122
Meksikada mustaqillik uchun urush.
1810-yili mustamlakalarda
ommaviy qo‘zg‘olon boshlandi. Lotin Amerikasi
xalqlarining ozodlik
kurashi jarayonida ko‘pgina ajoyib vatanparvarlar yetishib chiqdi.
Meksika xalqi ozodlik kurashining shonli qahramonlari
Migel
Idalgo va Xose Morelos
ning
nomlarini hozir ham hurmat bilan
eslaydi. Qishloq ruhoniysi
Idalgoni mahalliy aholi, ayniqsa, hindular
sevar edi. U hindularning tillarini bilardi. 1810-yili
Idalgo dehqonlar-
ning eng kambag‘al tabaqalariga mansub bo‘lgan hindular bilan mu-
latlarni mustaqillik uchun kurashga va o‘zlaridan
tortib olingan
yerlarni qaytarib olishga chaqirdi. Qo‘zg‘olon ko‘targan hindu va mu-
latlardan butun bir qo‘shin tuzildi. Idalgo quldorlarga o‘zlarining
hamma qullarini o‘n kunlik muddatda ozod
qilib yuborishni buyurdi
va hindu jamoalari mustamlakachi ma’murlarga to‘lab kelgan o‘lponni
bekor qildi.
Ispaniya qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirdi. Asir
olingan Idalgo esa otib o‘ldirildi. Idalgoning
eng yaqin safdoshi
Morelos uning ishini davom
ettirdi. Biroq Ispaniyaning muntazam qo‘shini
bu safar ham qo‘zg‘olonchilardan ustun keldi,
Morelos ham otib tashlandi.
Keyinchalik ozod-
lik harakatiga rahbarlikni badavlat pomeshiklar
qo‘lga oldilar. Meksikada
mustaqillik uchun ku-
rash davom etdi.
Nihoyat,
Do'stlaringiz bilan baham: