Tasviriy san’at tur va janrlari



Download 433,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana08.02.2022
Hajmi433,65 Kb.
#437184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Maruzalar matni

6-mavzu.
Kompozitsiya 
Kompozitsiya
(
Lotincha

compositio
— tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — 
badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan 
qismlarining joylashishi.
Tasviriy sanʼatda—rassom (haykaltarosh va boshqa) gʻoyasini aniq ifoda 
etish vositasi boʻlib, unda ijodkorning mahorati yorqin namoyon boʻladi. 
Kompozitsiya orqali muallif chiziq, shakl, rang va obrazlarni tartibga keltiradi, 
fazoviy kenglikni oʻzlashtiradi va badiiy muhit yaratadi. Kompozitsiya asosini 
mantiqiylik, shakl aniqligi va ularning oʻzaro uygʻunligi tashqil qiladi. Ijodkor 
yaratgan har bir asarining asosida kompozitsiya yotadi, unda borliqni idrok etish 
jarayonida hosil boʻladigan fikr, his-tuygʻular oʻz aksini topadi. 
Kompozitsiyaning "turgʻun" va "dinamik", "ochiq" va "yopiq" xillari mavjud. 
Kompozitsiya tuzish maʼlum "qonun" (kanon)lar bilan belgilangan va 
chegaralangan. Bu esa kompozitsiya ifoda vositalarining torayishiga olib kelgan. 
Uygʻonish davrida "turgʻun" va "yopiq" kompozitsiya, barokko sanʼatida 
"dinamik" va "ochiq" K. ustuvorlik qilgan. Sanʼat tarixida qonunlarga boʻysunib 
yaratilgan kompozitsiyalar va erkin kompozitsion usullarga asoslanib 
kompozitsiya yaratish harakatlari birday muhim rol oʻynagan. Uygʻonish davrida 
kompozitsiyani ilmiy asoslashga intilish kuzatiladi.


Tasviriy sanʼatning har bir turi oʻziga xos kompozitsion uslublarga ega. Mac, 
kitob bezagi (rasm) mahobatli devoriy rassomlik kompozitsiyasidan farq qiladi. 
Shuningdek, kompozitsiyani idrok qilish ham turlicha boʻlishi mumkin. Mac, 
haykaltaroshlik asarlaridan relefni faqat old tomondan koʻrish mumkin. 
Aksincha, mahobatli yodgorliklarni esa aylanib tomosha qilish lozim. 
Haykaltarosh asar yaratayotganda kompozitsiya qonunlarini eʼtiborga olishi 
kerak. Tasviriy sanʼatda koʻp shakl (figura)li kartina va haykallar ham 
kompozitsiya deb ataladi.
Kompozitsiya – tasvirdagi figura, predmet, rang dog‘larining mato sathida 
guruhlash, ularga kerakli bо‘lgan yorug‘likni о‘rniga qо‘yish, rangni kuchaytirish 
yoki mayinlashtirish, nokerak detallardan voz kechish yoki ularni tasvirda 
umumlashtirish – bir sо‘z bilan aytganda badiiy obraz mazmunini “chiroyli” 
ifodalash maqsadida kartina elementlari va bо‘laklarini bir-biri bilan 
muvofiqlashtirish, sozlash san’atidir. Tasvirlash va ifodalashning hamma 
vositalari о‘zining hayotiyligini, g‘oyaviy ahamiyatini va uning poetikasini faqat 
ularni о‘zaro moslab asosiy maqsadga yо‘naltirganda, ularni shu maqsadga 
bо‘ysundirilganda, bir-biri bilan muvofiqlashtirganda, kerak joyda ular orasidagi 
kontrastni tо‘g‘ri topish natijasida kompozitsiya yaratilgandagina badiiy obraz 
vujudga keladi.
Qadimda rassomlar kompozitsiyaning qandaydir о‘zgarmas qonuniyatlarini 
yaratishga harakat qilishgan. Ular bu qonuniyatlar asosida tasvirdagi predmet va 
shakllarning joylashuvi va bir-biriga bо‘lgan munosabatlari, asosiylarini ikkinchi 
darajalilaridan farqlashni shu qonuniyatlarga bо‘ysunishi kerak deb 
hisoblashgan. Ularning ba’zilari gо‘zallikni-tasvir kompozitsiyasining 
arxitekturadagi mustahkamlik prinsipida-simmetriyada, undagi “vaznning” 
о‘zaro mutanosibligida deb bilsa, boshqalari gо‘zallikni tasvirning dinamikasida 
deb bilib kompozitsiyada uning bо‘laklarini bir-biriga nisbatan kontrast 
holatlarda tasvirlashga va qarash nuqtasining-rakursning, nur va soyaning 


effektlaridan oydalanishga harakat qilar edilar. О‘tmishning buyuk rassomlari 
asarlarining kompozitsiyasi bekamu-kо‘st, chunki bu asarlarda mazmun va shakl, 
mahorat buyukdir.
Hozirgi zamon tasviriy san’atida kompozitsiya hech qanday qonuniyat yoki 
qoida va normalarga qaram emas. Kompozitsiyaning yakkayu yagona qonuni – 
bu rassom obrazli maqsadini ochishda tasvirdagi predmet va shakllarni matoga 
chiroyli va ifodali joylashtirishdir. Bu maqsadda kompozitsion fikrning obyekti 
bо‘lib atrof-muhitdagi voqelik, inson, tabiat va bizni о‘rab turgan predmetlar 
xizmat qiladi.
Kompozitsiya ustida ish tasvirlanishi lozim bо‘lgan obyektni tanlashdan 
boshlanadi. Tanlangan obyektni ifodalash maqsadidan kelib chiqib bu mavzu 
asarning syujeti deyiladi. Syujetda rassomning badiiy g‘oyasi aniqlanadi va 
syujetning aniq tanlanishi kompozitsiyada obraz yechimini ochib berishda 
muhim о‘rin tutadi.
Tabiat manzaralari natyumort yoki atrof-muhitdagi predmetlar tasviri 
kо‘pfigurali kompozitsiyadagi kabi о‘z syujetiga ega. Natyumort va manzaraviy 
janrlardagi kartina asari mavzusi kо‘pincha motiv deb yuritiladi.
Tasvirda syujet va kompozitsiya bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Tasvirda bir 
maqsadga yо‘naltirilgan tarzdagi predmetlarning о‘zaro munosabatda joylashuvi 
natijasidagina asarning syujeti yuzaga keladi. Kompozitsiyadagi syujet va obraz 
mazmuni uning bо‘laklarining joylashuvi va ular orasidagi mazmuniy va tasviriy 
о‘zaro aloqasiga bog‘liq, Kompozitsiyadagi muayyan figura va predmetlar 
ularning masshtabi, joylashgan о‘rni, yoritilganligi miqdoriga qarab ularning asar 
mazmunidagi tutgan roli va mohiyati о‘zgaradi, figura va predmetlar 
joylashuvining u yoki bu kо‘rinishida ular har xil mazmunga ega bо‘lishadi.


Tasvirda predmetlarning hajmi, rangi, ularning ifodaliligi boshqa predmetlar 
bilan yonma-yon joylashuvida oradagi о‘zaro farqning kontrastida о‘zgaradi.
Tasvirda birinchi planda joylashgan stakan orqa planda joylashgan grafinga 
nisbatan ancha katta kо‘rinadi. Optikaning bu qonuniyatini asar kompozitsiyasi 
ustida ishlanayotganda inobatga olish va undan oqilona foydalanish zarur.
Rangtasvirda kontrastning nafaqat optik, balki, uning nisbatan kengroq 
ma’nodagi xususiyati – estetik jihatidan ham foydalaniladi. Kontrast uzoq yillar 
davomida kompozitsiyaning asosiy prinsiplaridan biri bо‘lib hisoblanib kelgan. 
Kompozitsiyaning bu prinsipidan foydalanib, gо‘zallik – xunukka nisbatan, 
noziklik – qо‘polga nisbatan, tasvirdagi predmet yoki figuraning harakati, shakli 
va xarakteri boshqa predmet yoki figuraning harakati, shakli va mazmuniga 
albatta qarama-qarshi kontrastda qо‘yilgan. Asardagi bu kontrastlar obrazning 
plastikasini va dinamikasini ochishda juda ahamiyatlidir.
Rasm haqidagi suhbatimizda harakat tasvirini ifodalash haqida sо‘z borgan edi. 
Lekin rasmdagi bu ifoda faqat kompozitsiyada jamlangandagina tо‘laqonli 
gavdalanadi. Unda tasvirdagi harakatning ifodalanishida rangtasvirning hamma 
vositalari – syujet tanlash, predmet tasviriga nisbatan bо‘lgan fazoviy perspektiv 
kо‘rinish nuqtasi, rasm, rang, yorug‘lik, hattoki mо‘yqalamning mato sirtidagi 
yо‘nalishi va tezligi ritmi hamda matoga qо‘yilgan moybо‘yoqning qalinligi – 
fakturasi birlashib ishtirok etishadi. Faqat kompozitsiyadagina tavsirdagi 
predmetning harakati rangtasvir vositalarining о‘zaro faol munosabatlari 
natijasida о‘zini namoyon qiladi.
Rassom A.Rilovning “Moviy kenglik” asarini eslasak, unda kо‘kda parvoz 
qilayotgan laylaklar bilan bir ritm va tempda osmondagi bulutlar ham suzib 
boradi. Olisda, ufqda yelkanli kema ham, yengil epkin haydayotgan dengiz 
tо‘lqinlari ham laylaklar parvoziga hamohang harakatda ekanliklarini his qilasiz.


Asar kompozitsiyasining ifodali chiqishida yorug‘likning ahamiyati katta. 
Rassom mо‘yqalam vositasida tasvirlangan yorug‘lik yordamida tomoshabinda 
hissiyot uyg‘otadi, uni о‘z asarining mazmuniga olib kiradi. Rassom asar 
kompozitsiyasining mazmunini ochishda zarur bо‘lgan joylarida yorug‘likni 
kuchaytiradi, boshqa joylarida esa, yorug‘likni yumshatadi, kompozitsiyadagi 
yoritilgan va soya joylar kontrastini kuchaytiradi, yoinki kartina sirtini butunlay 
yoritib, soyalar uchun judayam oz miqdorda joy ajratadi. Bu bilan u asar syujetida 
obrazga qо‘yilgan “yukni” ustalik bilan tomoshabinga yetkazishga erishadi.

Download 433,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish