Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi.
Yevropa davlatlarining
maqsadi Hindistonning ulkan boyliklariga, unumdor yerlariga ega
bo‘lish edi. Boburiylar imperiyasining inqirozi tufayli Yevropa hukm-
dorlari o‘z maqsadlarini amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi,
1757-yili Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi. Bu boy hudud
Buyuk Britaniyaning keyingi bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda
tayanch vazifasini o‘tadi. Shu tariqa Buyuk Britaniyaning Hindistonni
asta-sekin o‘z mustamlakasiga aylantirish davri boshlandi. Bu jara-
yonda Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi juda katta rol
o‘ynadi. XVIII asr oxirlariga kelib, o‘zining barcha raqiblarini yeng-
gan Ost-Indiya kompaniyasi tarqoq va zaif Hindistonni bo‘ysun-
dirishda yetakchilik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |