Uqu
vn
in
g u
m
u
m
iy i
sh
h
aj
m
iga n
isb
at
i, %
h
isob
id
a
50
Kontseptual
Ijtimoiy
-
psixologik
Texnik
kompetentsiya
0
Instruktor
O„rta
darajadagi
boshqaruv
Yuqori
darajadagi
boshqaruv
Boshqaruv darajalari
4.3-rasm.
Ma‟muriy boshqaruv darajalariga xos professional uquvlilik
Ijtimoiy-psixologik kompetentsiya nafaqat rahbar tomonidan o„zini o„zi
anglashi (bilishi), balki autopsixologik kompetentsiya bilan ham bog„liq.
(4) Autopsixologik kompetentsiya – bu rahbardagi shunday malakalar
majmuiki,
ular
boshqaruvchini
o„z kasbiy hamda shaxsiy sifatlarini
diagnostikalash, ya‟ni o„zini o„zi diagnostika qilish, o„zini o„zi tuzata olish
(korrektsiyalash), o„zini o„zi takomillashtira olish, o„ziga-o„zi motivatsiya bera
olish, har qanday ma‟lumotdan samarali foydalana olish, psixolingvistik
kompetentsiyalar bilan bog„liq qobiliyatdir.
(5) Ijtimoiy-informatsion
kompetentsiya
– bu rahbardagi axborot
texnologiyalari bilan ishlay bilish hamda ijtimoiy informasiyalarga nisbatan
tanqidiy munosatda bo„la olishga egaligi.
(6) Kommunikativ kompetentsiya – bu boshqaruvchining turli tildagi
og„zaki va yozma muomala texnologiyalarini o„zlashtirganligi hamda kompyuterda
dasturlash va Internet orqali munosabatga kirisha olish qobiliyati. Ayrim
mutaxassislar tomonidan ijtimoiy-psixologik kompetentsiya tushunchasi ko„pincha
61
OAVda “kommunikativ kompetentsiya” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham
ishlatiladi. Bevosita kommunikativ kompetentsiyani aniqlash uchun “Muloqotga
kirishuvchanlik darajasi”, “Fikrni bayon eta olish” kabi qator metodikalar hamda
o„zini qanchalik nazorat qila olishini bilishda M. Snayderning maxsus testi
qo„llaniladi.
(7) Kognitiv kompetentsiya – bu rahbarning ma‟lumot darajasini oshirishga
tayyorligi, o„zining shaxsiy imkoniyatlarini faollashtirishga ehtiyojmandligi, yangi
malaka va bilimlarni mustaqil ravishda yaratish hamda o„zini o„zi rivojlantirish
qobiliyati demakdir.
(8) Maxsus kompetentsiya – bu boshqaruvchining professional xatti-
harakatlarni mustaqil tarzda bajarishga tayyorlanish va o„z mehnati natijalarini
baholay olish qobiliyati.
(9) Madaniy kompetentsiya – bu menejerning tashkilot normalari va
qadriyatlari orqali xulq-atvorini boshqa-rishga tayyorlik qobiliyatiga egaligi.
Shuningdek, munosib bo„lmagan vaziyatlardagi xatti-harakatlarda maqsadga
erishish uchun standart vaziyatlarni saqlab qolish va zarur bo„lganda ularni
yangilari bilan almashtira olish savodxonligi. Bu kompetentsiya menejerning
tanlash imkoniyati mavjud bo„lmagan hollarda, har xil madaniy uzilishlarda
muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi. Madaniy kompetentsiya tashkilot
menejerining boshqaruv madaniyati malakalarini o„zlashtirish darajasini aniqlaydi.
Professional faoliyat shaxsdan juda ko„p bilimlarni hamda malakalarni talab
qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar
muammosi), endi o„z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o„z ustida
muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional
kompetentsiya
shu
nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo„nalishiki, unga faqat
kasbiga taalluqli bo„lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo„lish
yo„llari va malakalarning takomillashuvini ta‟minlovchi psixologik jarayonlar va
ho-latlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bi-lish jarayonlari, ularning
mohiyati va kechishini anglash demakdir.
62
4.4-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |