Shunday qilib, chin sulolasi davrida Xitoy o‘z qudratining cho‘qqisiga erishdi. XVIII asr oxiriga kelib, G‘arb davlatlari Xitoy- ga suqilib kirish va uni mustamlakaga aylantirish rejasini amalga oshira boshlagan bo‘lsalar-da, Xitoy Osiyoning eng katta va qudratli davlati bo‘lib qolayotgan edi. Ammo iqtisodiy va siyosiy qoloqlik oqibatida Xitoy G‘arb davlatlarining yarimmus- tamlakasiga aylandi. Peyzaj san’ati – tasviriy san’atda tabiatni aks ettirish janri.
1. Manjurlar sardori Abaxay faoliyati haqida nimalar bilasiz? 2. Xitoyning XVII–XVIII asrlardagi bosqinchilik siyosati haqida nimalarni bilib oldingiz? 3. XVIII asrning 70-yillarida Rossiya – Xitoy munosabatlarining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat edi? 4. XVI–XVIII asrlarda Xitoy madaniyati rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari ni- malardan iborat edi?