Amerika adabiyoti va san’ati.
XIX asr boshlarida AQSHning
ko‘pchilik aholisi savodli bo‘lgani uchun Injilni, Uilyam Shekspir,
Charlz Dikkens kabi ingliz yozuvchilarining asarlarini o‘qirdi.
Ayniqsa, Daniyel Defo asarining qahramoni Robinzon Kruzo ameri-
kacha hayot ruhiga yaqin bo‘lgani uchun milliy adabiyotning keyingi
yo‘nalishini belgilab berdi.
Òabiatni, mahalliy hindularni o‘ziga bo‘ysundirish uchun doimiy
kurash – Amerika milliy adabiyotining asosiy mavzulari bo‘lib qoldi.
Keyinchalik
Fenimor Kuper
«Pionerlar»,
German Melvill
«Mobi Dik»
asarlarida shu mavzuni davom ettirdi. Eskilik bilan yangilik, eski va
yangi dunyo o‘rtasidagi kurash mavzusi Amerikaning
Uolt Uitmen,
Mark Òven
kabi mashhur yozuvchilari asarlarida,
Genri Longfello
she’rlarida aks etdi.
Òasviriy san’at
XVIII asrda inglizlarga taqlid qilishdan iborat
bo‘ldi. Bu davrdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |