Temirbeton konstruksiyalar
.
Beton va temir-beton sohasida ilmiy-texnik
taraqqiyotning asosiy yo‘nalishi bu yaqin kelajakda beton va temir-beton uchun
ishlatiladigan materiallarning xossasini sistematik ravishda yaxshilash, undan
tayyorlanadigan buyumlarni yiriklashtirish va ularni zavod sharoitida tayyorlash
jarayonini takomillashtirishdan, konstruksiyalarni tayyorlashda materiallar,
energiya va mehnat sarfini kamaytirish hamda har xil sharoitda ishlatiladigan
konstruksiyalarning xizmat muddatini uzaytirish va puxtaligini oshirishdan iborat.
Bu masalalarni yechishda birinchi navbatda sanoat chiqindisidan olinadigan
o‘ta yengil, g‘ovakli to‘ldiruvchilar asosida betonning zichligini kamaytirish;
namdan himoya qiluvchi maxsus materiallarni qo‘llamasdan kengayuvchi
sementlarni keng qo‘llash natijasida betonning suv o‘tkazmasligini puxta
ta’minlash; issiqlik sarfini kamaytirgan holda, eng arzon quyosh energiyasidan
foydalanib hamda o‘ta tez qotuvchi sementlarni qo‘llash natijasida betonning
qotish muddatini qisqartirish; armatura uchun ishlatiladigan po‘latlarning yangi,
tejamli xilini, shu jumladan termomexanik usul bilan mustahkamligi oshirilgan
vint shaklidagi sterjenli armaturalarni ishlab chiqish; beton va armatura ishlarini
bajarish uchun kompleks kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan va boshqa
yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan texnologik uskunalar qo‘llash natijasida mehnat
sarfini kamaytirish; oldindan zo‘riqtirilgan temir-betonni yig‘ma, yig‘ma-yaxlit va
yaxlit konstruksiyalarda qo‘llash yo‘li bilan rivojlantirish va yuqori mustah-
kamlikka ega bo‘lgan armaturalarni keng qo‘llash ta’minlanadi.
137
Oddiy va oldindan zo‘riqtiriladigan temir-beton konstruksiyalarini keng
qo‘llash va ularni takomillashtirishga katta e’tibor beriladi.
Bikir armatura va qiya armaturalar bilan jihozlanadigan konstruksiyalarning
yangi xillari, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan, yengil g‘ovakli to‘ldiruvchilar,
kovakli va mayda donali hamda har xil qo‘shimchalar solib tayyorlanadigan
betonlar, polimerbetonlar, kislota va ishqor ta’siriga chidamli bo‘lgan betonlar
keng qo‘llaniladi.
Kelgusida energiya sarfini kamaytiradigan past temperaturada sintez
qilinadigan alinit va juda tez qotadigan besalit sementlari asosida tayyorlanadigan
betonlardan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Sanoat ishlab chiqarishining har xil gidravlik aktiv chiqindilarini
portlandsementga qo‘shib, undan tayyorlanadigan betonlarning xossalarini va
texnologiyasini o‘rganishga katta ahamiyat beriladi.
Qumli betonlarni turar-joy, qishloq, yo‘l, sug‘orish va gidrotexnik qurilishida
keng qo‘llash to‘g‘risida yangi normativ hujjatlarni tayyorlash amalga oshiriladi.
Yengil betonlarning sifatini yaxshilash, uning zichligini kamaytirish va sarf
qilinadigan yoqilg‘i-energiyani kamaytirishga katta talab qo‘yilmoqda. Shuning
uchun yengil betonlarni industrial usullar bilan sanoat chiqindilari va ikkilamchi
mahsulotlar asosida ishlab chiqarish uchun keng imkoniyat yaratiladi.
Qurilishda yengil betonlarni qo‘llashning birdan bir samarali yo‘nalishlaridan
biri katta o‘lchamdagi tashqi devor konstruksiyalarini zavod sharoitida tayyor
holda ishlab chiqarishdan iborat. Bunday konstruksiyalarda yengil betonning
qulayliklaridan
to‘la foydalanish imkoniyati yaratiladi. Tashqi devor
konstruksiyalarining zichligini (150...200 kg/m
3
gacha) kamaytirish rezervlaridan
to‘la foydalanish, 1 m
3
betonga sarf qilinadigan energiyani 30 kg shartli
yoqilg‘igacha kamaytirish va issiqlik o‘tkazmaslik xossalarini yaxshilash nazarda
tutiladi.
Zichligi kam (1400 kg/m
3
gacha) va mustahkamligi 40 MPa gacha bo‘lgan
yengil betonlardan tayyorlanadigan yuk ko‘taruvchi, shu jumladan egilishga
ishlaydigan konstruksiyalarni ishlab chiqarish keng ko’lamda amalga oshiriladi.
Bunday konstruksiyalarning qo‘llanilishi po‘lat armatura sarfini hamda bino
va inshootlarning og‘irliklarini kamaytiradi va konstruksiyalarini yiriklashtirish
imkoniyatini yaratadi.
Yangi xil betonlarni yaratish ishlari davom ettiriladi. Bunda sanoat
chiqindilaridan, shu jumladan yog‘ochlarga ishlov berish hamda qishloq xo‘jaligi
chiqindilaridan va tabiiy materiallardan foydalanishga katta e’tibor beriladi.
Avtoklav usuli bilan tayyorlanadigan kovakli betonlar texnologiyasi sohasida
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan betonlar ishlab chiqarish tajribalari
umumlashtiriladi va bunday betonlarni yanada ko‘paytirishning qo‘shimcha
138
choralari ko‘riladi. Shu bilan birga kovakli betonlarning cho‘zilishdagi
mustahkamligini oshirish va hajmiy qisqarishini kamaytirishning samarali
usullarini ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. Xuddi shunday takomillashtirish
noavtoklav yo‘li bilan tayyorlanadigan kovakli betonlar uchun ham amalga joriy
qilinishi lozim.
Har xil tolalar qo‘shib betonning cho‘zilishdagi mustahkamligini oshirish
sohasidagi barcha ishlar juda ham perspektiv hisoblanadi.
Kelgusi besh yillikda armaturalarning samarali xillarini keng qo‘llash va
armatura uchun po‘latlarniig yangi perspektiv xillari va ularni qayta ishlash
texnologiyasini yaratish sohasida ishlar olib boriladi. Asosiy diqqat kam miqdorda
ligerlovchi qo‘shimchalar qo‘shilgan samarali sterjenli armaturalarning xillariga,
shu jumladan termomexanik yo‘li bilan mustahkamligi oshirilgan A
t
Шs sinfli
hamda vint shaklidagi yangi xil armaturalarni takomillashtirishga qaratiladi.
Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan simli armaturalar (В-П, Вр-П) va
armatura sifatida ishlatiladigan arqonlar (K-7, K-19) hamda payvandlanish
xossasiga ega bo‘lgan past temperatura ta’siriga chidamli, korroziya natijasida
yorilmaydigan yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan va mustahkamligi oshirilgan
sterjenli armaturalarni joriy qilish uchun katta ish olib boriladi. Bunda mexanik
xarakteristikalari oshirilgan va profili yaxshilangan yuqori mustahkamlikka ega
bo‘lgan simlar hamda shishaplastik va po‘lat tolali armaturalarni
takomillashtirishga juda ham katta e’tibor beriladi.
Armaturalardan
tayyorlanadigan
buyumlarni
ishlab
chiqarishda
ish
unumdorligini keskin oshirish uchun armaturali sinchlarni tayyorlashda
payvandlovchi
avtomatlardan
foydalanish,
avtomatlashtirilgan
boshqarish
sistemasini joriy qilish talab qilinadi.
Yangi xil armaturalarni qo‘llash 400 ming tonna po‘latni tejashga va armatura
ishlarida mehnat unumdorligini keskin oshirishga imkoniyat yaratadi.
Korroziyadan shikastlangan inshootlarni tuzatish va qayta tiklashga katta
ahamiyat beriladi. Bu yangi yo‘nalish bo‘lib, agressiv muhitda temir-betonning
chidamliligini qayta tiklashning samarali usullarini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir.
O‘rta Osiyo sharoitida temir-beton konstruksiyalarini tayyorlashda eng arzon
bo‘lgan quyosh energiyasidan foydalanib betonning qotishi muddatini qisqartirish
juda muhimdir.
Kelgusida beton va temir-beton sohasidagi ilmiy-texnika yo‘nalishining
asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Kompleks yuklar va tashqi muhit ta’siridan hisoblash parametrlarini
optimallashtirish va yangi avlodga mansub bo‘lgan elektron hisoblash
mashinalarini (EHM) qo‘llash asosida temir-beton konstruksiyalarini va kompozit
139
sistemalarning kuchlanish va deformasiyalanish holatini xisoblash nazariyasini
yaratish;
2. Beton va temir-beton konstruksiyalarining elamentlarini hisoblashning
yangi uslublarini yaratish va takomillashtirish;
3. Kam o‘rganilgan sharoitda ishlaydigan (transportda tashish, montaj qilish
jarayonlarida vujudga keladigan yuklar va texnologik yuklar ta’siriga) temir-beton
konstruksiyalarini hisoblash uslublarini yaratish;
4. Temir-beton konstruksiyalarini hisoblashda materiallarning mustahkamligi,
bikrligi va boshqa xarakteristikalarining o‘zgaruvchanligini e’tiborga olgan holda
ehtimolliklar nazariyasini qo‘llash;
5. Bir necha yo‘nalishda bir jinsli bo‘lmagan kuchlanish holatida betonning
deformasiyalanishi, strukturasining o‘zgarishi va mustahkamligini o‘rganish
hamda tajribalardan olingan natijalarni tartibga solish;
6. Sterjen shaklidagi elementlarni, shu jumladan statik aniq va statik noaniq
temir-beton konstruksiyalarining elementlarini fizik va geometrik jihatdan chiziqli
bo‘lmagan hollarda ishlashini o‘rganish va hisoblash uslublarini ishlab chiqish;
7. Temir-betondan tayyorlanadigan plita, qobiq va massiv konstruksiyalarni
hisoblash uslubini yaratish va takomillashtirish;
8. Tashqi yuklar va iqlimning birgalikdagi noqulay ta’siriga temir-beton
konstruksiyalarning ko‘pga chidamliligini oshirish, hisoblash va loyihalash
uslublarini takomillashtirish;
9. Temir-beton konstruksiyalariga seysmik va boshqa dinamik yuklarning
ta’sirini o‘rganish va bino hamda inshootlarning zilzilaga bardoshligini oshirish,
ularning ekspluatatsiya qilish sharoitini yaxshilash va hokazo.
Xar xil ashyolardan –toshdan, yog‘ochdan, metalldan, temirbetondan –
tayyorlanadigan konstruksiyalarning bir-biriga nisbatan afzalligi taqqoslanmasdan,
ularning har birining o‘z o‘rnida birgalikda samarali foydalanishi qaralishi
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |