1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja



Download 484,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana09.02.2022
Hajmi484,56 Kb.
#438338
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jam.roli

Falsafaning funksiyalari. 
Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta’riflar 
yoki gipotezalar, g’oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba’zan shu tariqa) har xil funksiyalarni 
bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, 
aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. 


Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati 
bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi.
Falsafaning, dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi, insonning 
dunyoga munosabati, uning o’z-o’zini va o’zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar, hodisalarni 
va o’z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog’liq bo’ladi.
Yuqorida ko’rsatib 
o’tilganidek, inson dunyoqarashida e’tiqodlar va bilimlar, tuyg’ular va emotsiyalar, oqilonalik va irratsionallik, tajriba, 
intuitsiya va hokazolar chambarchas bog’lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit manzarasini yaratish 
mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o’zaro bog’lanmagan turli 
«parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va mantiqan to’g’ri 
munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni mavhumlashtiradi 
va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e’tiborni qaratadi va shu tariqa o’zining bosh 
funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi
tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin 
bo’lmagan, ya’ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo’lmagan narsalar va hodisalarni oqilona 
yo’l bilan tushuntirishga harakat qilishdir
. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o’rganilgan hodisalarni 
tushuntirishga nisbatan o’z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bo’lgan 
qondirilmagan qiziqish o’rnini ma’lum darajada to’ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq o’rin 
qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari 
qanday?», degan masalalar bilan bog’liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning 
tagiga etishga qarab mo’ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi 
to’g’risida so’z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish o’rinli bo’ladi. Bu 
tushuncha yunoncha methodos – yo’l, tadqiqot, tekshirish so’zidan kelib chiqqan bo’lib, 
u yoki bu maqsadga 
erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o’zlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar 
majmuini anglatadi
. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o’zi o’rganayotgan predmet ning tadqiqot 
yo’lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o’rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan 
falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning 
boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o’ynaydigan har xil 
kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, falsafa o’ta keng 
tushunchalar, ya’ni kategoriyalar bilan ish ko’rar, ularni ta’riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda 
dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.

Download 484,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish