1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Download 484,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana09.02.2022
Hajmi484,56 Kb.
#438338
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jam.roli

Falsafaning integrativ funksiyasi
fan bilan chambarchas bog’liq. 
Real borliqning yangi va yangi ob’ektlari va 
hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o’rin olishi, shuningdek ilgari ma’lum darajada anglab yetilgan 
narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ilmiy bilim o’z rivojlanishining dastlabki 
bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi.
Buning natijasida ayrim fanlar paydobo’lib, ular nafaqat o’z tadqiqot 
ob’ekti va predmet ini ajratdi, balki o’zining faqat mazkur fanga xos bo’lgan tili, kagegoriyalar a’’arati va hokazolarni 
yaratdi. Ammo bu yo’lda jiddiy xavf ham mavjud bo’lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular 
o’rtasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o’zaro aloqa qilish qobiliyatini 
yo’qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni yechish uchun 
kuch-g’ayratni birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi.
Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi vaqt fanida ba’zan ayrim ilmiy fanlarning vakillari 
boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, ya’ni har biri o’z fanining tilida ga’irgani bois tushunmaydi. Bu 
jihatdan falsafa ular uchun amalda bog’lovchi bo’g’inga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, chunki u o’z tahlilida 
fanlararo muloqotga va mazmuni ayni bir kontekstda turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo’llaniladigan 
fundamental tushunchalarni yaratishga qarab mo’ljal oladi.
Murakkab ob’ektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan o’z predmet idan kelib chiqadi. Bu 
predmet doirasi unga o’rganilayotgan ob’ektni yaxlit ko’rish, uning aloqalarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu 
vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bo’lib, u butun vaziyatni yaxlit ko’rish imkonini beradi va bu jihatdan 
nafaqat fanlar o’rtasida, balki inson faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, o’tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki 
bilvosita bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat o’rtasida ham bog’lovchi bo’g’in 
hisoblanadi.
Madaniy funksiyasi.
Falsafa odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg’otish, nazariy 
fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali madaniy funksiyani ham bajaradi.
U dunyoni o’zlashtirish 
va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o’zida mujassamlashtiradi va ularni butun 
insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o’rganish ularning o’tmishdagi va 
hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g’oyalar almashinuvi va madaniy an’analarning o’zaro 
ta’siriga ko’maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog’liq bo’lgan ko’pgina muammolarni yechishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Aksiologik funksiyasi.
Falsafa hayotning ma’nosi, o’lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo’yish, u 
yoki bu harakat, voqea, hodisaga “yaxshi”, “yomon”, “muhim”, “foydali”, “foydasiz” kategoriyalari bilan baho 
berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi. 
U uzoq muddatli tendentsiyalarni qisqa 
muddatli tendentsiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni 
ikkinchi darajali narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog’liq 
bo’lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. SHu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo’ljallari va ustuvorliklari 


belgilanadi, ya’ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib to’adi. Bu tizim odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi, 
ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-atvorini ko’p jihatdan belgilaydi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi
odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar bilan 
bog’liq
. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot 
predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo’l bilan, ya’ni real hayot amaliyotida o’rnatiladigan 
me’yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bunday me’yorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o’zaro aloqalari, ularning munosabatlari va o’zaro til to’ish 
darajasida namoyon bo’ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha a’zolari xulq-
atvorida namoyon bo’ladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi
haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har 
tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so’z yuritish o’rinli bo’ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim 
xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o’z-o’zini anglab etishga yo’naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002 yildan 
Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi ‘ayshanbasida o’tkaziladigan “Jahon falsafa 
kunlari” ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e’tiborini qaratadigan Jahon falsafa Kongresslari 
ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o’tkazilgan, 1948 yildan boshlab 
uni har besh yilda bir marta o’tkazish an’anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida (AQSH) bo’lib o’tgan 
XX jahon falsafa kongressi “‘aydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa” mavzusiga bag’ishlangan bo’lsa, 
Turkiyaning Anqara shahrida o’tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida “Falsafa jahon muammolari bilan yuzma-
yuz” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta Osiyo mamlakati bo’lmish 
Koreya Respublikasining Seul shahrida “Hozirgi davrda falsafani qayta anglash” degan umumiy mavzu ostida bo’lib 
o’tdi. Kongresslarning mavzularidan ko’rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va eng muhim 
muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. SHunday muammolardan biri – insonni shaxs sifatida tarbiyalash va 
kamol to’tirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, qadimgi davr 
mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi. 
Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta’lim va tarbiyani, ya’ni o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro’yobga 
chiqarishga qodir bo’lgan jismoniy va ma’naviy jihatdan komil insonni voyaga yetkazishni «paydeyya» (yunon. pais 
– bola) atamasi bilan ifodalaganlar. O’sha vaqtlarda paydeyya aristokratiyaning o’ziga xos belgisi hisoblangan; 
endilikda faylasuflar ta’lim va tarbiya muammolarini yana birinchi o’ringa qo’yib, ularni hal qilishda falsafaning rolini 
aniqlashga harakat qilar ekanlar, bu tushunchani yana esga oldilar. Xususan, Boston kongressidagi asosiy 
ma’ruzalarning mualliflaridan biri frantsuz faylasufi Per Obenk: «Insonning vahshiyona tabiatidan ma’rifatli tabiatga 
o’tish imkoniyati qay darajada mavjud?», degan savolni o’rtaga tashlaydi. Uning fikricha, insonning yagona tabiati 
ikki ma’noli bo’lib, faqat ma’rifat (Paydeyya) odamzodni so’zning to’liq ma’nosidagi insonga aylantiradi yoki, Platon 
ta’biri bilan aytganda, Paydeyya uning ko’zini ochadi.

Download 484,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish