3 Annotatsiya


Temirbeton konstruksiyalar



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/362
Sana10.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#440056
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   362
Bog'liq
Magistrataura qabul 2021-2020 sinov va baxolash dasturlar

Temirbeton konstruksiyalar

Beton va temir-beton sohasida ilmiy-texnik 
taraqqiyotning asosiy yo‘nalishi bu yaqin kelajakda beton va temir-beton uchun 
ishlatiladigan materiallarning xossasini sistematik ravishda yaxshilash, undan 
tayyorlanadigan buyumlarni yiriklashtirish va ularni zavod sharoitida tayyorlash 
jarayonini takomillashtirishdan, konstruksiyalarni tayyorlashda materiallar, 
energiya va mehnat sarfini kamaytirish hamda har xil sharoitda ishlatiladigan 
konstruksiyalarning xizmat muddatini uzaytirish va puxtaligini oshirishdan iborat. 
Bu masalalarni yechishda birinchi navbatda sanoat chiqindisidan olinadigan 
o‘ta yengil, g‘ovakli to‘ldiruvchilar asosida betonning zichligini kamaytirish; 
namdan himoya qiluvchi maxsus materiallarni qo‘llamasdan kengayuvchi
sementlarni keng qo‘llash natijasida betonning suv o‘tkazmasligini puxta 
ta’minlash; issiqlik sarfini kamaytirgan holda, eng arzon quyosh energiyasidan 
foydalanib hamda o‘ta tez qotuvchi sementlarni qo‘llash natijasida betonning 
qotish muddatini qisqartirish; armatura uchun ishlatiladigan po‘latlarning yangi, 
tyejamli xilini, shu jumladan termomexanik usul bilan mustahkamligi oshirilgan 
vint shaklidagi sterjenli armaturalarni ishlab chiqish; beton va armatura ishlarini 
bajarish uchun kompleks kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan va boshqa 
yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan texnologik uskunalar qo‘llash natijasida mehnat 
sarfini kamaytirish; oldindan zo‘riqtirilgan temir-betonni yig‘ma, yig‘ma-yaxlit va 
yaxlit konstruksiyalarda qo‘llash yo‘li bilan rivojlantirish va yuqori mustah-
kamlikka ega bo‘lgan armaturalarni keng qo‘llash ta’minlanadi. 
Oddiy va oldindan zo‘riqtiriladigan temir-beton konstruksiyalarini keng 
qo‘llash va ularni takomillashtirishga katta e’tibor beriladi. 


209 
Bikir armatura va qiya armaturalar bilan jihozlanadigan konstruksiyalarning 
yangi xillari, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan, yengil g‘ovakli to‘ldiruvchilar, 
kovakli va mayda donali hamda har xil qo‘shimchalar solib tayyorlanadigan 
betonlar, polimerbetonlar, kislota va ishqor ta’siriga chidamli bo‘lgan betonlar 
keng qo‘llaniladi. 
Kelgusida energiya sarfini kamaytiradigan past temperaturada sintez 
qilinadigan alinit va juda tez qotadigan besalit sementlari asosida tayyorlanadigan 
betonlardan keng ko‘lamda foydalaniladi. 
Sanoat ishlab chiqarishining har xil gidravlik aktiv chiqindilarini 
portlandsementga qo‘shib, undan tayyorlanadigan betonlarning xossalarini va 
texnologiyasini o‘rganishga katta ahamiyat beriladi. 
Qumli betonlarni turar-joy, qishloq, yo‘l, sug‘orish va gidrotexnik qurilishida 
keng qo‘llash to‘g‘risida yangi normativ hujjatlarni tayyorlash amalga oshiriladi. 
Yengil betonlarning sifatini yaxshilash, uning zichligini kamaytirish va sarf 
qilinadigan yoqilg‘i-energiyani kamaytirishga katta talab qo‘yilmoqda. Shuning 
uchun yengil betonlarni industrial usullar bilan sanoat chiqindilari va ikkilamchi 
mahsulotlar asosida ishlab chiqarish uchun keng imkoniyat yaratiladi. 
Qurilishda yengil betonlarni qo‘llashning birdan bir samarali yo‘nalishlaridan 
biri katta o‘lchamdagi tashqi devor konstruksiyalarini zavod sharoitida tayyor 
holda ishlab chiqarishdan iborat. Bunday konstruksiyalarda yengil betonning 
qulayliklaridan 
to‘la foydalanish imkoniyati yaratiladi. Tashqi devor 
konstruksiyalarining zichligini (150...200 kg/m

