Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

jangga shayligini nazorat qiladi
va zaruriy yordamni ko„rsatadi. 


144 
Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilinadi. O„tkazilgan nazoratdan so„ng 
motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri brigada komandiriga jangovar 
harakatlarga shaylik haqida bildiruv beradi hamda tayinlangan vaqtda shtatdagi va 
qo„shimcha berilgan bo„linmalarning komandirlariga o„t ochib hujumni 
tayyorlashni boshlash vaqti, shuningdek, 
“S”
vaqtini e'lon qiladi.
3.2. Hujum jangini olib borish 
Dushman bilan bevosita to„qnash kelganda amalgaoshiriladigan hujum jangi 
Belgilangan vaqtda katta komandirning signaliga binoan o„t ochib hujumni 
tayyorlash boshlanadi.
Dushman bilan bevosita to„qnash holatda bo„lgan bo„linmalar o„zining o„t 
ochish amali bilan uning tayanch punktlari va birinchi pozitsiyasidagi o„t ochish 
vositalari hamda tirik kuchini yo„q qiladi va bostiradi. Dushman tomonidan qarshi 
tayyorgarlik o„tkazilgan holda, kuzatuvchilar hamda navbatchi o„t ochish vositalari 
raschetlaridan tashqari shaxsiy tarkibning barchasi komandirlarning komandasiga 
binoan transheya va boshqa panagohlarga yashirinadi.
Motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri o„t ochib hujumni tayyorlashni 
o„tkazish mobaynida o„t ochish amalining natijalarini kuzatadi, bo„linmalar, o„t 
ochish vositalarining oldiga dushmanning omon qolgan va yangi aniqlangan 
nishonlarini yo„q qilish bo„yicha vazifalar qo„yadi, muhandislik to„siqlari orasidan 
yo„l ochish, qo„shimcha berilgan (madad berayotgan) tanklarning chiqib kelishi 
o„z vaqtida olib borilayotganligini nazorat qiladi hamda brigada komandiriga 
hujumga shaylik haqida bildiruv beradi.
Birinchi eshelondagi hujum uchun mo„ljallangan tankchi batalyon, 
shuningdek, motoo„qchi bo„linmalarga qo„shimcha berilgan va kutish 
(boshlang„ich) pozitsiyalarni egallab turgan tankchi vzvodlar (guruhlar) o„t ochib 
hujumni tayyorlash vaqtida belgilangan komandaga (signalga) binoan hujumga 
o„tish marrasi tomon chiqishni boshlaydilar, bunda belgilangan 
“S”
vaqtda 
tanklarni dushman mudofaasi oldingi chizig„iga motoo„qchi bo„linmalar bilan bir 
vaqtda chiqishining ta'minlanishi hisobga olinadi. Tanklar ortidan ular bilan 


145 
joylashtirilgan piyodalar jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) ham 
harakatni boshlaydilar.
Hujumga o„tish marrasiga yaqinlashish barobarida tankchi bo„linmalar 
ketma-ketlik bilan vzvod kolonnalariga, guruh kolonnalariga, so„ngra esa jangovar 
tartibga tiziladilar hamda ruxsat etilgan eng katta tezlikda harakatni davom ettirib, 
harakat davomidagi o„t ochish amali bilan dushmanni yo„q qilgan holda hujumga 
o„tadi. Piyodalar jangovar mashinalari (zirhli transportyorlar) o„z bo„linmalari 
tomon chiqib boradi.
To„g„ridan-to„g„ri nishonga olib o„t ochish uchun jalb qilingan tanklar o„z 
bo„linmalarining jangovar tartibidagi joylarini egallaydi.
Motoo„qchi bo„linmalar bilan piyoda yurib hujumga qilish oldidan, tanklar 
birinchi eshelondagi motoo„qchi vzvodlarning boshlang„ich pozitsiyalariga 
yaqinlashib qolgan vaqtda vzvod komandirlari 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish