Word matn muharriri


INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALARI



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/52
Sana09.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#438085
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
Avezov Muxriddin. O\'quv loyiha-ma\'lumotnoma

INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALARI 
Hozirgi zamon yoshlari aqliy kamolotining rivojlanib borayotganligi, ularning ilm 
o‘rganishga chanqoqligi, mustaqil fikrlashi va ilmiy
-ijodiy izlanishlari, yangiliklar va 
kashfiyotl
arga nisbatan cheksiz qiziqishi va ta’lim mazmuniga talabchanligi, 
o‘qituvchining o‘z ustida
ishlashga, malakasini oshirib borishiga va ongini yanada 
rivojlantirishiga, ta’lim tizimidagi barcha yangiliklardan boxabar bo‘lib borishi 
keraligiga asosiy mot
iv bo‘lib xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda pedagogika faniga, ta’lim 
tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, 
yangi-yangi pedagogik-
psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi 
tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirib 
yubordi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida «aktyor» 
emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi lozim.
U o‘z o‘quvchi
-
talabalarini fanga ijodkorlik nuqtai nazari bilan qarashlarini tashkil qilishi, ularda 
izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta, yangi pedagogik texnologiya 
usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo‘ladi.
Buning uchun esa u 
bir necha yangicha t
a’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. SHu erda Prezidentimiz I.A. 
Karimovning «Biz o‘g‘il
-
qizlarimizni o‘zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, 
ularning tafakkurida bo‘shliq vujudga kelishigi yo‘l qo‘ymasligimiz lozim» degan 
so‘zlarini misol qilib
keltirgan holda maktab o‘quvchisi, kasb
-hunar kollejlari, 
akademik litsey talabalarining nutq boyligi, uquvliligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy 
adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan qay 
darajada xabardorligini
aniqlashimiz kerak bo‘ladi.
CHunki ko‘p o‘qigan va uqqan 
yoshlarni aldash, milliy g‘oyamizga yot bo‘lgan g‘oyalar sari etaklash xalqimiz 
dushmanlari uchun uddalab bo‘lmaydigan masalaga aylanadi.
Interfaol metodlar 
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni 
o‘quvchiga etkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malaka hosil qilish, 
ma’naviy sifatlarni shakllantirish, o‘quvchi bilimini 
nazorat qilish hamda baholash 
o‘qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi.
Bu borada o‘qituvchi darslarda 
foydalanishi mumkin bo‘lgan ayrim pedagogik vositalar: ta’kidlovchi 
savollar bunda 
o‘quvchining bergan savoliga qarab, uning fikrlash dar
ajasini aniqlash mumkin. 
O‘qituvchi alternativ, o‘quvchini faollikka chorlovchi savollar orqali sinfda ijodkorlik, 
izlanuvchanlik, qiyoslash, o‘xshashlik va farqini topish singari xususiyatlarni 


- 26 - 
rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Savollar berish bilan birg
alikda o‘quvchilarda, 
fikrlashga majbur qiluvchi savollar tuzish qobiliyatini ham shakllantirib boradi.
Interfaol metod va usullarni sanab o‘tamiz:
aqliy hujum, klasterlar, mustaqil 
xat,Venn 
diagrammasi,harakatli ma’ruza, o‘zaro ta’lim,muallifga savollar, «bilaman, 
bilishni istayman, bilib oldim» (BBB), insert, bahs
-munozara, sinkveyn, qadriyatlar 
tizimi, debat, hamkorlikda izlanish, argumentlangan esse va boshqalar. Bu usullar 
asosan basqichlarga ajratilgan dars jarayonida qo‘llaniladi (chaqiruv, angla
sh, fiklash) 
va har birida o‘qituvchi o‘quvchilarga tegishli topshiriqlar beradi. Bu metodlar va 
usullar o‘quvchida kommunikativ qobiliyatning o‘sishiga, o‘quvchilar orasida hissiy 
aloqa o‘rnatilishiga,
muammoli vaziyatlar echimiga, guruhda ishlashni, o‘z
galarning 
fikrini tinglay olishni va o‘z fikrini mustaqil bayon etishni o‘rgatibgina qolmasdan, 
unda o‘ziga ishonch, bilimiga tayana olish, qiziqishlarining kuchayishiga, keng 
fikrlashga olib keladi. Davlatimiz Prezidenti I.A.Karimovning 
«Har
qaysi insonda 
muayyan
darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq 
yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart
-sharoitlar yaratilsa, tafakkur har xil 
qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo‘ladi va har qaysi inson Alloh 
taolo
ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini avvalo o‘zi uchun, oilasi, millati va 
xalqining, davlatining farovonligi, baxt-
saodati,manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, 
bunday jamiyat shu qadar to‘liq taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini 
ha
tto tasavvur qilish ham oson emas»

Bu so‘zlarni shunchaki keltirmadik, chunki 
yoshlarimizni ma’naviy barkamol, aqliy salohiyati yuqori, mustaqil va erkin fikrlovchi, 
ijodkor bo‘lib shakllanishida pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash, integrativ jarayonga 
asoslanish, interfaol metodlardan foydalanish kamlik qiladi.
Biz o‘quvchi shaxsining
ichki olamini hisobga olishimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni uning shaxsiy fikri bilan 
hisoblashishimiz, undagi qobiliyatlarni payqamog‘imiz, uning so‘z boyligini oshib 
borishig
a ijobiy ta’sir ko‘rsata olishimiz zarur. Xo‘sh, buning uchun nima qilish kerak
degan savol o‘z
-
o‘zidan tug‘ilishi muqarrar. Guliston davlat universiteti pedagogika va 
psixologiya kafedrasi professor-
o‘qituvchilari tomonidan darslarda qo‘llanilayotgan 
qo
idalar darsni samaradorligini ancha oshirishini ko‘rsatdi. Quyida shu qoidalarni 
sanab o‘tamiz.
Mashg‘ulotning samaradorligini oshirish uchun amal qilish
mumkin 
bo‘lgan qoidalar:
·
dars qoldirmaslik va kech qolmaslik; 
·
aniq maqsad qo‘yish va unga 
erishish; 
·
vaqtdan unumli foydalanish; 
·
fikrni bo‘lmaslik;
·
eshita olish, savol berish 
madaniyatiga rioya qilish; 
·
o‘zgalar fikrini hurmat qilish;
·
o‘zaro hurmat;
·
ma’suliyatli bo‘lish;
·
faollik, ijodkorlik va bunyodkorlik; 
·
kayfiyatni mo‘tadil 
saqlash; 
·
tashkilotchi va tashabbuskor bo‘lish;
·
fikrini qisqa, aniq va ravon ifoda 
etish; 
·
o‘zaro hurmat, hayrixohlik, xamdardlik, yordam ko‘rsatish.
Bu qoidalar 


- 27 - 
shaxsni yuqori ma’naviyatli, keng fikrlovchi, ijodkor, bulib shakllanishiga yordam 
be
radi, shuningdek o‘zgalarni fikrini hurmat qilishga o‘rgatadi. O‘quvchi
-talabalarimiz 
dars jarayonida shu qoidalarga amal qila olishsa o‘z fikrlarini, g‘oyalarini aytishdan 
cho‘chishmasa, serg‘ayrat, shijoatli, qalb tuyg‘ulari ilmda beorom bo‘lsa,
o‘zgala
rni 
fikrini hurmat qila olishsa darslar o‘z samarasini berishi aniq.
Hozirgi davr talabidan 
kelib chiqqan holda talabalarni o‘z
-
o‘zini tarbiyalaydigan, o‘zi mustaqil izlanib, 
bilimlarni egallaydigan darajaga olib chiqish asosiy vazifa hisoblanadi.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish