Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


uzoq  muddatli jangni olib borishga



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

uzoq 
muddatli jangni olib borishga
tayyor bo„lishi kerak.
Bo„linmalar egallab turgan pozitsiyalarini (hududlarini) qattiq turib mudofaa 
qilishlari kerak, hatto to„liq qurshovga tushib qolgan va qo„shni bo„linmalar bilan 
taktik aloqa mavjud bo„lmagan taqdirda ham. Ular katta komandirning buyrug„isiz 
egallab turgan pozitsiyalarini (hududlarini) tark etish va chekinish huquqiga ega 
emas.
Mudofaa turg„unligi va faolligiga quyidagilar orqali erishiladi: 
mudofaalanayotgan bo„linmalarning matonati, bardoshliligi va qat'iyati, ularning 
yuksak ma'naviy ruhi; dushmanni uzluksiz razvedka qilish, uning hujumga 
tayyorlanayotganligi va ehtimoliy hujum yo„nalishlarini o„z vaqtida fosh qilish; 
motoo‟qchi batalyon (vzvod) jangovar tartibini puxta niqoblash hamda himoyaning 
tuzilishi va harakatlar g„oyasi yuzasidan dushmanni chalg„itish; mudofaani 
mohirona, har xil usullarda qurish; tabiiy joyning qulay sharoitlari va uning 
muhandislik jihozlaridan ustalik bilan foydalanish; muhandislik to„siqlari, tayanch 
punktlari va o„t ochish pozitsiyalarining tizimlari bilan birgalikda puxta 
rejalashtirilgan o„t ochish tizimini yaratish; ishonchli havo hujumiga qarshi 
mudofaa vositasida; bo„linmalar, o„t ochish vositalari va o„t ochish amali bilan 
nisbatan xavfli bo„lgan yo„nalishlar tomon o„z vaqtida manyovr qilish; mudofaaga 
yorib kirgan dushman va uning tushirgan desantlarini zudlik bilan yo„q qilish; 
mudofaada dushmanni gangitadigan, uni qiyin ahvolga solib qo„yadigan, siz 
istagandek harakat qilishga majbur qiladigan kutilmagan taktik usullarni qo„llash; 
doimiy ravishda bo„linmalarni dushmanning ommaviy qirg„in quroli va o„ta aniq 
qurolidan himoyalash bo„yicha chora-tadbirlarni bajarish; qarshi hujumlarni olib 
borish bilan birgalikda mudofaa hududlarini (tayanch punktlarini) sabot bilan va 
uzoq vaqt qo„lda saqlab turish.
Motoo‟qchi batalyon qarshi hujumni, qoidaga ko„ra, brigadaning qarshi 
hujumi bilan birgalikda amalga oshiradi. Vaziyatning qulay sharoitlarida, 
mudofaani kam sonli dushman kuchlari yorib o„tgan vaqtda brigada komandirining 
ruxsati bilan motoo‟qchi batalyon mudofaaga yorib kirgan dushmanni yo„q qilish 


53 
va boy berilgan holatni tiklash uchun mustaqil ravishda qarshi hujumni amalga 
oshirishi mumkin.
Motoo„qchi (tankchi) batalyon (vzvod) brigadaning birinchi yoki ikkinchi 
eshelonida, ilg„or pozitsiyada mudofaalanishi, umumqo„shin rezervini tashkil 
qilishi, desant hujumiga qarshi rezervda yoki brigada (motoo‟qchi batalyon) 
jangovar tartibining boshqa elementlari tarkibida bo„lishi mumkin. Jangdan chiqish 
va chekinish vaqtida motoo‟qchi batalyon arergardga, vzvod esa vaziyat 
sharoitlaridan kelib chiqqan holda front orti (yon tomon) yurish zastavasiga yoki 
himoyalash bo„linmasi sifatidagi harakatlar uchun tayinlanishi mumkin.
Motoo„qchi brigadaning tankchi,motoo‟qchi batalyoni uning birinchi yoki 
ikkinchi esheloni tarkibida harakat qilishi, motoo‟qchi batalyon (vzvod) taktik 
guruhlarining shakllanishini ta'minlashi, harbiy okrug qo„shinlarining tankka 
qarshi rezervi tarkibiga kirishi, shuningdek, bir qism kuchlari bilan brigadaning 
umumqo„shin yoki tankka qarshi rezervi tarkibida harakat qilishi mumkin.

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish