muhandislik ta'minotining
asosiy masalalariga quyidagilar
kiradi: mudofaa hududining (tayanch punktining) fortifikatsion jihozlanishi,
to„siqlarni tashkil etish; niqoblanish bo„yicha muhandislik tadbirlarini bajarish;
manyovr yo„llarini tayyorlash; suvni topish, tozalash va suv ta'minoti punktini
jihozlash.
Mudofaada
kimyoviy himoyaning
asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
mudofaa hududi (tayanch punkti) va o„t ochish marralaridagi radiatsion va
kimyoviy razvedka; qo„shinlar, ob'ektlar va tabiiy joydagi alohida uchastkalariga
maxsus ishlov berish; mudofaa hududi (tayanch punktlari) jihozlanadigan
fortifikatsion inshootlar, shaxsiy himoya vositalari, tabiiy joy va texnikaning
himoya xususiyatlaridan o„z vaqtida hamda ustalik bilan foydalanish;
bo„linmalarni aerozol (tutun) bilan niqoblash, yondiruvchi qurolni qo„llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |