1.Davr, uslub, moda, soch turmagi g‘oyalarini har tomonlama idrok etish va
anglash, bo‘lajak soch turmagi shakli (hajmi) haqida umumiy tasavvurga ega
bo‘lish, mavzu yuzasidan
fantaziyani ishga solish, motivlarni topish;
2. Soch turmagi vositalari, kompozitsion usullarni topish;
3. Texnologik dastur;
4. Asosiy fikrlarni amalga oshirish.
Modelyer ongida badiiy obrazning vujudga kelish jarayoni nihoyatda murakkab, u
ko‘proq faqat bir emas, balki ketmaket keladigan, yaqin yoki xilma-xil bir necha
obrazlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Faqat ulardan bin aniq va tugal amalga
oshiriladi. Model yaratishda dastlabki paytda tasvir eng muhim rolni o‘ynashi
mumkin. Ongda vujudga keladigan obrazni qog‘ozda aks ettirib olgan ma’qul, bu
tasavvurdagi ishni to‘latish, aniqlash va tekshirib ko‘rish imkonini beradi.
Shaklning dastlabki g‘oyasini modelyerlar qoralama chizmada aks ettiradi,
eskizlarda rivojlantiradi, ishchi loyihada ishlov beradi.
Eng maqbul ifodaviy hajmiy izlanishda plastilindan
foydalanib haykalcha
modellashtirish yana bir muhim texnik vosita hisoblanadi. Soch turmagining
ko‘plab ko‘rinishlarini aks ettiruvchi suratlar ham soch turmagining
haykaltaroshlik shakli haqida to ‘la ma’nodagi tasavvurni bera olmaydi,
uning
kompozitsion o‘zaro aloqasi, uch o‘lchamli makondagi mutanosibligi va
arxitektonikasini
ko‘rsatishning
imkoniyati
bo‘lmaydi.
Haykalsifat
modellashtirish texnik vosita sifatida qat’iy shakldagi, tarixiy, teatr va, umuman,
model shakli, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tomoshabop turlardagi
soch turmaklarini modellashtirishda samarali foydalanish mumkin bo‘ladi.
Soch turmagi loyihasini ishlab chiqish jarayonida
yuqoridagi ham surat
shaklidagi, ham haykal shaklidagi tasvirlardan foydalanish mumkin. Bu ijodiy
izlanishlar paytidagi vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Ammo har ikkalasidan bir
paytda foydalanish ma’qul — bunda shaklni hosil qilishda yanada aniqlab va
hajmini belgilab
olish uchun dastlab eskiz, so‘ngra haykal yaratiladi. Yasama
boshga kiydiriladigan parik ustida ishlash haqqoniy vaziyatga yanada yaqinroq
bo‘lishni ta’minlaydi. Ammo agar ko‘proq soch turmagi variantlarini ko‘rib
chiqish zarurati bo‘lsa, bu ish anchayin ko‘p vaqt talab qiladi. Ham haykal
yasash, ham pariklar bilan
ishlash nihoyatda muhimdir, negaki yaratilayotgan
shakllar ko‘zga ko‘rinib turadigan bo‘ladi. Modelyer ko‘z oldida doimiy ravishda
aniq shakl bo‘lganligi tufayli qismlarni joy-joyiga keltiradi yoki ko‘rinishini
o‘zgartira oladi. Bu soch turmagi tuzilishi, uning xususiyatlarini aniq ko‘rib
belgilab olishga yordam beradi. Shu asnoda aniq qismlarga ishlov berish,
ularni
birlashtirish va qo‘shish texnik usullarini, soch turmagi yaratish bo‘yicha
ishlarning texnologik uzviyligini ta’minlash imkoni bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: