262
Qadimgi Turon xalqida nikoh to’yi oldidan va to’y jarayonida bajariladigan
ko’plab insonparvarlik urf-odatlari shakllangan (sovchi qo’yish, qalin solish,
to’qqiz tovoq, asal yalatish ...).
Xalq ertaklarida, afsona va rivoyatlarida, topishmoq va qo’shiqlarida, do’stlik
va sevgi ulug’lanadi. Jamiyatning ilk beshigi hisoblanmish oilada yuz beruvchi
ziddiyatlarni hal etishning insonparvarona metodlari ko’rsatiladi: “Er bilan
xotinning urushi – doka ro’molning qurishi” ga o’xshatiladi. “Yaqinlar urushganda
begonalar bayram qilishi”, do’stlikni kayta tiklash uchun yon berish (“Bir marta
yon bersang, yuz marta yutasan”) zarurligi ta‘kidlanadi.
Bolalarga insonparvarlik tarbiyasi
berishda ularga ertaklar, dostonlar aytib
berish, qo’shiqlar o’rgatish, marosimlarda qatnashtirish, ukalariga muhabbat ruhini
tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, quyidagi maqollarni o’rgatish bu
borada muhim ahamiyatga ega: “Bola aziz, odobi undan aziz”, “Davlating – ota-
onang”, “Yomon xotin – umr azobi”, “Oriqmidi, sariqmidi – erim edi, yoriqmidi,
yuriqmidi – uyim edi”, “Ota-onang o’tirgan uyning tomiga chiqma”, “Tengini
topsang tekin ber”, “Yaxshi xotin ishlik bo’lar, yomon xotin tillik bo’lar”,
“Qozilashgan qarindosh bo’lmas”, “Hovli olma, qo’shni ol”, “Hazil edi chin
bo’ldi, o’ynash edi er bo’ldi”, “Mehmon – otangdan ulug’”, “CHaqirgan yerga bor,
chaqirmasa nima bor?”, “Kunda kelgan mehmonning qadri yo’q” va boshqalar.
“Dunyoda do’stlikdan qudratliroq tuyg’u yo’q”, - deb ta‘lim beradi xalq
pedagogikasi. Shuning uchun uning turfa xil manbalarda do’stlik, boshqalar bilan
ahil va inoq bo’lish g’oyasi olg’a suriladi. Hayot muammolarini hamkorlikda
bartaraf etish, zulm va razolatga qarshi birgalikda kurashish, do’stni hay
otning
achchiq damlarida sinovdan o’tkazish haqidagi fikrlari maslahat beriladi. Ijtimoiy
taraqqiyotning hozirgi pallasida yosh avlodga milliy totuvlik, baynalmilal do’stlik
ruxini singdirishda etnopedagogikaning mazkur g’oyalari muhim ahamiyat kasb
etadi.CHunki, bugungi global xaetiy muammolarni insoniyat yaxshi ko’shnichilik,
hamjixatlik, do’stlik aloqalarisiz hal kila olmaydi.
Etnopedagogikada, avvalo, “Aybsiz do’st axtargan do’stsiz qoladi” maqolida
kechirimli bo’lishga undaladi, mayda kamchiliklar tufayli do’stlikni
uzish
qoralanadi. Chunki, xalqning ta‘kidicha: “Birlashgan kuch yengilmas”. Lekin
do’stlar orasidagi “Gumon do’stni do’stdan ajratadi”. Shuningdek: “Dil og’ritgan
do’st emas”. Shuning uchun “Do’stga dilingni toza tut!”, kezi kelganda “Do’sting
uchun zahar yut”. Negaki, “Do’stlik barcha boylikdan afzal”. Ayni paytda, hech
kim dunyoda yolg’iz yashay olmaydi. Shuning uchun “Baliqning tirikligi suv
bilan, odamning tirikligi odam bilan”. Chunki: “Ahillik baxtning boshi”, negaki:
“Arg’amchiga qil quvvat” deganlaridek, “Birlashgan kuch yengilmas” ligi
ta‘kidlanadi.
Etnopedagogikada do’stlararo munosabatlarda mehr-muhabbatli bo’lish
zarurligi ham ta‘kidlanadi. Aks holda, “Bemehr qarindoshdan, mehr bilgan yot
yaxshi” bo’lishi ham mumkin.
Do’st tanlash haqida xalq pedagogikasida ming
yillar davomida sinalgan
metodlarni tavsiya etadi. Xalqning ta‘kidlashicha, “Do’st achitib gapiradi”, “Dil
og’ritgan do’st emas”. Do’st boylikka, dasturxonga boqmaydi, orqadan
263
gapirmaydi, yurakdan so’zlaydi. Shuning uchun u tug’ishgan bilan teng
hisoblanadi. Bunday do’stlarga hamisha eshikni ochib qo’yish mumkin.
Do’stlikning ijtimoiy ahamiyati etnopedagogikada yuqori qo’yiladi.
Hamjihatlikda yashash, tinch hayot kechirish, ulug’vor vazifalarni bajarish,
obodonchilik uchun va dushmanga qarshi birgalikda kurash jarayonlarida
do’stlikning ahamiyati katta ekanligi ta‘kidlanadi: “Quyosh havoni isitsa, do’stlik
qalbni isitadi”, “Piyozning po’sti ko’p, yaxshining do’sti ko’p”, “Yolg’iz otning
changi chiqmas, changi chiqsa ham dong’i chiqmas”, “Birlashgan o’zar,
birlashmagan to’zar”... .
Lekin: “Hisobli do’st ayrilmas”, yoki: “Do’stingdan top” maqollari do’st
tanlashda kishini sergaklikka undaydi.
Etnopedagogika manbalarida xalqning go’zallik, nafosat tarbiyasi haqidagi
tasavvurlari afsonalar, miflar, dostonlar, ertaklardagi badiiy obrazlar vositasida
bayon etiladi. Ayniqsa, xalq qo’shiqlari, marosim va mavsumiy aytishuvlarida
insonning, Ona yurtning, farzandlarning, tog’
va daryolarning, qir-adirlarning,
qushlar va hayvonlarning go’zalligi yuksak pardalarda kuylanib, o’quvchi va
tinglovchining vatanparvarlik, insonparvarlik hislarini yanada kuchaytirishga
zamin yaratadi.
Etnopedagogikada go’zallik tushunchasi haqida gap ketar ekan, insonning
zohiriy va botiniy go’zalligiga dahldor xususiyatlari alohida ko’rsatib o’tiladi.
Insonning ham tashqi, ham ichki dunyosi mutlaq go’zallikka erishgandagina
tarbiya jarayonida maqsadga to’la erishilgan deyish mumkin.
Shuningdek,
go’zallik insonning boshqalar bilan muomalasida, nutqida, kiyinish va yurish-
turish odobida, mehnatsevarligida namoyon bo’ladi.
Mustakil
Respublikamizda
jamiyatni
demokratiyalash
va
insonparvarlashtirishning kuchayishi bilan estetik tarbiyaning ham ahamiyati
yanada kuchaydi. Yoshlar ongida go’zallik hissini o’stirish, estetik didni
kuchaytirish, san‘at asarlari va yodgorliklarini tushunish va qadrlash, tabiat
go’zalligini asrash va boshqalar har bir kishining vazifasiga aylandi. Xalq ustalari
yaratgan yodgorliklarda, binolarda (Samarqand, Buxoro, Xiva ...), ayollar to’qigan
gilamlarda, joynamoz va kashtalarda, zardo’zi tun va do’ppilarda
estetik did,
go’zallikka chorlovchi g’oya va ruh ufurib turibdi.
Xalq go’zallikni yarata turib, o’z ijodi namunalariga qo’shyurak (sevishganlar
belgisi), qo’sh uzuk, gullar, palaklar, nakshlar tasviri singari belgilarni qo’ygan.
Xalq qo’shiqlari, marosim aytishuvlarida mehnatga muxabbat; to’y, Navro’z,
qovunsayli, to’quvchilar qo’shig’i, sog’uvchilar qo’shig’i, alla va shu kabilarda
xalqning ichki tuyg’ulari tasvirlangan. Gijjak, qo’buz, tor, dutor, rubob, tanbur,
doira, sibziq, karnay, surnay singari musiqa asboblarining bezaklari vositasida
yoshlar qalbida go’zallikka muhabbat uyg’otilgan.
Binolarni bezashda o’ymakorlik, naqqoshlik, rangli metallar o’ymakorligi,
teriga badiiy ishlov berish singari estetik tarbiya vositalari yoshlar tarbiyasida
muhimdir. Bunday san‘at asarlarida Xalq o’z ma‘naviy dunyosi go’zalligini aks
ettirib, kelajak avlodlarga meros qilib qoldirgan.Ammo, «Husn tuyda , aql kunda
kerak» ligi alohida ta‘kidlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: