PEDAGOGIKA 2017, 4-son 6 kompetensiyalar mavjudligining dalillarini namoyish qilishdan iborat. Ushbu
dalillar talaba tomonidan bevosita kasbiy faoliyatga tegishli bо‘lgan vazifalarning
yechilishi jarayonini kuzatish natijasida tо‘plab boriladi. Kuzatuvni о‘qituvchi
amalga oshiradi. Baholash yо‘llari jihatidan bu metod imitatsion vaziyatlarda
amaliy faoliyatga doir topshiriqlarni bajarish jarayonini baholash metodiga
о‘xshab ketadi. Imitatsiya shuni bildiradiki, baholanayotgan talaba о‘zining kasbiy
kompetensiyalarini kasbiy faoliyatga doir muayyan topshiriqni bajarish
jarayonida emas, balki kasbiy vazifaning sharoitlari va maqsadini tо‘liq imitatsiya
qiladigan vazifalarni amalga oshirish jarayonida namoyish qilishi kerak.
Assesment texnologiyasi. Ta’lim jarayoniga assesment (
ingliz tilidan assess − baholash ) texnologiyasini joriy etish orqali ham yuqori natijalarga erishish
mumkin. Assessment – pedagogik kadrlarni kompleks baholash metodlaridan
biri, u birbirini о‘zaro tо‘ldiradigan metodikalardan iborat bо‘lib, ta’lim
muassasasi xodimlarining turli shaxsiy sifatlarini, ularning psixologik va kasbiy
jihatdan о‘ziga xos tomonlarini, kasb va lavozim talablariga mosligini baholash,
shuningdek, mutaxassislarning potensial imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan.
Ta’lim sohasida assessment texnologiyasi ishbilarmonlik о‘yinlari jarayonida
talabalarning о‘zini tutishi va harakatlarini kuzatish orqali ularning
kompetensiyalarini baholashni kо‘zda tutadi. Tashqaridan qaraganda treningga
о‘xshab ketadi, chunki ishtirokchilarga ishbilarmonlik о‘yinlari va topshiriqlar
beriladi, lekin ularning maqsadi kо‘nikma va malakalarni rivojlantirish emas, balki
о‘zining “kuchli” va “zaif” tomonlarini namoyon qilish uchun hammaga bir xil
imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Har bir topshiriqni bajarishda har qaysi
ishtirokchiga ekspert biriktiriladi. U о‘zi kuzatayotgan ishtirokchining
kuzatilayotgan kompetensiyaga doir har bir harakatini batafsil qayd qilib boradi.
Kompetensiyalarni baholashda, albatta, qaramaqarshi aloqa bо‘lishi kerak, ya’ni
talabaga uning bajargan ishi bо‘yicha kuchli va zaif tomonlarini kо‘rsatib о‘tgan
holda batafsil izoh va tavsiyalar beriladi. О‘rinli tashkillashtirilgan qaramaqarshi
aloqa talabaning tanlagan mutaxassisligi bо‘yicha keyingi ta’limi va rivojlanishi
uchun motivatsion omil bо‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kompetensiyalar shakllanganligini baholash jarayonini amalga oshirish о‘ziga xos xususiyatlarga ega: – baholashni amalga oshirish uchun maxsus kasbiy
kompetensiyalarning komponentlari belgilab olinadi;
talabaning bajargan ishlarini baholash mezonlari sifatida davlat ta’lim
standartlarida belgilangan kompetensiyalar darajasiga mosligi belgilanadi;
me’yoriy kо‘rsatkichlardan past bо‘lgan natijalar kompetensiyalarning
yetarli darajada emasligini bildiradi;
kasbiy kompetensiyalar darajasini baholash kasbiy funksional vazifalarni
bajarish darajasi pastligining sabablarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Buning
uchun kasbiy kompetensiyaning har bir elementi uchun baholash kо‘rsatkichlari