Hamkorlikni
motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri vazifalar, marralar,
vazifalarni bajarish vaqti va usullari bo„yicha tashkillashtiradi. Hamkorlikni
tashkillashtirayotganda u vzvodlar (jangovar, tankchi guruhlar) komandirlarining
qo„yilgan vazifalar va ularni bajarish usullarini to„g„ri tushunayotganiga ishonch
hosil qilishi kerak.
Hamkorlikni tashkillashtirish vaqtida motoo‟qchi batalyon (vzvod) komandiri
quyidagilarni bajarishi shart:
guruhlarga qayta bo„lib olish vaqtida yoki ularning chiqib kelish va jangovar
tartibga tizilish davrida, dushman tomonning OQQni, aviatsiya zarbalari va
O„AQni qo„llash ehtimolida, u tomonidan chiqib kelish yo„nalishlari va tizilish
marralarida qarshi tayyorgarlik hamda masofaviy minalash amalga oshirilgan
holatlarda barcha qo„shin turlari bo„linmalarining harakatlarini muvofiqlashtirish;
vzvodlarning (jangovar, tankchi guruhlarning) hujum uchun boshlang„ich
pozitsiyalarni egallash tartibini, tanklarni o„z bo„linmalarining jangovar tartibi
orasidan o„tkazish tartibini, tankchi batalyon (vzvod) komandiri esa hujumga o„tish
vaqtida o„t ochish amalini olib borish hamda tanklarni motoo„qchi bo„linmalarning
boshlang„ich holatidan o„tish tartibini o„rnatish;
141
ichkaridan chiqib kelib hujum qilish vaqtida tankchi, motoo„qchi va tankka
qarshi bo„linmalarning chiqib kelish hamda jangovar tartibga tizilish, motoo„qchi
bo„linmalar shaxsiy tarkibini desant tariqasida tanklarga chiqarish tartibini,
shuningdek, shtatdagi va qo„shimcha berilgan o„t ochish vositalarining chiqib
kelish va o„t ochish pozitsiyalarini egallash tartibini belgilash;
tanklarni mina trallari bilan jihozlash, ular vositasida dushman mudofaasi
oldingi chizig„i oldidagi va ichkarisidagi to„siqlar orasidan yo„l ochishning vaqti
va tartibini belgilash; to„siqlar orasidan, shu jumladan masofaviy minalash
vositalari yordamida qo„qqisdan o„rnatilgan to„siqlar orasidan yo„l ochish,
g„ovlarni oshib o„tish joylarini barpo etish tartibi va ularni belgilash usullari;
dushman mudofaasining oldingi chizig„iga tankchi va motoo„qchi bo„linmalar
bilan hujum qilish, ular tomonidan o„t ochish amalini olib borish hamda to„siq va
g„ovlarni yengib o„tishning tartibi va usullarini muvofiqlashtirish, piyoda yurib
hujum qilish vaqtida esa shaxsiy tarkibni jangovar mashinalardan tushish tartibiga
aniqlik kiritish;
vzvodlarning (jangovar, tankchi guruhlarning) harakatlarini artilleriya olovi va
aviatsiya zarbalari, birinchi pozitsiyaning tayanch punktlaridagi dushmanni yo„q
qilish bo„yicha, mudofaa ichkarisidagi jang vaqtidagi, ayniqsa tankka qarshi
vositalarni yo„q qilish hamda uning qarshi hujumlarini qaytarish vaqtidagi tankka
qarshi (granatomyotchi) bo„linmalar, boshqa qo„shimcha berilgan o„t ochish
vositalari va qo„shni bo„linmalarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish;
o„t ochib hujumni tayyorlash davrida to„g„ridan-to„g„ri nishonga olib o„t
ochish uchun ajratilgan to„plar va tanklar, shuningdek, tankka qarshi,
granatomyotchi, pulemyotchi va minomyotchi bo„linmalar tomonidan yo„q
qilinadigan nishonlarni, ularning o„t ochish va o„t ochish amalini olib borish
hamda dushman mudofaasining oldingi chizig„i oldidagi to„siq va g„ovlarni yengib
o„tish, hujum va ichki sarhadlarda hujumni rivojlantirish vaqtida hujum qilayotgan
bo„linmalarga madad berish tartibini ko„rsatish;
dushmanga hujum qilish vaqtida razvedka (jangovar razvedka) dozorining
(dozor seksiyasining, tankining) motoo‟qchi batalyon (vzvod) jangovar tartibidagi
142
o„rniga, razvedka amalini olib borish marrasi va vaqtiga, razvedka yo„nalishi va
ob'ektiga, o„t ochib unga madad berish, aloqada bo„lish va bildiruvlarni taqdim
etish tartibiga aniqlik kiritish;
ikkinchi eshelonni (rezervni) joydan-joyga ko„chish, uni jangga kirishini
ta'minlash va dushmanning o„ta aniq quroli zarbalaridan himoyalash tartibini,
qarshi kurashayotgan dushmanni tor-mor qilishga qaratilgan sa'y-harakatlarni
kuchaytirish, hujum qilayotgan bo„linmalarning front ortida qolib ketgan
dushmanning kichik guruhlarini yo„q qilish bo„yicha birinchi eshelondagi
bo„linmalar bilan birgalikdagi harakatlarning usullari va kuchaytirish vositalarini
qayta bo„ysundirish tartibini muvofiqlashtirish;
shtatdagi va qo„shimcha berilgan artilleriya, tankka qarshi (granatomyotchi,
pulemyotchi, minomyotchi) bo„linma, shuningdek, boshqa qo„shimcha berilgan
bo„linmalarning jang mobaynida joydan-joyga ko„chish tartibiga aniqlik kiritish;
motoo‟qchi batalyonni havodagi dushmanning zarbalaridan himoya qilish
bo„yicha zenit bo„linmalarining harakat tartibini, shuningdek, uning pastlab
uchayotgan nishonlariga qarata tankchi va motoo„qchi bo„linmalarning o„t ochish
vositalaridan o„t ochish va o„t ochish amalini olib borish tartibini belgilash;
xabar berish, boshqaruv va hamkorlik signallarini, o„zining samolyot va
vertolyotlarini tanib olish signallarini, shuningdek, o„zining holati haqida ishora
berish usullarini ma'lum qilish.
Muddatlar bo„yicha bo„linmalar harakatlarining hisob-kitobi hujum
qilayotgan tankchi va motoo„qchi bo„linmalar bir vaqtda dushman mudofaasining
oldingi chizig„iga bostirib kirishi kerak bo„lgan
«S»
vaqtga nisbatan amalga
oshiriladi.
Hamkorlikni to„liq hajmda tashkillashtirish masalalari hujum uchun
Motoo‟qchi batalyon shtabi tomonidan ishlab chiqiladigan hamkorlik chizmasida
aks ettiriladi.
Taktik havo desantining harakat yo„nalishidagi hujum vaqtida motoo‟qchi
batalyon (vzvod) komandiri u bilan birlashish tartibi, bir-birini tanib olish
signallari va u bilan aloqaga chiqish uchun radioma'lumotlarni ko„rsatib o„tadi.
143
Birinchi navbatdagi vazifaning ichki sarhadlarigacha hamkorlik eng to„liq
tarzda tashkillashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |