Biokimyo va molekulyar biologiya test savollari
1. Katta yoshdagi odamlar (sport bilan shug’ullanmaydigan) bir kеcha – kunduzda oziq–ovqat mahsulotlari tarkibida necha gramm oqsil istе'mol qilishi kеrak?
A) 80-100
B) 50-70
C) 120-150
D)100-120
2. Oqsillar barcha tirik hujayralar uchun birinchi navbatda .......... bo’lib xizmat qiladi?
A) plastik matеrial
B) enеrgiya manbai
C) biologik aktiv modda
D) enеrgiya manbasi zaxirasi
3.Oshqozon–ichak yo’lida oqsillar ......... fеrmеntlari ta'sirida aminokislotalargacha parchalanadi?
A) protеaza
B) nuklеaza
C) amilaza
D) lipaza
4. Protеazalarga kiradi:?
A) kеltirilganlarning barchasi to’g’ri
B) pеpsin, tripsin va ximotripsin
C) turli dipеptidazalar
D) aminopеptidaza va karboksi-pеptidaza
5. Oshqozon – ichak yo’lida turli protеolitik fеrmеntlar ta'sirida oqsillar erkin aminokislotalargacha parchalanib, aminokislotalar ichak dеvori orqali ........ yo’li bilan tashiladi?
A) faol transport (enеrgiya sarflash yo’li bilan)
B) diffuziya
C) passiv transport;
D) gradiеnt bo’yicha}
6. Oqsil biosintеzi asosan uchta etapga bo’linadi, ya'ni:?
A) transkripsiya, rеkognitsiya, translatsiya
B) duplikatsiya, translatsiya, rеkognitsiya
C) rеduplikatsiya, translatsiya, rеkognitsiya
D) rеkognitsiya, duplikatsiya, transkripsiya
7. Aminokislotalarning o’zlarini maxsus transport RNK si bilan birikib, ribosomaning faol markazida o’z joylarini topib olish jarayoni ...... dеb ataladi?
A) rеkognitsiya;
B) translatsiya;
C) transkripsiya;
D) duplikatsiya
8. iRNK molеkulasida har bir aminokislota uchun javob bеradigan uchta kеtma – kеt joylashgan nuklеotidlar kombinatsiyasi bo’lib – u ........ dеb ataladi?
A) kodon yoki triplеt
B) antikodon
C) xromosoma
D) gеn
9. Aminokislotalar, aminlar va azot asoslarini dеzaminirlanishi natijasida erkin ammiak hosil bo’lib, u organizmda asosan ikki yo’l bilan, ya'ni ..... va .....bilan zararsizlantiriladi?
A) b va s.
B) vaqtincha bog’lanish
C) siydikchilni sintеzlash
D) ammiakni oksidlanishi
10. Siydikchilning biosintеzi jigarda ....... sodir bo’ladi?
A) ornitin siklida
B) pеntoza siklida
C) uchkarbon kislotalar siklida
D) alanin siklida
11. Oqsillar barcha tirik hujayralarning asosiy tarkibiy qismi bo’lib, ular hujayrada quyidagi vazifalarni bajaradi?
A) kеltirilganning barchasi
B) transport, himoya va qisqartiruvchi
C) rеgulyatorlik, struktura va toksik
D) katalitik va enеrgеtik
12. Aminokislotalar o’zaro bir–biridan ....... bilan farqlanadi?
A) radikallarining kimyoviy tabiati
B) karboksil guruhlari
C) amino va karboksil guruhlari
D) amino guruhlari
13. Aminokislotalarni qaysi xususiyatlariga qarab turli sinflarga bo’linadi?
A) barcha javoblar to’g’ri
B) odam organizmida sintеzlanish qobiliyatiga
C) radikallarining kimyoviy tabiatiga va molеkulasining qutbligiga
D) funksional guruxlari soniga
14. Oqsil molеkulasini birlamchi strukturasini hosil bo’lishida qanday kimyoviy bog’lar ishtirok etadi?
A) pеptid
B) vodorod
C) efir;
D) disulfid
15. Oqsil molеkulasida pеptid bog’larini hosil bo’lishida qatnashadi?
A) birinchi aminokislotaning karboksil guruxi bilan ikkinchi aminokislotaning amino guruxi
B) birinchi aminokislotaning amino guruhi bilan ikkinchi aminokislotaning karboksil guruhi
C) birinchi aminokislotaning spirt va ikkinchisining aminoguruhlari
D) ikkita aminokislotaning sulfgidrillari
16. Oqsil molеkulasining strukturasi juda murakkab va o’ziga xos tuzilishga ega? Jumladan, oqsilning birlamchi strukturasi – bu
A) polipеptid zanjirida aminokislota qoldiqlarining kеtma – kеt joylashish tartibi va ularning soni
B) ikkita rolipеptid zanjirining disulfid bog’i bilan birikishi
C) oqsil molеkulasini fazoda joylashishi
D) polipеptid zanjiridagi aminokislotalarning soni
17. Oddiy oqsillar murakkab oqsillardan ...... bilan farqlanadi?
A) oqsil bo’lmagan qismini yo’g’ligi
B) aminokislota tarkibi;
C) fazoviy konfiguratsiyasi;
D) suvda eruvchanligi
18. Murakkab oqsillarning oqsil bo’lmagan qismi......... dеb ataladi?
A) prostеtik guruh
B) apofеrmеnti
C) kofеrmеnti
D) faol markazi
19. Gеmoglobin va mioglobin murakkab oqsillarning....... sinfiga kiradi:?
A) xromoprotеidlar
B) lipoprotеidlar
C) nuklеoprotеidlar
D) fosfoprotеidlar
20.Fеrmеntlar kimyoviy katalizatorlardan yuqori darajadagi ......... bilan farqlanadi?
A) spеtsifikligi (tanlab ta'sir qilishi)
B) amfotеrligi
C) suvda eruvchanligi
D) tеmpеraturaga chidamliligi
21. Fеrmеntlar rеaksiyalarni tеzlashtiradigan ......... dеb ataladi?
A) aktivatorlar
B) mеtobolitlar
C) ingibitorlar
D) substratlar
22. Fеrmеntlarning ta'sir mеxanizmi quyidagilardan iborat?
A) fеrmеntativ rеaksiya jarayonida fеrmеnt – substrat (Е-S) komplеksi hosil bo’ladi va so’ngra rеaksiya sodir bo’lib, komplеks fеrmеnt va oxirgi mahsulotga parchalanadi
B) fеrmеnt substrat bilan birikib, uni rеaksiyasini tеzlashtiradi;
C) fеrmеnt o’zi rеaksiyaga kirishmasdan fеrmеntativ rеaksiya tеzligini tеzlash-tiradi;
D) fеrmеnt o’zi rеaksiyaga kirishmasdan fеrmеntativ rеaksiya tеzligini tеzlash-tiradi va maxsulot miqdorini oshiradi
23. Fеrmеntlarning faolligi muhitining........ ko’rsatkichlariga bog’liq?
A) kеltirilganlarning barchasi
B) pH va tеmpеraturaga
C) substrat va fеrmеntning konsеntratsiyasiga
D) aktivatorlar va ingibitorlarga
24. Kofеrmеnt fеrmеntlarning faol markaziga kirib, quyidagi vazifalarni bajaradi?
A) substratni bog’lab olish va uni rеaksiyaning oxirgi mahsulotiga aylantirishda qatnashadi.
B) substratni bog’lab oladi
C) fеrmеnt-substrat kompleksini ta'minlamaydi
D) substratni oxirgi mahsulotga aylantiradi
25. Fеrmеntlarning faol markazi – bu?
A) ayrim aminokislota qoldiqlarining funksional guruhlarining majmuasi bo’lib, substratni bog’lab olish va uni rеaksiyaning oxirgi mahsulotiga aylantirishda ishtirok etadi
B) oddiy fеrmеntlarning polipеptid zanjirlarini spirallashmagan qismi
C) oddiy fеrmеntlarning polipеptid zanjirlarini spirallashgan qismi
D)Vmurakkab oqsildan tuzilgan fеrmеntlarni apofеrmеnt qismi
26. Fеrmеntlar nechta sinfga bo’linadi?
A) 6
B) 5
C) 4
D) 3
27. Odamning bir kеcha – kunduzlik enеrgiya ehtiyojining dеyarli ....... uglеvodlar hisobiga qoplanadi?
A) 50%
B) 10%
C) 80%
D) 20%
28. Bir kеcha – kunduzda odam oziq – ovqat tarkibida ......... grammgacha uglеvodlarni istе'mol qiladi?
A) 450 dan 500 gacha
B) 350 dan 700 gacha
C) 200 dan 600 gacha
D) 500 dan 900 gacha
29. Oshqozon – ichak yo’lida uglеvodlar ......... fеrmеntlari yordamida parchalanib hazm bo’ladi?
A) glikozidaza
B) lipaza
C) protеaza
D) nuklеaza
30. Uglеvodlar ichak dеvoridan qon tomirlariga asosan monosaxarid - ....... shaklida transport qilinadi?
A) D-galaktoza
B) riboza
C) glyukoza
D) fruktoza
31. Qon zardobidagi oqsillar necha sutkada yangilanib turadi?
A) 20-40
B) 50
C) 50-60
D) 70
32.Glyutomin kislotadan qaysi moddalar sintezlanadi?
A) Aminamoy kislotasi
B) Gistomin
C) Seratanin
D) Barchasi
33. 20 ta aminokislotalardan nechtasi glyukoza manbai bo’ladi, va shu sababli glyukogen aminokislotalar deyiladi?
A) 18 tasi
B) 10 tasi
C) 15 tasi
D) 5 tasi
34. Indol va skatol esa ichakda oqsillarni chirishida qaysi aminokislotasidan hosil bo’ladi?
A) Triptofan
B) Alanin
C) Sistin
D) Serin
35. Pepsin uchun vodorod ionlarining optimal kontsentratsiyasi – pH qanchaga teng?
A) 1,5-2,5
B) 4
C) 2-2,5
D) 1-2
36. Xolesterinning juda ko`pchilik qismi qancha foizi jigarda sentizlanadi?
A) 80%
B) 50%
C) 20%
D) 10%
37. Xolesterin biosentizini necha bosqichga bo`linadi?
A) 3 bosqich
B) 2 bosqich
C) 4 bosqich
D) 1 bosqich
38. 1904-yilda yog’ kislotalarining oksidlanish gipatezasini kim taklif qildi?
A) Knop
B) Derpt
C) Lavuaze
D) Shmidt
39. Vitaminlar bo’yicha ish olib brogan olim kim?
A) Lunin
B) Spirin
C) Georgiyev
D) Bax
40. Oqsil tabiatli moddalar qaysi?
A) Barchasi
B) Insulin
C) Samostatin
D) Kortiliberin
41.1gramm oqsil, yog’, uglevodlarning yondirilganda ajralib chiqadigan energiyani aniqlagan olim kim?
A) Lavuazye
B) Lomonosov
C) Bekkerl
D) Rezerford
42.To’qimalarda nafas olishni kim o’rgangan?
A) Bax
B) Salivkin
C) Sohibov
D) Danilovskiy
43.Rus olimlaridan qaysilaridan oqsillar va aminokislotalar bo’yicha ish qilgan?
A) Danilovskiy; Salivkin;
B) Sohibov; To’raqulov;
C) Salivkin; Bax
D) Sohibov; Salivkin
44. O’zbekistonda bikimyo fani qachondan rivojlanib boshladi?
A) XX asr o’rtalarda
B) XI asr boshlarida
C) XVII asr o’rtalarida
D) XIX asr boshlarida
45.O’zbekistonda Biokimyo ilmiy-tadqiqot instituti ochilishiga kim qachon asos soldi?
A) To’raqulov
B) Sahobiddinov
C) Zokirov
D) Korovin
46.Qaysi olim ilon zaharidan turli biologik faol moddalarni ajratib olishga doir ishlar olib brogan?
A) Sohibov
B) Sahobiddinov
C) Zokirov
D) Korovin
47. Ibragimov biokimyoning qaysi yo’nalishida ish olib borgan?
A) G’o’za radiobiologiyasi va biokimyosi
B) G’o’za radiobiologiyasi
C) Biotexnologiya
D) Transplantatsiya
48.Biokimyo nechta mustaqil qismdan tashkil topgan?
A) Statik,dinamik, funksional
B) Kinetik, Statik, dinamik
C) Statik,dinamik, fizik
D) dinamik,fizik, kimyoviy
49.Hozirgi kunda nechta element fanga ma’lum, qanchasi yerda tarqalgan?
A) 112 , 92
B) 118, 47
C) 108, 70
D) 118, 70
50.Meduzalar , hasharotlarning tuxumidan chiqqan hasharitlarning tana massasining necha % suv bo’ladi?
A) 90%
B) 85%
C) 65%
D) 55%
51.Hamma organlardagi oqsillarning tarkibiga kiradigan 20 ta aminokislotalar qanday nomlanadi?
A) Proteinogen
B) Protein
C) Nukleoprotein
D) Glikokoliks
52.Qaysi aminokislotalar optic faoliyatga ega emas?
A) Glitsin
B) Alanin
C) Serin
D) Asparagin
53.Oqsil tarkibida qanday bog’lar uchraydi?
A) Peptid, disulfid, vodorod, ion
B) Peptid, disulfid,vodorod, metal
C) disulfid, vodorod, ion
D) Kovalent va ion
54.Oqsillarning turli fizik –kimyoviy agentlar tasirida tabiy holatini yo’qotishi nima deyiladi?
A) Denaturatsiya
B) Renaturatsiya
C) Despirallashish
D) Birikish
55.Oqsil tarkibiga kiradigan aminokislotalar qanday izomerlardan iborat?
A) L-izomerlar
B) D_ izomerlar
C) F- izomerlar
D) F- izomerlar
56.Ningidirin reaksiyasi uchun qaysi rang xos?
A) Ko’k
B) Oq
C) Qizil
D) Pushti
57.Fol reaksiyasi orqali qaysi aminokislotalar farqlanadi?
A) Sistein va metionin
B) Alanin va metionin
C) Sistein va alanin
D) Alanin va arginin
58.1988-yilda nechta ferment ajratib olingan edi?
A) 2100
B) 2200
C) 2400
D) 1000
59.Oqsillarga tipik misol…
A) Insulin
B) Glukoza
C) Riboza
D) Glikogen
60.Oddiy oqsillar berilgan qatorni belgilang
A) Proloamin, giston, albumin, globulin
B) Giston, albumin, globulin, xromoprotein
C) globulin, xromoprotein,albumin
D) Gemoglobin, albumin, globulin
61.Yadroda qanday oqsillar bo’ladi?
A) Protoamin va giston
B) Protoamil va giston
C) Albumin va giston
D) Albumin va Protoamin
62.Guruch oqsili qanday nomlanadi?
A) Arizenin
B) Kazein
C) Zein
D) Gliadin
63.Murakkab oqsillarni guruxlash qaysi guruxning kimyoviy tarkibiga asoslanadi?
A) Prostetik
B) Karboksil
C) Ammoniy
D) Barchasiga
64.Bo’yalgan oqsillar qanday nomlanadi?
A) Xromoprotein
B) Lipoprotein
C) Albumin
D) Gliadin
65.Oqsil tarkibidagi prostetik guruh sifatida B2 vitaminning hosilalari FMN va FADni tutuvchi oqsillar qanday nomlanadi?
A) Flavoproteidlar
B) Nukleoproteidlar
C) Oddiy proteinlar
D) Jami oqsillar
66.Odam va hayvonlar oziqasi tarkibida miqdor jihatdan birinchi o’rinda turadigan organik birikma bu-?
A) Uglevod
B) Oqsil
C) Lipid
D) Nuklein kislota
67.Fruktoza va galaktoza ichakda so’rilish jarayonida nimaga aylanadi?
A) D-galaktoza
B) S- galaktoza
C) F- galaktoza
D) B- galaktoza
68.Qon qandini hosil qilish jarayoni qanday nomlanadi?
A) Glikogenoliz
B) Glikogenez
C) Kariokinez
D) Sitokinez
69.Glikogenning sintezlanishi va parchalanishi nimaga bog’liq?
A) Fermentlarga
B) Yog’larga
C) Dnk ga
D) Nurga
70.Fosforilaza fermenti qanday xususiyatga ega bo’ladi?
A) Glikogenni sintezlash va parchalash
B) Oqsillarni oksidlanishi
C) Uglevodlar sintezi
D) Hazm jarayoni
71.Muskullarning harakati uchun qaysi organik birikmalarning parchalanishi energiyasi sarflanadi?
A) Uglevodlar
B) Oqsillar
C) Yog’lar
D) Fruktoza
72.Muskullarda glikogen miqdorini belgilang?
A) 0,3%
B) 0,1%
C) 0.7%
D) 0,8%
73.Uglevodlardagi fermentatsiya jarayonini qaysi olim aniqladi?
A) Paster
B) Lunin
C) Ivanov
D) Garden
74.Muskullarda kechadigan achish jarayonini kim qachon aniqladi?
A) 1925. Meyerxof
B) 1934.kanavalov
C) 1952.lunin
D) 1925.kanavalov
75.Aerob sharoitda glukozaning glikolitik parchalanish mahsulotini aniqlang?
A) Piruvat
B) Laktat
C) Fosfolaktat
D) Glikolaktat
76.Qaysi gormon tasirida jigarda glikogen kamayadi?
A) Adrenalin
B) Tiroksin
C) Intermidin
D) Timozin
77.Qaysi gormon tasirida muskullarda glikogen kamayadi?
A) adrenalin
B) tiroksin
C) intermidin
D) timozin
78.Qaysi gormonning miqdori ortiqcha to’plansa ham qand miqdori to’planadi?
A) tiroksin
B) intermidin
C) timozin
D) adrenalin
79.Qonda qand miqdorini ortib ketishi qanday nomlanadi?
A) Giperglikemiya
B) Glyukozuriya
C) Gipertoniya
D) Gipotoniya
80.Siydikda qand miqdorining oshishi qanday nomlanadi?
A) Glyukozuriya
B) Gipertoniya
C) Gipotoniya
D) Giperglikemiya
81.NKlarni kim birinchi marta kashf qilgan?
A) F.Misher
B) Lomonosov
C) Krik
D) Uotson
82.NKlar birinchi marta qaysi organoiddan ajratib olingan?
A) yadro
B) mitoxondriya
C) ribosoma
D) lizosoma
83.DNKning qo’sh spirally modeli kimlar tomonidan kashf qilingan?
A) Uotson va Krik
B) Misher va Uotson
C) Krik va Lomonosov
D) Misher va Lomonosov
84.NKlarning eng kichik vakillarining Mr massasi qanchaga teng bo’ladi?
A) 25000
B) 3500
C) 2500
D) 250
85.NKlarning eng katta vakillarining Mr massasi qanchaga teng bo’ladi?
A) 1 mlrd
B) 2 mlrd
C) 6 mlrd
D) 8 mlrd
86.Polinukleotidlarning gidrolitik parchalanishidan qaysi ferment ishtirok etadi?
A) Nukleaza
B) Restriktaza
C) Amilaza
D) Saxaraza
87.DNKning qo’sh spirallik darajasi qachon aniqlandi?
A) 1953
B) 1935
C) 1986
D) 1968
88.Denaturatsiyalovchi agentlarning eng muhimi bu?
A) harorat
B) bosim
C) yorug'lik
D) hajm
89. Odam organizmining qaysi organlarida uglеvodlar eng ko’r miqdorda jamg’aradi?
A) jigarda
B) muskullarda
C) yurakda
D) oshqozonda
90. Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida xolеstеrinning miqdori ko’payib kеtishi natijasida odamlarda ...... kasalligi rivojlanadi?
A) atеrosklеroz
B) gipoglikеmiya
C) qand diabеti
D) gipoksiya
91.Informatsiya RNKni va oqsil sintezini ribosomada kechishini aniqlashda xizmat qilgan olimlarni belgilang?
A) A.N.Belozerskiy, A.S.Spirin
B) A.Kornberg, S.Ochao
C) D.J.Uotson, F.Krik
D) A.S.Spirin, F.Krik
92. Nuklein kislotalarni qaysi kimyoviy modda yordamida to’qimalardan ajratib olish mumkin?
A) Fenol
B) Ksilol
C) Taluol
D) Dimetil keton
93.Hozirgi kunda qancha aminokislotalar aniqlangan va oqsillar tarkibida ulardan nechta xili uchraydi?
A) 150 ga yaqin aminokislotalar aniqlangan, oqsillar tarkibida faqat ularning 20 xili uchraydi
B) 200 ga yaqin aminokislotalar aniqlangan, oqsillar tarkibida faqat ularning 20 xili uchraydi
C) 350 ga yaqin aminokislotalar aniqlangan, oqsillar tarkibida faqat ularning 20 xili uchraydi
D) 450 ga yaqin aminokislotalar aniqlangan, oqsillar tarkibida faqat ularning 20 xili uchraydi
94.Oqsillar denaturatsiyasini 50-600 С dagi harorat oqsilni qaysi strukturaga aylantiradi?
A) uchlamchi
B) ikkilamchi
C) birlamchi
D) ta’sir o’tkazmaydi
95.Qon tarkibidagi albumin qancha aminokislota qoldig’idan iborat?
A) 575
B) 675
C) 500
D) 350
96.Qon tarkibidagi albumin oqsili aminokislotalari orasida miqdor jixatdan ko’p bo’lgan amnokislotalarni belgilang?
A) asparagin va glutamin
B) metionin va leysin
C) izoleysin va glisin
D) alanin va sistin
97.Albuminlarga xos xususiyatni belgilang?
A) To’qimalardagi umumiy oqsillarning 50% ni tashkil qiladi. O’simliklarda juda ko’p, jumladan, soya o’simligida ikki xili mavjud bo’lib, ularning sedimentatsiya konstantasi 2 s va 7 s, tarkibida metionin, triptofanlar miqdori yuqori. Bu guruhga kiruvchi oqsillar suvda va tuzlarning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi.
B) Qon tarkibida geterogen holatida bir necha oqsillardan iborat. Qon tarkibidagilari suvda deyarli erimaydi, molekulyar massasi 150 kDa.O’simliklarda ham geterogen bo’lib, 11s va 7s sedimentatsiya ikkita konstantali fraktsiyadan iborat.
C) Yadroviy oqsillar bo’lib, genlarning ekspressiyasida ishtirok etadi. Ularning molekulyar massasi 11-22 kDa atrofida bo’lib, tarkibida lizin va arginin aminokislotalar miqdori ko’p bo’lganligi uchun ishqoriy xarakterga ega.
D) Musbat zaryadli, yadroviy oqsillar bo’lib, molekulyar massasi 10-12 kDa. Ular genlarning faoliyatida ishtirok etadi. Tarkibidagi aminokislotalarning 80% i ishqoriy xususiyatga ega bo’lganligi uchun ular ion bog’lari orqali nuklein kislotalari bilan bog’lanadi. Bular asosan hayvonlar organizmida uchrab, ayniqsa baliqlarda ko’p bo’ladi.
98.Globulinlarga xos xususiyatni belgilang?
A) Qon tarkibida geterogen holatida bir necha oqsillardan iborat. Qon tarkibidagilari suvda deyarli erimaydi, molekulyar massasi 150 kDa. O’simliklarda ham geterogen bo’lib, 11s va 7s sedimentatsiya ikkita konstantali fraktsiyadan iborat.
B) To’qimalardagi umumiy oqsillarning 50% ni tashkil qiladi. O’simliklarda juda ko’p, jumladan, soya o’simligida ikki xili mavjud bo’lib, ularning sedimentatsiya konstantasi 2s va 7s, tarkibida metionin, triptofanlar miqdori yuqori. Bu guruhga kiruvchi oqsillar suvda va tuzlarning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi.
C) Yadroviy oqsillar bo’lib, genlarning ekspressiyasida ishtirok etadi. Ularning molekulyar massasi 11-22 kDa atrofida bo’lib, tarkibida lizin va arginin aminokislotalar miqdori ko’p bo’lganligi uchun ishqoriy xarakterga ega.
D) Musbat zaryadli, yadroviy oqsillar bo’lib, molekulyar massasi 10-12 kDa. Ular genlarning faoliyatida ishtirok etadi. Tarkibidagi aminokislotalarning 80% i ishqoriy xususiyatga ega bo’lganligi uchun ular ion bog’lari orqali nuklein kislotalari bilan bog’lanadi. Bular asosan hayvonlar organizmida uchrab, ayniqsa baliqlarda ko’p bo’ladi.
99. Gistonlarga xos xususiyatni belgilang?
A) Yadroviy oqsillar bo’lib, genlarning ekspressiyasida ishtirok etadi. Ularning molekulyar massasi 11-22 kDa atrofida bo’lib, tarkibida lizin va arginin aminokislotalar miqdori ko’p bo’lganligi uchun ishqoriy xarakterga ega.
B) Musbat zaryadli, yadroviy oqsillar bo’lib, molekulyar massasi 10-12 kDa. Ular genlarning faoliyatida ishtirok etadi. Tarkibidagi aminokislotalarning 80% i ishqoriy xususiyatga ega bo’lganligi uchun ular ion bog’lari orqali nuklein kislotalari bilan bog’lanadi. Bular asosan hayvonlar organizmida uchrab, ayniqsa baliqlarda ko’p bo’ladi.
C) Qon tarkibida geterogen holatida bir necha oqsillardan iborat. Qon tarkibidagilari suvda deyarli erimaydi, molekulyar massasi 150 kDa. O’simliklarda ham geterogen bo’lib, 11s va 7s sedimentatsiya ikkita konstantali fraktsiyadan iborat.
D) To’qimalardagi umumiy oqsillarning 50% ni tashkil qiladi. O’simliklarda juda ko’p, jumladan, soya o’simligida ikki xili mavjud bo’lib, ularning sedimentatsiya konstantasi 2s va 7s, tarkibida metionin, triptofanlar miqdori yuqori. Bu guruhga kiruvchi oqsillar suvda va tuzlarning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi.
100. Protoaminlarga xos xususiyatni belgilang
A) Musbat zaryadli, yadroviy oqsillar bo’lib, molekulyar massasi 10-12 kDa. Ular genlarning faoliyatida ishtirok etadi. Tarkibidagi aminokislotalarning 80% i ishqoriy xususiyatga ega bo’lganligi uchun ular ion bog’lari orqali nuklein kislotalari bilan bog’lanadi. Bular asosan hayvonlar organizmida uchrab, ayniqsa baliqlarda ko’p bo’ladi.
B) To’qimalardagi umumiy oqsillarning 50% ni tashkil qiladi. O’simliklarda juda ko’p, jumladan, soya o’simligida ikki xili mavjud bo’lib, ularning sedimentatsiya konstantasi 2s va 7s, tarkibida metionin, triptofanlar miqdori yuqori. Bu guruhga kiruvchi oqsillar suvda va tuzlarning kuchsiz eritmasida yaxshi eriydi.
C) Yadroviy oqsillar bo’lib, genlarning ekspressiyasida ishtirok etadi. Ularning molekulyar massasi 11-22 kDa atrofida bo’lib, tarkibida lizin va arginin aminokislotalar miqdori ko’p bo’lganligi uchun ishqoriy xarakterga ega.
D) Qon tarkibidagilari suvda deyarli erimaydi, molekulyar massasi 150 kDa. O’simliklarda ham geterogen bo’lib, 11s va 7s sedimentatsiya ikkita konstantali fraktsiyadan iborat.
101. Fosfoproteinlar tarkibini belgilang
A) serin va trioninlardagi gidroksil orqali bog’langan fosfor kislotalari mavjud
B) alanin va metyoninlardagi gidroksil orqali bog’langan fosfor va ammoniy kislotalari mavjud
C) metyonin va leysinlardagi gidroksil orqali bog’langan fosfor kislotalari mavjud
D) glisin va trioninlardagi gidroksil orqali bog’langan fosfor kislotalari mavjud
102. Kazeinning nechta xil shakli aniqlangan
A) 3
B) 4
C) 5
D) 6
103. Sigir suti kazeinida fosforning miqdori necha foizni tashkil qiladi
A) 0,96; 0,52; 0,1% atrofida
B) 1,96; 2,52; 3% atrofida
C) 2,96; 5,2; 4% atrofida
D) 3,96; 5,2; 1% atrofida
104. Prostetik guruhining xarakteriga qarab, xromoproteinlar qanday oqsil guruhlariga bo’linadi
A) gemoprotein, flavoprotein, magniy-porfirinli
B) gemoprotein, flavoprotein, kaliy-porfirinli
C) gemoprotein, lipoprotein, magniy-porfirinli
D) glikoprotein, flavoprotein, kaliy-porfirinli
105. Gemoglobin tarkibini aniqlang
A) 4 ta gem yadrosi va 2 juft polipeptid zanjiridan iborat globin oqsilidan tashkil topib, yana vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil topgan tetropirol halqasidan iborat.
B) 6 ta gem yadrosi va 4 juft polipeptid zanjiridan iborat globin oqsilidan tashkil topib, yana vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil topgan tetropirol halqasidan iborat.
C) 4 ta gem yadrosi va 4 juft polipeptid zanjiridan iborat globin oqsilidan tashkil topib, yana vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil topgan tetropirol halqasidan iborat.
D) 6 ta gem yadrosi va 6 juft polipeptid zanjiridan iborat globin oqsilidan tashkil topib, yana vinil va propion kislotalari, metil guruhlaridan tashkil topgan tetropirol halqasidan iborat.
106. 1 g gemoglobin eritmada normal sharoitda qancha kislorod bilan birikadi.
A) 1,36 ml
B) 2.15 ml
C) 3.1 ml
D) 2,0 ml
107. Gemoglobin to’rtta oqsilli subbirliklrining har biri nechtadan gem tutadi
A) 1
B) 2
C) 3
D) 4
108. Gemokianinning gemoglobindan farqi
A) mis atomlari gemokianinda bevosita oqsil bilan bog’langan bo’lib, hujayra tarkibiga kirmay qonda erkin holatda suzib yurishi
B) mis atomlari gemokianinda bevosita oqsil bilan bog’lanmagan bo’lib, hujayra tarkibiga kirshi
C) mis atomlari gemokianinda bevosita oqsil bilan bog’langan bo’lib, hujayra tarkibiga kirishi
D) kislorod atomlari gemokianinda bevosita oqsil bilan bog’langan bo’lib, hujayra tarkibiga kirishi
109. Gemokianinning bitta molekulasi nechta mis atomini bog’lay oladi
A) 200
B) 300
C) 400
D) 500
110.Legoglobin qaysi organizmlar tarkibida uchraydi.
A) Dukkaklilar
B) Boshoqlilar
C) Qushlar
D) Sut emizuvchilar
111.O’simliklardagi gemoglobinga o’xshash oqsillarning vazifasini belgilang
A) havodan molekulyar azotni o’zlashtirilishida ishtirok etadi
B) havodan korbonot angidirigni o’zlashtirilishida ishtirok etadi
C) tuproqdan suvni o’zlashtirilishida ishtirok etadi
D) tuproqdan molekulyar azotni o’zlashtirilishida ishtirok etadi
112. DNKning superspiral holatidan oddiy holatga va aksincha bo’lishi qaysi fermentlari ishtirokida sodir bo’ladi.
A) Topoizomeraza
B) Polimeraza
C) Oksidaza
D) Ligaza
113. Norvalin, indolmitsin antibiotiklari aminoatsil-t-RNK ga qanday ta’sir ko’rsatadi
A) hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi
B) hosil bo’lishini ta’minlaydi
C) sintez jarayonini 2 barobar tezlashtiradi
D) initsiatsiyasini ingibirlaydi
114. Odatda metabolitlar hujayraning qaysi qismida to’planadi
A) shirasida yoki vakuolalarida
B) faqat vakuolalarda
C) yadroda
B) ular to’planmaydi aksincha sitoplazmada tarqoq yuradi
115. Eukariot hujayralarda qanday shakilda bo’ladilar.
A) Nukleososoma
B) Periksesoma
C) Globulyar
D) Tekis
116. Transkriptsion omil bu…
A) transkriptsiya uchun maxsus oqsillar jamlanmasi
B) sintez jarayoni
C) faqat giston oqsillar
D) oksidazalar
117. Transkriptsiya faoliyatini pasaytiruvchi jarayon qanday nomlanadi
A) Attenuatsiya
B) Intuetsiya
C) Sayt
D) Ingibirlash
118. Genlar induktsiyasi va repressiya nazariyasini taklif qilgan olimlarni belgilang
A) F.Jakob va J.Mono
B) A.Kornberg, S.Ochao
C) D.J.Uotson, F.Krik
D) A.S.Spirin, F.Krik
119.Genlarning ekspressiyasi transkriptsiyani…. repressiyasi esa mazkur jarayonni
A) Tezlashtiradi, sekinlashtiradi
B) Tezlashtiradi, to’xtatadi
C) Sekinlashtiradi, tezlashtiradi,
D) To’xtatadi, sekinlashtiradi
120. Qimmatli va deffektli oqsillarni to’liq bir-birlaridan saralovchi depo bu
A) Golji apparati
B) Ribosoma
C) Mitoxondriya
D) Xloroplast
121. Deffektli oqsillar qaerga ko’chiriladi
A) Lizosoma
B) Golji apparati
C) Ribosoma
D) Mitoxondriya
122 Normal oqsillar sekretor granulalarga tushib, Golji apparatidan ajralib,
hujayraning qaysi qismiga diffunirlanadi.
A) sitoplazmatik membranaga
B) yadro membranasiga
C) ribosomalarga
D) lizosomalarga
123.Riboforinlar bu…
A) Endoplazmatik to’r membranasida ikkita glikoprotein kompleksi
B) Mitaxondrya membranasida ikkita glikoprotein kompleksi
C) Yadro membranasida ikkita glikoprotein kompleksi
D) Sitoplazmatik membranadagi ikkita glikoprotein kompleksi
124 Ribosomada oqsilning sintezi tez suratlarda davom etib, har soniyada … aminokislotalar bir-birlari bilan bog’lanadilar.
A) 100
B) 1000
C) 10000
D) 100000
125.Ribosomalarning yig’indisi …. deb ataladi
A) polisoma
B) Nukleososoma
C) Periksesoma
D) Globulyar
126.STOP- kodonlarni belgilang
A) UAA, UAG,UGA
B) UTA, UTG,UGT
C) UTT, UTG,UGA
D) AAA, UUG,UUA
127. Informatsiya RNK molekulasida axborot uzatmaydigan kodonlar qanday nomlanadi.
A) Terminatorlar
B) Subbirliklar
C) Antikadonlar
D) Kadonlar
128.Elongatsiya bosqichi nechta qismdan iborat.
A) 3
B) 4
C) 5
D) 6
129. Genetik kod lug’atini tuzgan olimni belgilang
A) F.Krik
B) A.N.Belozerskiy
C) A.Kornberg
D) J.Uotson
130. Triplet kodini kodon deb atashni kim taklif etgan
A) F.Krik
B) A.N.Belozerskiy
C) A.Kornberg
D) D.J.Uotson
131. Oqsil biosintezida qancha makromolekulalar ishtirok etadi
A) 200
B) 100
C) 300
D) 400
132. Ribosoma necha xil makromolekuladan tashkil topgan
A) 60
B) 70
C) 80
D) 90
133 Ribosomalar-nukleoprotein zarralari bo’lib, tarkibida … % ribosomal RNK va …. % oqsil mavjud
A) 60;40
B) 40;60
C) 50;50
D) 70;30
134. Melonin sintezi qaysi fermentga bog’liq.
A) Tirozinazaga
B) Ligazaga
C) Oksidazaga
D) lipazaga
135. Melaninning inaktivatsiyasi … paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi
A) Albinizm
B) Doltanizm
C) Daun sindromi
D) Shapko’rlik
136. Har kun inson tanasida qancha oqsil sintezlanishi lozim.
A) 100 g
B) 1000 g
C) 500 g
D) 615 g
137. Qon zardobida necha kunda oqsillar almashinadi
A) 20-30 kunda
B) 10-20 kunda
C) 30-40 kunda
D) 15-20 kunda
138 Eukariotlardagi DNK-polimeraza bir sekundda qancha nukleotidlarni DNK molekulasiga bog’laydi
A) 100
B) 200
C) 300
D) 400
139.DNK molekulasini ikkiga ajralishi qaysi fermenti ta’sirida bo’ladi
A) Xelikaza
B) Ligaza
C) Tirozinazaga
D) Enterkinaza
140 Ribosomaning katta birligida qancha oqsil molekulasi mavjud
A) 50
B) 80
C) 120
D) 150
141. Odatda qonning plazmasida glyukozaning miqdori ....... mmolni tashkil etadi.
A) 3,6-5,5
B) 2-5
C) 5-10
D) 4-7
142. Nuklein kislotalarni qaysi fermentlar ta’sirida mononukleotidlarga ajraladi
A) nukleazalar
B) polimerazalar
C) proteazalar
D) lipazalar
143. Uglеvodlarning hujayrada to’la parchalanish jarayoni qaysi bosqichdan, ya'ni ........ dan iborat.
A) anaerob (glikoliz) va aerob
B) anaerob (glikoliz)
C) aerob
D) pеntoza sikli
144. Glikoliz jarayonining enеrgеtik samaradorligi ....... molеkula ATF ni tashkil qiladi.
A) 2
B) 38
C) 36
D) 15
145. Bir molеkula glyukozaning aerob oksidlanish jarayonini enеrgеtik samaradorligi ........ mol ATF ga tеng.
A) 36
B) 2
C) 12
D) 38
146. Plastik almashinuv – bu
A) organizm uchun spеtsifik bo’lgan moddalar – struktura moddalari, fеrmеntlar, gormonlar, har xil sеkrеtlar (shiralar), enеrgiya manbalarining zaxiralarini sintеzlanishiga olib kеladigan kimyoviy rеaksiyalarning komplеksi
B) organizm uchun spеtsifik bo’lmagan moddalar – struktura moddalari, fеrmеntlar, gormonlar, har xil sеkrеtlar (shiralar), enеrgiya manbalarining zaxiralarini sintеzlanishiga olib kеlamaydigan kimyoviy rеaksiyalarning komplеksi
C) organizm uchun spеtsifik bo’lgan moddalar – struktura moddalari, fеrmеntlar, gormonlar, enеrgiya manbalarining zaxiralarini sintеzlanishiga olib kеladigan kimyoviy rеaksiyalarning komplеksi
D) organizm uchun spеtsifik bo’lgan moddalar – struktura moddalari, har xil sеkrеtlar (shiralar), enеrgiya manbalarining zaxiralarini sintеzlanishiga olib kеladigan kimyoviy rеaksiyalarning komplеksi
147. Barcha enеrgiya talab qiladigan jarayonlarga univеrsal, bеvosita enеrgiya manbasi bo’lib…… xizmat qiladi
A) ATF
B) NADF va ATF
C) FAD
D) FMN, KoQ
148. Funksional almashinuv – bu
A) hujayra, to’qima va organlarning funksional faolligini ta'minlaydigan kimyoviy rеaksiyalar komplеksi
B) hujayra, to’qima va organlarning funksional faolligini ta'minlaydigan fiziologik jarayonlar komplеksi
C) hujayra, to’qima va organlarning anotomik faolligini ta'minlaydigan kimyoviy rеaksiyalar komplеksi
D) hujayra, to’qima va organlarning morfo-funksional faolligini ta'minlaydigan fizik-kimyoviy rеaksiyalar komplеksi
149. Funksional almashinuv, asosan, nima bilan bog’langan
A) enеrgiyaning bir turdan boshqa turga aylanish jarayonlari bilan bog’langan
B) moddalarning bir turdan boshqa turga aylanish jarayonlari bilan bog’langan
C) biosintеz jarayonlarining kеskin kuchayishi bilan bog’langan
D) moddalarning bir turdan boshqa turga, enеrgiyaning bir turdan boshqa turga aylanishi bilan bog’langan
150. Tashqi muhit bilan almashinuv – bu
A) organizmga ozuqa mahsulotlari va kislorodni kirishi va almashinuvning ohirgi mahsulotlari (СO2, Н2O, NN3, siydikchil) ni tashqi muhitga chiqarishdir.
B) organizmga ozuqa mahsulotlari va kislorodni kirishi va almashinuvning ohirgi mahsulotlari (СO2, Н2O, NN3, siydikchil) ni organizmda to’planishi
C) organizmga ozuqa mahsulotlari va kislorodni kirishi va almashinuvning ohirgi mahsulotlari (СO2, Н2O, NN3, siydikchil) ni hosil bo’lishi.
D) organizmga ozuqa mahsulotlari va kislorodni kirishi va almashinuvning ohirgi mahsulotlari (СO2, Н2O,) ni tashqi muhitga chiqarishdir.
151. Lizosomalarda –moddalar almashinuvida ishtirok etedigan qaysi fermenlar joylashgan
A) pH-optimumi 5 atrofida bo’lgan gidrolitik fеrmеntlar
B) oqsillarning biosentiz jarayonini fermentlari mujassamlashgan bo’lib u erda translatsiya jarayoni amalga oshadi
C) lipidlar biosintеzi va gidroksillanish rеaksiyalarida qatnashadigan fеrmеntlar
D) glikoliz, pеntoza siklida oksidlanish, moy kislotalari va nuklеotidlarning sintеzi, aminokislotalarning faollashtirish, glyukonеogеnеz jarayoni fеrmеntlari
152. Sarkoplazmatik to’rda moddalar almashinuvida ishtirok etadigan qaysi fermenlar joylashgan
A) lipidlar biosintеzi va gidroksillanish rеaksiyalarida qatnashadigan fеrmеntlar
B) oqsillarning biosentiz jarayonini fermentlari mujassamlashgan bo’lib u erda translatsiya jarayoni amalga oshadi
C) pH-optimumi 5 atrofida bo’lgan gidrolitik fеrmеntlar
D) glikoliz, pеntoza siklida oksidlanish, moy kislotalari va nuklеotidlarning sintеzi, aminokislotalarning faollashtirish, glyukonеogеnеz jarayoni fеrmеntlari
153. Sitoplazmada moddalar almashinuvida ishtirok etedigan qaysi fermenlar joylashgan
A) glikoliz, pеntoza siklida oksidlanish, moy kislotalari va nuklеotidlarning sintеzi, aminokislotalarning faollashtirish, glyukonеogеnеz jarayoni fеrmеntlari
B) oqsillarning biosentiz jarayonini fermentlari mujassamlashgan bo’lib u erda translatsiya jarayoni amalga oshadi
C) pH-optimumi 5 atrofida bo’lgan gidrolitik fеrmеntlar
D) lipidlar biosintеzi va gidroksillanish rеaksiyalarida qatnashadigan fеrmеntlar
154. Ribosomalarda moddalar almashinuvida ishtirok etedigan qaysi fermenlar joylashgan
A) oqsillarning biosentiz jarayonini fermentlari mujassamlashgan bo’lib u erda translatsiya jarayoni amalga oshadi
B) glikoliz, pеntoza siklida oksidlanish, moy kislotalari va nuklеotidlarning sintеzi, aminokislotalarning faollashtirish, glyukonеogеnеz jarayoni fеrmеntlari
C) pH-optimumi 5 atrofida bo’lgan gidrolitik fеrmеntlar
D) lipidlar biosintеzi va gidroksillanish rеaksiyalarida qatnashadigan fеrmеntlar
155. Biologik oksidlanish yoki xujayraning nafas olishi – bu……bo’lib, asosiy funksiyasi……. ta'minlashdan iborat
A) barcha tirik hujayralarda sodir bo’ladigan oksidlanish rеaksiyalarining majmuasi, organizmni ishlatishga qulay bo’lgan enеrgiya formasi (avvalo ATF) bilan
B) barcha tirik hujayralarda sodir bo’ladigan sintez rеaksiyalarining majmuasi, organizmni ishlatishga qulay bo’lgan enеrgiya formasi bilan
C) barcha tirik hujayralarda sodir bo’ladigan parchalanish rеaksiyalarining majmuasi, organizmni ishlatishga qulay bo’lgan enеrgiya formasi (avvalo ATF) bilan
D) barcha tirik hujayralarda sodir bo’ladigan qaytarilish rеaksiyalarining majmuasi, organizmni ishlatishga qulay bo’lgan enеrgiya formasi (avvalo ATF) bilan
156.Mitoxondriyalarda–moddalar almashinuvida ishtirok etadigan qaysi fermenlar joylashgan
A) biologik oksidlanish jarayonlarining fеrmеntlari (uchkarbon kislotalar sikli, oksidlanishli-fosforlanish jarayoni, moy kislotalarining β-oksidlanish jarayoni va h.k.)
B) oqsillarning biosentiz jarayonini fermentlari mujassamlashgan bo’lib u erda translatsiya jarayoni amalga oshadi
C) pH-optimumi 5 atrofida bo’lgan gidrolitik fеrmеntlar
D) glikoliz, pеntoza siklida oksidlanish, moy kislotalari va nuklеotidlarning sintеzi, aminokislotalarning faollashtirish, glyukonеogеnеz jarayoni fеrmеntlari
157. Plazmatik mеmbranada moddalar almashinuvida ishtirok etadigan qaysi fermenlar joylashgan
A) transport ATF-azalari, adеnilatsiklazalar va h.k
B) oqsillarning biosentiz jarayonini fermentlari mujassamlashgan bo’lib u erda translatsiya jarayoni amalga oshadi
C) pH-optimumi 5 atrofida bo’lgan gidrolitik fеrmеntlar
D) glikoliz, pеntoza siklida oksidlanish, moy kislotalari va nuklеotidlarning sintеzi, aminokislotalarning faollashtirish, glyukonеogеnеz jarayoni fеrmеntlari
158. Hujayraning ATF zahirasi qanchaga teng
A) 20-30 mmol/kg
B) 20-50 mmol/kg
C) 30-40 mmol/kg
D) 50-60 mmol/kg
159. Flavoprotеidlar - prostеtik guruh sifatida nimani tutadi
A) FMN va FAD
B) nеytral yog’lar, yog’ kislotalari, fosfolipidlar, xolеstеrinning efirlari
C) nuklеin kislotalarni-RNK DNK
D) mannoza, galaktoza, gеksozaminlar, glyukuron kislotasi
160. Lipoprotеidlar prostеtik guruh sifatida nimani tutadi.
A) nеytral yog’lar, yog’ kislotalari, fosfolipidlar, xolеstеrinning efirlari
B) FMN va FAD
C) nuklеin kislotalarni-RNK DNK
D) mannoza, galaktoza, gеksozaminlar, glyukuron kislotasi
161.Qaysi aminokislota molekulasida assimetrik uglerod atomlari uchramaydi
A) Glitsin
B) Alanin
C) Sistein
D) Valin
162. Aminokislotalar neytral holatda, umumiy zaryadi nolga teng bo’lganda, ….. deyiladi
A) izoelektrik nuqta
B) ingibirlanish
C) translatsiya koifisenti
D) transkriptsiya koifisenti
163. Biologik ahamiyatiga ko’ra aminokislotalar qanday guruhlarga bo’linadi
A) almashadigan, yarim almashadigan va almashmaydigan
B) almashadigan, yarim almashadigan
C) yarim almashadigan va almashmaydigan
D) kislota va ishqor xususiyatli
164. Almashadigan aminokislotalarni belgilang
A) glitsin, alanin, serin, tsistein, tirozin, asparagin
B) tirozin, arginin va gistidinlar
C) valin, leytsin, izoleytsin, trionin
D) glutamin kislota, fenilalanin va triptofanlar
165.Yarim almashadigan aminokislotalarni belgilang
A) tirozin, arginin va gistidinlar
B) glitsin, alanin, serin, tsistein, tirozin, asparagin
C) valin, leytsin, izoleytsin, trionin
D) glutamin kislota, fenilalanin va triptofanlar
166. Almashmaydigan aminokislotalarni belgilang
A) valin, leytsin, izoleytsin, trionin
B) glitsin, alanin, serin, tsistein, tirozin, asparagin
C) tirozin, arginin
D) glutamin kislota, fenilalanin va triptofanlar
167. Insulin gormoni qachon va kim tomonidan laboratoriya sharoitida sintezlagan.
A) 1953 yilda uni ingliz olimi Senger
B) 1953 yilda uni ingliz olimi Myuller
C) 1965 yilda uni ingliz olimi Senger
D) 1980 yilda uni ingliz olimi Myuller
168. Oshqozon osti bezi gormoni nechta aminokislota qoldig’idan tashkil topgan
A) 51
B) 75
C) 45
D) 78
169 … ikkilamchi strukturaning yanada murakkablashgani bo’lib, oqsillarning alohida, avtonom globulyarli funktsional qismlari hisoblanadi.
A) Domenlar
B) Terminatorlar
C) Ingibirlar
D) Taninlar
170.Ximotripsin oqsilida nechta domen bor va ularning shakli qanday
A) 2ta, silindr
B) 2ta, romb
C) 4ta, silindr
D) 4ta, trapetsiya
171. Ximotripsin oqsili nechta antiparallel zanjirdan iborat
A) 6
B) 10
C) 8
D) 15
172.Toksin oqsilidagi ikkinchi domen vazifasini belgilang
A) hujayraga kasallik olib kiradi
B) hujayradagi ionlar muvozanatini ta’minladi
C) yarim o’tkazuvchanlikni boshqaradi
D) sintezni kuchaytiradi
173. Tirik organizmlar hayotiy faoliyatlarda birinchi o’rinda turganliklari uchun jonzotlarning «qora ishchilari» deb nom olgan moddani belgilang
A) Oqsillar
B) Uglevodlar
C) Yog’lar
D) Vitaminlar
174. Qon zardobidagi albuminning vazifasini belgilang
yog’larni, ayrim oqsillar esa mis, temir atomlarini, tsitoxrom esa elektronlarni kerakli joylarga yetkazishda xizmat qiladi.
A) yog’larni kerakli joylarga yetkazish
B) elektronlarni kerakli joylarga yetkazish
C) fermentlarni kerakli joylarga yetkazish
D) gormonlarni kerakli joylarga yetkazish
175. Sitoxrom oqsilining vazifasini belgilang
A) elektronlarni kerakli joylarga yetkazish
B) yog’larni kerakli joylarga yetkazish
C) fermentlarni kerakli joylarga yetkazish
D) gormonlarni kerakli joylarga yetkazish
176. Strukturali oqsillarga hujayralarni birlashtiruvchi matriks sifatida xizmat qiluvchi … va … kiradi
A) kollogen va retikulinlar
B) glikogen va retikulinlar
C) kollogen va taninlar
D) sitokinin va retikulinlar
177. Kerotin oqsili tananing qaysi qismida bo’ladi
A) Soch, tirnoq
B) O’pka
C) Jigar
D) Orqa miya
178. Fermentlarning ingibitorlari qanday oqsillaroqsillar
A) Endogen
B) Egzagen
C) Gistonli
D) Gormonlar
179. Endogen oqsillar vazifasini belgilang
A) ferment faolligini boshqaradi
B) gormon faolligini boshqaradi
C) ionlar faolligini boshqaradi
D) yog’lar faolligini boshqaradi
180. Ishqoriy hisoblanadigan aminokislotalarni belgilang
A) lizin, arginin, gistidinlar
B) tirozin, prolin
C) valin, leytsin, izoleytsin, trionin
D) glutamin kislota, fenilalanin va triptofanlar
181. insonning yo’g’on ichak tarkibidagi mikroorganizmlar majmuasi ishtirokida qaysi guruhdagi aminokislotalar sintezlanadi.
A) almashmaydigan aminokislotalar
B) almashinadigan aminokislotalar
C) yarim almashinadigan
D) almashinadigan aminokislotalar va yarim almashinadigan
182. Peptidlardan biri glyutation organizmlarda uchrab … qoldiqlaridan hosil bo’lgan tripeptiddir.
A) glyutamin kislota, sistein va glitsin
B) tirozin, prolin
C) valin, leytsin, izoleytsin, trionin
D) glutamin kislota, fenilalanin va triptofanlar
183. Glyutation ko’pchilik o’simliklarda, ayniqsa … donida va … zamburug’larda uchrab, oksidlanish–qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi.
A) Bug’doy , achitqi
B) Soya , achitqi
C) Bug’doy , mog’or
D) Makkajo’xori , achitqi
184. Oqsillarning qaysi strukturalari orqali organizmning genetik xususiyatlari namoyon bo’ladi.
A) Birlamchi
B) Ikkilamchi
C) Uchlamchi
D) To’rtlamchi
185. Oqsil zanjiridagi aminokislotalar qoldig’idagi peptid guruhlari o’rtasida spiral konfiguratsiyasini shakllantirishda qaysi bog’ ishtirok etadi.
A) Vodorod
B) Ion
C) Kovolent
D) Donar akseptor
186. Fibrillyar oqsillarni belgilang
A) ipak fibrioni, soch keratini, teri va paylardagi kollogen
B) ipak fibrioni, sitaxrom, teri va paylardagi kollogen
C) ipak fibrioni, soch keratini, glikogen
D) tanin, soch keratini, teri va paylardagi kollogen
187. Oqsillarning biologik faolligi polipeptid zanjirining fazoviy strukturasiga bog’liq bo’lib, bunday struktura ularning … holati deyiladi.
A) Nativ
B) Passiv
C) Denaturatsiyalangan
D) Renaturatsiyalangan
188. Stabil bog’larga … kirib, bular hal qiluvchi ro’l o’ynaydi.
A) disulfid ko’prigi
B) dipeptid ko’prigi
C) trisulfid ko’prigi
D) tetrasulfid ko’prigi
189.Gemoglobin molekulasi to’rtta kichik birlikdan tashkil topgan bo’lib, ularni har birining molekulyar massasi qanchaga teng
A) 17000 da
B) 18000 da
C) 19000 da
D) 16000 da
190. Katalaza oqsili nechta protomerdan tuzilgan
A) 4 ta
B) 3ta
C) 2 ta
D) 1 ta
191.Flavoprotеidlar - prostеtik guruh sifatida nimani tutadi
A) FMN va FAD
B) nеytral yog’lar, yog’ kislotalari, fosfolipidlar, xolеstеrinning efirlari
C) nuklеin kislotalarni-RNK DNK
D) mannoza, galaktoza, gеksozaminlar, glyukuron kislotasi
192.Bir molеkula glyukozaning aerob oksidlanish jarayonini enеrgеtik samaradorligi ........ mol ATF ga tеng.
A) 36
B) 2
C) 12
D) 38
193. Triplet kodini kodon deb atashni kim taklif etgan
A) F.Krik
B) A.N.Belozerskiy
C) A.Kornberg
D) D.J.Uotson
194. Oqsil biosintezida qancha makromolekulalar ishtirok etadi
A) 200
B) 100
C) 300
D) 400
195.DNKning qo’sh spirally modeli kimlar tomonidan kashf qilingan?
A) Uotson va Krik
B) Misher va Uotson
C) Krik va Lomonosov
D) Misher va Lomonosov
196.Nuklein kislotalaring eng kichik vakillarining Mr massasi qanchaga teng bo’ladi?
A) 25000
B) 3500
C) 2500
D) 250
197. Pepsin uchun vodorod ionlarining optimal kontsentratsiyasi – pH qanchaga teng.
A) 1,5-2,5
B) 4
C) 2-2,5
D)1-2
198. Xolesterinning juda ko`pchilik qismi qancha foizi jigarda sentizlanadi?
A) 80%
B) 50%
C) 20%
D) 10%
199.To’qimalarda nafas olishni kim o’rgangan?
A) Bax
B) Salivkin
C) Sohibov
D) Danilovskiy
200.Rus olimlaridan qaysilaridan oqsillar va aminokislotalar bo’yicha ish qilgan ?
A) Danilovskiy ; Salivkin;
B) Sohibov; To’raqulov;
C) Salivkin; Bax
D) Sohibov; Salivkin
Do'stlaringiz bilan baham: |