77
shtatdagi va qo„shimcha berilgan artilleriya bo„linmalari, shuningdek o„t ochib
madad berish guruhi bo„linmalarining o„t ochishga oid vazifalarga aniqlik kiritish;
tanklar, piyodalar jangovar mashinalari va tankka qarshi vositalardan
dushmanga qarata o„t ochish marralarini,
shuningdek, eng muhim yo„nalishlarda
vzvodlarning (jangovar, tankchi guruhlarning) o„t ochish amalini jamlash
uchastkalari va uni olib borish tartibini belgilab berishi;
ilg„or pozitsiyani (jangovar qo„riqlash xizmati pozitsiyasini) mudofaa
qilayotgan bo„linmalar harakatini ilg„or pozitsiyani (jangovar qo„riqlash xizmati
pozitsiyasini) qo„lda saqlab turish bo„yicha birinchi eshelondagi vzvodlar,
qo„shimcha berilgan va madad berayotgan artilleriya bo„linmalarining harakatlari
bilan muvofiqlashtirish hamda uni mudofaa qilayotgan bo„linmalarning chekinish
tartibi;
birinchi va ikkinchi eshelonlardagi vzvodlarning harakatlarini zirhli guruh,
shtatdagi va qo„shimcha berilgan artilleriya bo„linmalari, o„t ochib madad berish
guruhi, qo„shimcha berilgan muhandislik-sapyor bo„linmasi, shuningdek, olovli
pistirmalar va joydan joyga ko„chib yuradigan o„t ochish vositalarida harakat
qilayotgan bo„linmalarning (o„t ochish vositalarining)
dushman tanklari va
piyodalarining hujumini qaytarish, piyodalarni tanklardan ajratib qo„yish, oldingi
chiziq oldida, qanotlarda, oraliqdagi ochiq joylar va qo„shnilar bilan tutashuv
joylarida, mudofaaga yorib kirganda dushmanni yo„q
qilish hamda uning havo
desanti va aeromobil guruhlari bilan kurashish bo„yicha harakatlari bilan
muvofiqlashtirish;
zenit va motoo„qchi (tankchi) bo„linmalarini dushmanning samolyot va
vertolyotlariga qarata o„t ochish va o„t ochish amalini olib borish tartibini, o„z
samolyot va vertolyotlarini tanib olish, shuningdek, o„zi
joylashgan joyni ishora
qilishning usullari va signallarini ko„rsatib o„tishi; aviatsiya mo„ljallovchisi va
ishora berish postlarining (punktlarining) harakat tartibini muvofiqlashtirish;
kimning, qaerda va qanday navbatchi vositalarga ega bo„lishi kerakligi,
shuningdek, dushman razvedkasini yo„q qilish tartibini belgilab berish;
xabar berish, boshqaruv va hamkorlik signallarini xabar qilish.
78
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida
quyidagilarga alohida e'tibor qaratadi: dushmanni aldash, nisbatan xavfli
yo„nalishlardagi mudofaani o„z vaqtida kuchaytirish maqsadida kuch va
vositalaring manyovri, manyovr o„tkaziladigan yo„llar, to„siqlar orasidagi yo„llar
va g„ovlarni oshib o„tish joylarini belgilash tartibini belgilash bo„yicha choralarga;
dushman tomon ommaviy qirg„in qurolidan foydalangan taqdirda o„z
bo„linmalarining harakat usullarini belgilash va niqoblash tadbirlariga.
Ikkinchi eshelondagi motoo‟qchi batalyon (vzvod)
komandiri, mudofaani
tashkillashtirish bo„yicha tadbirlarni o„tkazishdan tashqari, birinchi eshelondagi
Motoo‟qchi batalyonlar (vzvodlar) bilan hamkorlik tartibiga aniqlik kiritadi,
dushmanning olovli zarbalari natijasida hosil bo„lgan yoriqlarni yopish bo„yicha
bajariladigan harakatlar tartibini belgilaydi va unga ko„rsatilgan yo„nalishlarda
qarshi hujumlarni tayyorlaydi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) va tankchi batalyon (vzvod) komandiri o„t
ochish marralarini tayyorlaydi va jang mobaynida
ularni egallash tartibini,
shuningdek, mazkur marralar tomon harakatlanish vaqtida bo„linmalarni
dushmanning o„ta aniq qurolidan himoyalash bo„yicha tadbirlar tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: