125
2.
Farzand tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati haqidagi etnopedagogika
fikrlarni pedagogik jarayonga tatbiq etish.
3.
Bola tarbiyasining vorisiyligi xususida.
4.
Ijobiy axloqiy sifatlarga erishish va salbiy axloqiy sifatlarni bartaraf
etish usullarining kursatilishi.
Talaba – yoshlarda milliy tarbiyani umumbashariy qadriyatlar bilan
shakllantirishni dunyo miqyosida erishilayotgan umumbashariy yutuqlar va
zamonaviy fan asoslarining tarbiyaviy jihatlarisiz tasavvur etish qiyin.
Shunga ko`ra oliy pedagogik ta'limda yoshlarda faqat pedagogik malaka va
ko`nikmalarni
tarkib toptirish, umumbashariy bilimlarni o`zlashtirishga ham
imkoniyat yaratib berish lozim. Milliy qadriyatlar asosida shakllantiriladigan
tafakkur va dunyoqarash yoshlarning umuminsoniy va zamonaviy yutuqlarni to`liq
egallashlari uchun zamin yaratadi, zamonaviy bilimlar va ko`nikmalarni egallash
esa chuqur va mustahkam bilim olish uchun poydevor vujudga keltiradi.
Shu sababli yoshlarda milliy tafakkurni va zamonaviy bilim ko`nikmalarni
o`zaro aloqada shakllantirish va olgan bilimlarni umumlashtirishga, ish jarayoniga
xalq pedagogikasini olib kirishga o`rgatish barkamol insonni shakllantirishda
muhim omil sanaladi. Yoshlarni ma'naviy qarashlarini shakllantirishda,
ularni
ma'naviy qadriyatlarimizni buyuk mutafakkirlar ilimiy merosini, falsafiy
qarashlarini, muhim jihatlarini o`rganish, bugungi kun zavonaviy ilm-fan va
tehnika taraqqiyotiga erishilayotgan bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirish bilan
boq’liq tar'lim-tarbiyaviy faoliyatga kuchli e'tibor qilinayotganligi bejiz emas.
Yoshlarning intellektual salohiyatini qo`lga kiritishlarida ta'lim jarayonida
ularni mustaqil fikr eritishga o`rgatish, dastlabki manbalarni o`zlashtirishning aniq
usullarini
egallash, olingan bilimlarga lngli ravishda yondashishga o`rgatish
muhim rol o`ynaydi. Bunda asosiy e'tiborni dars jarayoniga qaratib, ilm-fan
sohasida erishilgan yutuqlar va zavonaviy bilim hamda ko`nikmalar ustidagi
ishlarni qo`shib olib borish zarur. Shunga ham ko`ra, barcha fanlar tizimiga milliy
va umumbashariy qadriyatlarning ilmiy asoslarini kiritish darkor. Bundan
ko`zlangan maqsad umuminsoniy qadriyatlarni e'tirof etadigan shaxs sifatida
tarbiyalashdan iboratdir.
Buni ayniqsa «Xalq pedagogikasi»ni o`qitish misolida yaqqol ko`rishimiz
mumkin. «Xalq pedagogikasi» bu o`zbek xalqining ta'lim sohasida erishgan buyuk
qadriyati sanaladi va u ko`p jihatdan umumbashariy qadriyatga aylanib qolgan.
Talabalarga tarbiyaviy ishlarda «Xalq pedagogika»ni o`zaro boq’lovchi to`rtta
elementni ko`rsatib o`tish mumkin.
Xalq
madaniyati tarixi, tili, dini, urf-odatlari haqida bilimlar majmuasi. Bu
bilimlar majmuasini o`zlashtirish orqali bo`lajak mutaxassislarning milliy ongi
shakllanadi, amaliy tajribaga to`q’ri metodologik yo`nalish beradi.
Anglash, mehnat qilish va shu kabi vazifalarning asosi bo`lib hisoblanadigan
umumiy intellektual hamda amaliy malakalarning tizimi. Bu tizim orqali bo`lajak
mutaxassislarning milliy madaniyatini saqlab, yosh avlodga yetkazishni
ta'minlaydi.
Bo`lajak mutaxassislarning xalq tajribasini bugungi sharoitda tarbiya
jarayonida foydalanish va uni yanada rivojlantirish.
126
Atrof-muhit orqali olingan bilim, malka hamda
unga nisbatan tajribasi
bo`lajak mutaxassislarda ishonch, qimmatli hislatlarning o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Bo`lajak mutaxassislarning tarbiyaviy ishlarda «Xalq pedagogikasi» asosida
yondashishga tayyorgarligi – bu xalq pedagogikasining tajribalarini tarbiyaviy
ishlarda foydalanishning metodologik asosini bilish, shaxsning har tomonlarma
tarbiyasi, beriladigan tarbiyaning mazmuni,
uslublari, turlari, shakllari haqida
bilimlarni o`zlashtirish.
Xalq pedagogikasi tajribalaridan foydalanishga tayyorlashning quyidagi
shakllarini ko`rsatish mumkin: ma'ruza, seminar, amaliy tajriba darslari, maxsus
kurslar, auditoridan tashqari darslar pedagogik amaliyot,
talablarining ilmiy-
tadqiqot ishlari, kurs ishlari, diplom ishlari va hokazo.
Uslublari: hikoya, suhbat, intervyu, treninglar, munozaralar.
Manbalar: xalq oq’zaki ijodi, milliy o`yinlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, xalq
an'analari, milliy san'at namunalari va hokazo.
Xalq pedagogikasini ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishdan maqsad, tarbiya
texnologiyasining ahamiyati, tarbiyaviy ishlarda «Xalq pedagogikasi»ning
xususiyatini to`liq tushuntirish, tajribalarini foydalanishga tayyorgarligini
shakllantirish, tarbiyaviy ishlarning uslublari, shakllari, jihozlaridan o`rinli tartibda
foydalana olishga o`rgatish. Olingan nazariy bilimlarni, malaka va ko`nikmaga
aylantirish, amaliy jihatdan qo`llash.
Xulosa qilib aytganda shu vaqtga qadar ta'lim-tarbiya ishlarida xalqning boy
pedagogik
merosidan, hadislar va she'riy mantlarda oldinga surilgan q’oyalardan
to`la foydalana olganimiz yo`q. Aslida bular inson ma'naviy kamolotining hamma
davrlari uchun ham ahamiyatli bo`lib qoladigan zaminlardir.
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan madaniy merosidan, ahloq, odob,
tarbiya borasidagi an'analaridan qanchalik samarali foydalansak, milliy
mustaqilligimizning chinakam fidoiysi bo`lgan yoshlarni tarbiyalash borasida
shunchalik sezilarli yutuqlarga erishamiz.
Jamiyat taraqqiyoti uchun aholining soni emas, balki sifati muhimdir.
Sifatning bosh mezoni yuksak ma'naviyatdir.
Talabalardagi yetuk jihatlarni shakllantirishda boshqa fanlar bilan bir qatorda
«Xalq pedagogikasi» fanining ahamiyati katta. Bu fan yoshlarda mavhum
qoidalarni emas, balki hayotda halol vijdon va iymon bilan yashashni o`rgatmoq’i
kerak. Har bir fan kishilarga muayyan bilimlarni o`rgatadi. Bu bilimlar
kishilarning
yuksak ahloqiy fazilatlari bilan qo`shilganda yetuk ma'naviy boylikka aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: