Islohotning tarixiy ahamiyati.
1861-yilgi islohot natijasida kre-
postnoy huquq yemirildi. Biroq islohot dehqonlarni birdaniga ozod
etmadi. Krepostnoylik asorati uzoq davom etdi. Natijada, Rossiya
qishloq xo‘jaligida kapitalizm juda sekinlik bilan rivojlana bordi.
Shunday bo‘lsa-da, islohot muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Chunonchi, dehqonlar shaxsiy erkinlik va fuqarolik huquqiga erish-
dilar. Iqtisodiyotda kapitalistik munosabatlarning mustahkamlanishi
uchun keng imkoniyat yaratildi. Dunyoning yetakchi davlatlariga
nisbatan kech bo‘lsa-da, boshlangan sanoat to‘ntarishi davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |