[4] Motivatsion
qo„llab-quvvatlash
– rahbardagi xodimlarning o„z ishiga sadoqatini
mustahkamlay olish kompetentsiyasi.
Ushbu kompetentsiyaga ega rahbar:
- xodimlarning yutuqlarini tan oladi va ularni taqdirlaydi;
- xodimlarga bajargan ishlari uchun minnatdorchilik bildiradi;
- xodimlar o„z yutuqlaridan qoniqish hosil qilishlari uchun guruh bilan
faxrlanishini ochiqdan ochiq aytadi;
- xodimlarning ishdan xursand bo„lishlari uchun turli ijodiy usullarni o„ylab
topadi;
- barcha muhim tadbirlarda shaxsan o„zi qatnashadi;
- ziddiyatli vaziyatlarni tez hal etadi va yo„qotadi;
- xodimlar faoliyatini jonlantirish uchun suhbatlar va prezentasiya
(taqdimot)lar o„tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |