Qori Niyoziy tahsil olgan rus-tuzem maktablari.
Qori Niyoziy 1911-1915-
yillarda Skobelev (hozirgi Farg‘ona) shahridagi rus-tuzem maktabida о‘qidi.
Bunday maktablar Turkistonda XIX asrning 80-yillarida ochilgan. Bu
maktablarning asosiy vazifasi mahalliy millat vakillaridan tarjimon tayyorlash
bо‘lgan. Haqiqatda ham mahalliy aholining rus tilini bilmasligi turli hukumat
idoralarida (masalan, sudlarda, uyezd boshqarmalarida, notarial kontoralarda,
shahar va viloyatlardagi har xil tashkilotlarda) katta qiyinchiliklar tug‘dirgan,
chunki ularda barcha ishlar faqat rus tilida yuritilar edi.
Tabiiyki, rus-tuzem maktablarida о‘qitish ishlari turli yillarda va turli
joylarda farqlanib, uning sifati asosan о‘qituvchilarning saviya va malakasiga,
о‘zbek tilini qay darajada bilishiga bog‘liq bо‘lgan. Shu bilan birga “mahalliy
*
Do'stlaringiz bilan baham: |