[2] Strategik
fikrlash
– menejerning bozor va sanoatdagi tendensiya, mavjud va
kutilayotgan (ichki va tashqi) xaridorlar, shuningdek, tashkilotning
raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va ojiz tomonlarini ko„rib
chiqqan holda korxona raqobatbardoshligini tahlil qila olish
qobiliyati.
Ushbu kompetentsiyaga ega rahbar:
- tashkilotning raqobatchilar bilan solishtirganda kuchli va kuchsiz
tomonlarini ko„ra oladi;
- tashkilotning raqobatbardoshligiga ta‟sir ko„rsatadigan sanoat va bozor
tendensiyasini tushunadi;
- qanday tovar va xizmatlar bozorda raqobatbardosh bo„lishini chuqur
fahmlay oladi;
- bozor va ishlab chiqarish tahliliga asoslangan, shuningdek, raqobatchilarga
nisbatan salohiyat imkoniyatlari ko„proq, uzoq muddatli (3–5 yillik) marketing
strategiyani yaratadi va uni boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |