Italiyaning birlashishida uch buyuk
shaxs:
Kamillo Kavur, Juzeppe
Garibaldi, Juzeppe Madzinilarning xizmatlari beqiyos.
Mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi hamda ikki
palatali parlament (Senat va Deputatlar palatasi) joriy etildi. 1866-yili
Avstriya qo‘l ostida qolgan Venetsiya viloyati ham, 1870-yilda esa
Fransiya ta’sirida bo‘lgan Rim shahri ham Italiya qirolligiga qo‘shib
olindi. Shu tariqa Italiyani yagona davlatga bir-
lashtirish yakunlandi.
Germaniyani birlashtirish uchun kurash.
Germaniyada ham jamiyatning ilg‘or qatlami
milliy birlashuv uchun kurashayotgan edi. Bu
yerda ham butun mas’uliyatni Germaniyada
mavjud ko‘plab davlatlardan biri o‘z zimmasiga
olishi zaruriyatga aylandi. Bunday sharaf Prus-
siyaga nasib etdi. Prussiya bu davrda Germa-
niya imperiyasidagi eng qudratli davlat edi.
Qirollikda o‘z davrining eng mashhur davlat
arbobi
Do'stlaringiz bilan baham: |