yunon faylasuflari – falsafa tarixidan 
donishmandlik va shirinsuxanlik o‗qituvchilari degan nom bilan o‗rin olgan sofistlar 
shogirdlariga oqilona fikrlashni, muhokama qilinayotgan narsa yoki hodisaning mohiyatini teran 
anglagan holda ish ko‗rishni va o‗z falsafiy bilimlaridan siyosiy faoliyatda foydalanishni 
o‗rgatishni o‗z vazifasi deb bilganlar. Ma‘lumki, qadimgi yunon faylasufi Suqrot o‗z 
e‘tiqodlarini himoya qilish yo‗lida hayotini tikkan. U davlatni boy va zodagon kishilar emas, 
balki ishning ko‗zini biladigan, oqil odamlar boshqarishlari lozim deb hisoblagan va o‗z 
shogirdlariga o‗sha davrda mavjud bo‗lgan siyosiy an‘analarda mo‗ljal olishni o‗rgatgan. Ayni 
shu fikri uchun ustidan chiqarilgan hukmga e‘tiroz bildirmay, Suqrot o‗z o‗limini ixtiyoriy 
ravishda tanlagan va bir qadah sikut (zahar) ichib o‗lgan.
Sakkizinchidan, G‗arbda ham, SHarqda ham faylasuflar narsalar va hodisalarni 
o‗rganish, tahlil qilish, tushuntirishning o‗z metodlarini yaratganlar. YAngi davr tadqiqotchilari, 
Gegeldan boshlab, ikki asosiy falsafiy metod – dialektika va metafizika metodlarini ilgari 
surganlar. Qadimgi dunyo falsafasi rivojlangan sharoitda bu metodlar faylasuflar tomonidan 
ongli ravishda idrok etilmagan. Ular stixiyali, aniqroq aytganda, falsafiy ta‘limotlar, tizimlar va 
qarashlarga ichdan xos bo‗lgan metodlar sifatida amal qilgan. Faylasuflar, odatda, hodisalarning 
umumiy o‗zaro aloqasini, ularning ziddiyatliligini, harakati va rivojlanishini, dunyoning 
yagonaligi va rang-barangligini, «umumiy yo‗l» yoki Logosni muayyan tabiiy qonun sifatida 
anglab etadilar. Jumladan, Geraklit fikriga ko‗ra, tabiat (olov) uzluksiz o‗zgarish jarayonini 
boshdan kechiradi. U rivojlanish va o‗zgarishlar manbaini ko‗radi: «Hamma narsa kurash orqali 
va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o‗zining qarama-qarshiligiga o‗tadi: sovuq 
narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho‗l narsa quruq narsaga 
aylanadi, quruq narsa ho‗l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha 
hodisalar ham o‗zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta 
suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo‗lgan 
hodisalar va jarayonlarni ko‗radi: hayot va o‗lim, uyg‗oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. 
«Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to‗yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u 


170 
ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‗rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi 
o‗zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o‗tishi narsalarning barcha 
sifatlariga nisbiy tus berishini, ya‘ni muayyan holatlarga bog‗liq qilib qo‗yishini qayd etadi.
«Dialektika» so‗zini ilk bor Suqrot ishlatgan. Bu so‗z bilan u samarali bahslashish, fikrlar 
qarama-qarshiligi orqali haqiqatning tagiga etishga qaratilgan muloqot olib borish mahoratini 
ifodalagan. Dialektikaning aynan shu talqiniga sofistlar ham amal qilganlar. Ular o‗ziga xos 
inkor dialektikasini rivojlantirib, tinimsiz bahs-munozara muhitida haqiqatning tagiga etishga 
to‗xtovsiz harakat qiluvchi, ziddiyatlarga to‗la inson tafakkurini faol harakatga keltirganlar.
Aristotel fikricha, bahslashish yoki qarama-qarshi fikrlarni talqin qilish orqali 
haqiqatning tagiga etish san‘ati sifatidagi dialektika Zenonning «Bahslar» deb nomlangan 
asarida tahlil qilingan. 
Dialektika muammolarini Platon ham o‗rgangan. U dialektika deganda nisbiy «borliq» va 
«haqiqiy borliq»ni bilishni tushungan. U ko‗p sonli asarlarini antik dialektika namunalarini 
o‗zida mujassamlashtirgan dialoglar shaklida yozgan hamda, harakat va harakatsizlik, tafovut va 
ayniyatni tahlil qilgan. Platon har bir narsani o‗z-o‗ziga va boshqa barcha narsalarga ayniy deb 
hisoblagan.
Aristotel sababiy bog‗lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani 
yanada rivojlantirgan. Uning to‗rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‗naltiruvchi 
sabablar «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‗luvchi omil (materiya, substrat) – 
moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – 
harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‗zlangan maqsad – 
yo‗naltiruvchi sabab» haqidagi ta‘limoti ma‘lum. Aristotel shakl va mazmun (materiya) 
dialektikasini tahlil qilishning o‗z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. 
Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog‗liqdir. SHakl o‗z 
mohiyatiga ko‗ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‗rinishi, u dunyoning 
rang-barangligi va borlig‗ini belgilaydi.
Dialektika qadimgi SHarq falsafasiga ham xos. Qadimgi SHarq faylasuflari o‗zlikni 
anglash va insonning o‗z-o‗zini kamol toptirilishiga bag‗ishlangan konsepsiyalarida, avvalo 
buddizm, yoga, konfutsiychilik, zardo‗shtiylik falsafasida juda ko‗p noyob dialektik fikrlar ilgari 
surilgan. Masalan, Zardo‗sht ta‘limotida ―Axriman‖ va ―Axuramazda‖ yaxshilik va 
yomonlikning abadiy kurashi va bunda yaxshilikning g‗alabasini ifodalaydi. Zardo‗shtiylik 
falsafasiga ko‗ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-ichki dunyosida yashaydi. Inson 
Axriman yoki Axuramazda tarafida bo‗lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni hamisha 
yaxshilik qilishga, lekin yovuz Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson 
hayotining oxirigacha davom etadi.
«Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik nuqtai nazaridan 
qaraladi. Braxman ikki qiyofa: jismoniy va jismsiz, o‗ladigan va o‗lmas, harakatsiz va 
harakatchan ko‗rinishlarga ega. «Upanishada»da Atman – bu ham tana, ham individual jon. 
Braxman va atman bir-biri bilan o‗zaro bog‗liq «Hamma narsa Braxman, Braxman esa 
atmandir», deyiladi. Atman o‗zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: uyg‗oqlik; tushli uyqu; 
tushsiz uyqu; turiya (atman hech narsani his qilmaydigan, o‗z-o‗ziga teng bo‗ladigan holat).
Daosizm (qadimgi Xitoy maktablaridan biri)da dao haqidagi ta‘limot Geraklitning Logos 
haqidagi ta‘limotiga o‗xshab ketadi. Dao – bu «hayot yo‗li», tabiat qonuni. Bu dunyoning 
vujudga kelishi va rivojlanishining tabiiy abadiy qonuni. 
To‗qqizinchidan,, qadimgi SHarq va G‗arb falsafasida dialektik metod bilan bir qatorda 
hodisalarni o‗rganishning metafizik metodiga ham duch kelish mumkin. Aristotel Eley maktabi 
vakillari Parmenid va Melis hamda ularning izdoshlarini «tabiatni to‗xtatuvchilar» deb 
nomlagan, chunki ular tabiat harakatini rad etgan. Ular uchun borliq «yagona va harakatsiz»dir. 
Eleylik Ksenofan, masalan, shunday deb yozgan: «Bir joyda abadiy turadi, umuman 
qimirlamaydi, u yoqdan buyoqqa o‗tish unga xos emas». Parmenid bu qoidaga aniqlik kiritadi: 
«...hamma narsa bir, abadiy, vujudga kelmagan, sharsimon va bir xil, o‗z ichida makonga ega 
emas, harakatsiz va chekli».


171 
Eley maktabi kabi, qadimgi Xitoyda konfutsiychilik maktablari – Men-szi va Syun-szi 
ham dialektikaga qarshi chiqqan. Bu maktablarning vakillari qarshisida narsa qarama-
qarshiliklar birligida namoyon bo‗lmaydi, inson tabiati yo tug‗ilgandan boshlab faqat yaxshilik 
bilan bog‗langan (Men-szi), yo inson o‗z tabiatiga ko‗ra azaldan yovuz (Syun-szi). Albatta, 
tabiat inson tabiatini tarbiya yo‗li bilan o‗zgartirishi mumkin, lekin bu endi unga madaniyatni 
olib kirishdir.
Umuman qadimgi SHarq va G‗arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq 
mavzusi etakchilik qiladi. O‗sha davrda yaratilgan hikmatli so‗z, iboralar bugungi kunda ham 
insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Masalan, Platonning «Dialoglar» asarida taqdir, 
qarilik, fazilatlar, oqillik, adolat, sabr-toqatlilik, sovuqqonlik, vijdonlilik, erkinlik, kamtarlik, 
olijanoblik, tinchlikparvarlik, engiltaklik, do‗stlik, mehr-muruvvatlilik, e‘tiqod, teran fikrlash 
kabi tushunchalarga ta‘rif berilgan. Aristotel e‘tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, halollik, 
ezgulik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, ota-onalarga mehr oqibatli bo‗lish, hushyorlik, 
ziyraklik, adolatlilik kabi ma‘naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‗lish har qanday jamiyat, davlat va 
xalqning eng katta boyligi, kuch-qudrati manbalaridan biri deb hisoblaydi. Uning fikricha, biron 
bir narsaga ega bo‗lishdan maqsad undan foydalanishdir. Ko‗zga ega bo‗lgan odam ko‗zini 
yumib yashamaydi, balki undan olamni ko‗rish uchun foydalanadi, quloq va shu kabilar haqida 
ham shu fikrni aytish mumkin. U inson uchun biror narsaga ega bo‗lish muhimmi yoki undan 
foydalanishmi, degan savolni o‗rtaga tashlab, albatta muhimi foydalanishdir, chunki foydalanish 
va faoliyat ko‗rsatish maqsadida u biror bir narsaga ega bo‗lishni istaydi, deb hisoblaydi. 
Zardo‗shtning ―Avesto‖ kitobida ham odamlarni imonli-e‘tiqodli bo‗lishga, doimo pokiza 
yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yomon niyat va so‗zlardan tiyilishga, yomon 
amallarda voz kechishga, nojo‗ya ishlarlardan yuz o‗girishga da‘vat etadigan axloqiy qoidalar, 
o‗gitlar ko‗p. Kitobda ―tanalaringiz haqida emas, balki qalbingiz haqida ko‗proq qayg‗uring‖, 
―Har bir inson kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshni olqishlab sig‗inishi shart‖ degan 
qoida belgilangan.

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish