Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti


metr , piyodalar jangovar  mashinalarida (zirhli transportyorlarda) hujum qilayotgan motoo„qchi bo„linmalar  uchun esa  300 metr



Download 11,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/377
Sana09.02.2022
Hajmi11,08 Mb.
#438952
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   377
Bog'liq
fayl 1636 20210826

400 metr
, piyodalar jangovar 
mashinalarida (zirhli transportyorlarda) hujum qilayotgan motoo„qchi bo„linmalar 
uchun esa 
300 metr
; tankchi bo„linmalar uchun 
200 metr
hisoblanadi.
Aniq belgilangan 
“S”
vaqtda tankchi va motoo„qchi bo„linmalar dushman 
mudofaasining oldingi chizig„iga shiddat bilan yorib kirib, uning tirik kuchi va o„t 
ochish vositalarini yo„q qiladi, tayanch punktlarini zabt etadi hamda to„xtamasdan 
ichkari tomon hujumni davom ettiradi.
Yorib kirish uchastkasidan tashqarida harakat qilayotgan motoo‟qchi 
batalyon barcha vositalarining o„t ochish amali bilan dushmanning kuch va 
vositalarini pozitsiyalardan olinishi hamda yorib kirish uchastkasiga tashlanishiga 
to„sqinlik qiladi. Qarshi kurashayotgan dushmanga zaruriy darajada o„t ochib 
shikast yetkazishga erishilganda, uni o„z kuchlarining bir qismini pozitsiyadan 
olganligi yoki egallab turgan pozitsiyalaridan chekinayotganligi aniqlanganda 
motoo‟qchi batalyon vertolyotlarning zarbalari hamda artilleriya olovining madadi 
bilan bo„linmalar va o„t ochish amalining manyovrini keng qo„llagan holda yorib 
kirish uchastkasiga tutash yo„nalishlarda dushmanga hujum qilib, tayanch 
punktlarida uni yo„q qiladi hamda asosiy kuchlar bilan hamkorlikda uning 
mudofaasi ichkarisiga hujumni rivojlantiradi.


148 
Dushman tomon qattiq qarshilik ko„rsatib oldingi chiziqni qo„lda saqlab 
turgan taqdirda motoo‟qchi batalyonning ikkinchi esheloni (rezervi) manyovr 
qiladi hamda yorib kirish uchastkasida jangga kiritilib, mudofaalanayotgan 
dushmanga qanot va front ortidan hujum qiladi va motoo‟qchi batalyonning 
birinchi esheloni bilan birgalikda uni yo„q qilishni yakunlab, yorib kirish 
uchastkasini kengaytiradi hamda ichki sarhadlar tomon hujumni rivojlantiradi.
Brigada yorib kirish uchastkasini belgilamasdan butun chiziq bo„ylab 
hujumga o„tganda motoo‟qchi batalyon o„t ochib shikast yetkazishning 
natijalaridan foydalanib, bo„linmalar va o„t ochish amalining manyovrini amalga 
oshiradi hamda ajratilgan bo„linmalar bilan qanotlarni himoya qilgan holda asosiy 
kuchlar bilan harakat davomida dushman mudofaasidagi uzilish va ochiq joylar 
orqali uning front ortiga kirib boradi hamda to„xtamasdan ichkariga harakatni 
davom ettiradi. Qarshilik ko„rsatishni davom ettirayotgan dushman qurshovga 
olinadi va ikkinchi eshelon (rezerv) yoki buning uchun ajratilgan bo„linmalar 
tomonidan yo„q qilinadi.
Harakat davomida dushman mudofaasining ichkarisiga kirib borishni iloji 
bo„lmagan holatda, motoo‟qchi batalyon front va qanotlardan unga shikast 
yetkazib, mudofaadagi ochiq joy va uzilishlar orqali ajratilgan bo„linmalar bilan 
manevrni amalga oshirib dushmanning qanoti va front ortiga chiqadi, kelgusida esa 
frontdan, qanotlar va front ortidan barcha bo„linmalarning birgalikda qilgan hujumi 
bilan uni tor-mor keltirishni yakunlaydi hamda ichki sarhadlar tomon hujumni 
rivojlantiradi.
Hujum boshlanishi bilan shtatdagi va qo„shimcha berilgan artilleriya tankchi 
va motoo„qchi bo„linmalarining hujumiga to„sqinlik qilayotgan dushmanni 
uzluksiz ravishda bostiradi va yo„q qiladi, o„t ochish amalini motoo‟qchi batalyon 
komandirining komandasiga (signaliga) binoan yoki mustaqil tarzda yangi 
aniqlangan nishonlarga, ayniqsa tankka qarshi vositalar tomonga ko„chirgan holda 
hujumning uzluksiz olovli madadini ta'minlaydi. Olovni izchillik bilan jamlash, 
jamlangan o„t ochish amali va alohida nishonlarga qarata olib boriladigan o„t 
ochish amali usullari bilan hujumning artilleriya madadini olib borish vaqtida o„t 


149 
ochib hujumga madad berishni boshlash komandasidan tashqari o„t ochish amalini 
chaqirish va ko„chirishga oid komandalarni motoo‟qchi batalyon (vzvod) 
komandiri berishi mumkin.
Shtatdagi va qo„shimcha berilgan artilleriyani joydan-joyga ko„chirish 
motoo‟qchi batalyon komandirining farmoyishiga binoan amalga oshiriladi. U 
birinchi eshelondagi vzvodlar tomonidan dushman birinchi eshelonidagi 
rotalarning tayanch punktlari egallangandan so„ng tayinlanadi hamda birinchi 
eshelondagi vzvodlar ortidan marradan marraga tomon harakatlangan holda ketma-
ketlik bilan amalga oshiriladi.
Motoo‟qchi batalyonning tankka qarshi guruhi, odatda, dushman 
tanklarining qarshi hujumini qaytarish va motoo‟qchi batalyon komandiri 
tomonidan qo„yilgan boshqa vazifalarni hal qilishga shay holatda birinchi 
eshelondagi vzvodlardan birining ortidan harakatlanib boradi.
Motoo‟qchi batalyonning shtatdagi va qo„shimcha berilgan zenit 
bo„linmalari birinchi eshelondagi motoo„qchi vzvodlar ortidan 

Download 11,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   377




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish