10
1.1 Fanlarni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar va ularning
qo’llanilishi
Fan – texnikaning rivojlanishi va axborot texnologiyalari sohasidagi
erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi
muammolarni echishga imkon beradi.Hozirgi kunda ta’lim muassasalarini maxsus
tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning ish jarayonida raqobatga
asoslangan
muhitni yuzaga keltirish, o’quv-tarbiya jarayonini sifatli o’quv
adabiyotlari bilan va ilg’or pedagogic texnologiyalar bilan ta’minlash kabi
masalalarni amalga oshirish dolzarb masaladir. Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini
tashkil qilishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga
ko‘tarish,zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yurtimizda keng joriy
etish metodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi.
Dasturlarni ommalashtirish maqsadida va
talabalarga dars jarayonida
o‘tiladigan multimedia ma’ruzalarini oldindan ularga taqdim etish maqsadida
“Ta’limga yangi nigoh” shiori ostida sayt yaratildi. Bu saytlardan talaba va
o‘qituvchilar fizika fanidan ma’ruzalarning elektron ko‘rinishini ko‘chirib olishlari
va virtual laboratoriya ishlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri on
line rejimda bajarishlari
mumkin bo‘ldi. Ta’lim jarayoniga xususan O‘zbekiston Respublikasida aniq
fanlarni o‘qitishda inqilobiy burilishga sabab bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar
xususida to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Bu an’anaviy uslubda o‘quvchi (talaba) nazariy materialarni o‘rganib chiqib,
o‘rgangan bilimini mustahkamlash uchun masala echadi va laboratoriya ishlarini
bajaradi. Bunda o‘quvchi nazariy va amaliy bilimga ega bo‘ladi. Bu an’anaviy
uslubda fizika fanini o‘rganish albatta o‘z samarasini beradi.
Lekin fizika fani
misolida bir jarayonni keltirib o‘taman. Ko‘pgina fizikaviy masalalarni echishda
o‘quvchi (talaba) masaladan kelib chiqqan holatda fizika qonuniyatlarining
matematik formulasini yozadi va hosil bo‘lgan tenglamalar
sistemasidan masala
shartida so‘ralayotgan fizik kattalikni keltirib chiqaradi, kerak bo‘lsa, tahlil qiladi.
Manashu bilan masala echish jarayoni tugaydi. Lekin o‘quvchi shu ishlagan
masalasini tajribada tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
11
Odatda pedagogik texnologiyalarni uchta darajasi mavjud deb aytiladi.
1.
Umumiy
metodik
daraja.
Umumiy
pedagogik
(umumdidaktik,
umumtarbiyaviy) darajada pedagogic texnologiyaning umumiy qonuniyatlari,
konseptual
asoslari, o’qituvchii va o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish
va boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi.
2.
Xususiy metodik daraja. Bu darajada muayyan bir o’quv fani yoki kursini
o’qitish jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim
mazmunini o’quvchilar onggiga singdirshda foydalaniladigan o’qitish
metodlari,
vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi.
3.
Local (modul) daraja. Bu darajada ta’lim tarbiya jarayonining ma’lum bir
qismida yoki bosqichida xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadni hal etishga
qaratilgan texnologiya tushuniladi.
Biror fanni yoki kursni yaxshi o’qitish pedagoglarning yuksak vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: