Otto fon Bismark kanslerlik qilardi. U
Germaniyani yagona davlatga birlashtirishdek
tarixiy ishga rahbarlik qildi.
1866-yili Prussiya Avstriya ustidan qozon-
gan tarixiy g‘alabadan so‘ng Bismark Germaniyada mavjud davlat-
larning Prussiya bilan «Shimoliy Germaniya Ittifoqi»ni tuzish haqi-
dagi shartnomani imzolashlariga erishdi. Bismark ittifoq kansleri –
Bundeskansler lavozimini egalladi. Bismark o‘z yordamchilari bilan
qisqa muddatda Shimoliy Germaniya ittifoqi konstitutsiyasini ishlab
chiqdi.
Bu konstitutsiya asosiy matnidagi ba’zi bir o‘zgarishlarni hisobga
olmaganda, 50 yildan ko‘proq vaqt davomida – 1919-yil Veymarda
Germaniya Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar amal
qilib keldi.