gacha) kamaytirish rezervlaridan 
to‘la foydalanish, 1 m
3
betonga sarf qilinadigan energiyani 30 kg shartli 
yoqilg‘igacha kamaytirish va issiqlik o‘tkazmaslik xossalarini yaxshilash nazarda 
tutiladi. 
Zichligi kam (1400 kg/m

gacha) va mustahkamligi 40 MPa gacha bo‘lgan 
yengil betonlardan tayyorlanadigan yuk ko‘taruvchi, shu jumladan egilishga 
ishlaydigan konstruksiyalarni ishlab chiqarish keng ko‘lamda amalga oshiriladi. 
Bunday konstruksiyalarning qo‘llanilishi po‘lat armatura sarfini hamda bino 
va inshootlarning og‘irliklarini kamaytiradi va konstruksiyalarini yiriklashtirish 
imkoniyatini yaratadi. 
Yangi xil betonlarni yaratish ishlari davom ettiriladi. Bunda sanoat 
chiqindilaridan, shu jumladan yog‘ochlarga ishlov berish hamda qishloq xo‘jaligi 
chiqindilaridan va tabiiy materiallardan foydalanishga katta e’tibor beriladi. 
Avtoklav usuli bilan tayyorlanadigan kovakli betonlar texnologiyasi sohasida 
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan betonlar ishlab chiqarish tajribalari 
umumlashtiriladi va bunday betonlarni yanada ko‘paytirishning qo‘shimcha 
choralari ko‘riladi. Shu bilan birga kovakli byetonlarning cho‘zilishdagi 
mustahkamligini oshirish va hajmiy qisqarishini kamaytirishning samarali 


210 
usullarini ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. Xuddi shunday takomillashtirish 
noavtoklav yo‘li bilan tayyorlanadigan kovakli betonlar uchun ham amalga joriy 
qilinishi lozim. 
Har xil tolalar qo‘shib betonning cho‘zilishdagi mustahkamligini oshirish 
sohasidagi barcha ishlar juda ham perspektiv hisoblanadi. 
Kelgusi besh yillikda armaturalarning samarali xillarini keng qo‘llash va 
armatura uchun po‘latlarniig yangi perspektiv xillari va ularni qayta ishlash 
texnologiyasini yaratish sohasida ishlar olib boriladi. Asosiy diqqat kam miqdorda 
ligerlovchi qo‘shimchalar qo‘shilgan samarali sterjenli armaturalarning xillariga, 
shu jumladan termomexanik yo‘li bilan mustahkamligi oshirilgan AtIIIs sinfli 
hamda vint shaklidagi yangi xil armaturalarni takomillashtirishga qaratiladi. 
Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan simli armaturalar (B-П, Bp-П) va 
armatura sifatida ishlatiladigan arqonlar (K-7, K-19) hamda payvandlanish 
xossasiga ega bo‘lgan past temperatura ta’siriga chidamli, korroziya natijasida 
yorilmaydigan yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan va mustahkamligi oshirilgan 
sterjenli armaturalarni joriy qilish uchun katta ish olib boriladi. Bunda mexanik 
xarakteristikalari oshirilgan va profili yaxshilangan yuqori mustahkamlikka ega 
bo‘lgan simlar hamda shishaplastik va po‘lat tolali armaturalarni 
takomillashtirishga juda ham katta e’tibor beriladi. 
Armaturalardan 
tayyorlanadigan 
buyumlarni 
ishlab 
chiqarishda 
ish 
unumdorligini keskin oshirish uchun armaturali sinchlarni tayyorlashda 
payvandlovchi 
avtomatlardan 
foydalanish, 
avtomatlashtirilgan 
boshqarish 
sistemasini joriy qilish talab qilinadi. 
Yangi xil armaturalarni qo‘llash 400 ming tonna po‘latni tejashga va armatura 
ishlarida mehnat unumdorligini keskin oshirishga imkoniyat yaratadi. 
Korroziyadan shikastlangan inshootlarni tuzatish va qayta tiklashga katta 
ahamiyat beriladi. Bu yangi yo‘nalish bo‘lib, agressiv muhitda temir-betonning 
chidamliligini qayta tiklashning samarali usullarini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. 
O‘rta Osiyo sharoitida temir-beton konstruksiyalarini tayyorlashda eng arzon 
bo‘lgan quyosh energiyasidan foydalanib betonning qotishi muddatini qisqartirish 
juda muhimdir. 
Kelgusida beton va temir-beton sohasidagi ilmiy-texnika yo‘nalishining 
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Kompleks yuklar va tashqi muhit ta’siridan hisoblash parametrlarini 
optimallashtirish va yangi avlodga mansub bo‘lgan elektron hisoblash 
mashinalarini (EHM) qo‘llash asosida temir-beton konstruksiyalarini va kompozit 
sistemalarning kuchlanish va deformasiyalanish holatini xisoblash nazariyasini 
yaratish; 


211 
2. Beton va temir-beton konstruksiyalarining elamentlarini hisoblashning 
yangi uslublarini yaratish va takomillashtirish; 
3. Kam o‘rganilgan sharoitda ishlaydigan (transportda tashish, montaj qilish 
jarayonlarida vujudga keladigan yuklar va texnologik yuklar ta’siriga) temir-beton 
konstruksiyalarini hisoblash uslublarini yaratish; 
4. Temir-beton konstruksiyalarini hisoblashda materiallarning mustahkamligi, 
bikrligi va boshqa xarakteristikalarining o‘zgaruvchanligini e’tiborga olgan holda 
ehtimolliklar nazariyasini qo‘llash; 
5. Bir necha yo‘nalishda bir jinsli bo‘lmagan kuchlanish holatida betonning 
deformatsiyalanishi, strukturasining o‘zgarishi va mustahkamligini o‘rganish 
hamda tajribalardan olingan natijalarni tartibga solish; 
6. Sterjen shaklidagi elementlarni, shu jumladan statik aniq va statik noaniq 
temir-beton konstruksiyalarining elementlarini fizik va geometrik jihatdan chiziqli 
bo‘lmagan hollarda ishlashini o‘rganish va hisoblash uslublarini ishlab chiqish; 
7. Temir-betondan tayyorlanadigan plita, qobiq va massiv konstruksiyalarni 
hisoblash uslubini yaratish va takomillashtirish; 
8. Tashqi yuklar va iqlimning birgalikdagi noqulay ta’siriga temir-beton 
konstruksiyalarning ko‘pga chidamliligini oshirish, hisoblash va loyihalash 
uslublarini takomillashtirish; 
9. Temir-beton konstruksiyalariga seysmik va boshqa dinamik yuklarning 
ta’sirini o‘rganish va bino hamda inshootlarning zilzilaga bardoshligini oshirish, 
ularning ekspluatatsiya qilish sharoitini yaxshilash va hokazo. 
Xar xil ashyolardan –toshdan, yog‘ochdan, metalldan, temirbetondan –
tayyorlanadigan konstruksiyalarning bir-biriga nisbatan afzalligi taqqoslanmasdan, 
ularning har birining o‘z o‘rnida birgalikda samarali foydalanishi qaralishi 
maqsadga muvofiqdir. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish