qoychыnың iti (Tafsir). Elchiniң shahdlыq zahrы shi:shәsi... (Xamsa). Bu
qo’shimcha XV asrgacha bo’lgan yodnomalarda tarkibida lablanmagan unlilar
bo’lmagan negizlarga qo’shilgan. Keyingi davrda esa har qanday negizga
qo’shilgan.
-nuң \\-nүң. Qaratqich kelishigining bu varianti oxirgi bo’g’inda lablangan
unlilar qatnashgan negizlarga qo’shiladi:
Rasulnuң sөzi (Tafsir). Xarunnuң aqlы (QR). Kөzүңnүң allыda nargis kelib qatыg’ kөzlүg...(Xamsa). Bu qo’shimchaning
yuqoridagi negizlarga qo’shilishi XV-XVI asrlargacha davom etgan. SHuningdek,
bu qonuniyatdan chekinish hollari ham uchraydi:
Kөzniң niyati (Atoiy), xalqnuң ranji (Tafsir). -ың \\-iң \\-үң. Qadimgi turkiy tilda undosh bilan tugagan negizlarga
qo’shiladigan bu qo’shimchalar eski o’zbek tilida ham uchraydi.Lekin uning
qo’llanishi ayrim so’z shakllarigagina xosdir. Bu davr yodnomalaridan mazkur
qo’shimcha faqat «Tafsir»da ancha keng qo’llangandir:
ul