76
yo’nalishda foydali axborot berish) zaruriy metodik tadbir sanaladi.
2. Ingliz tili darslarida til(ona tili, ikkinchi til va ingliz tili)ga oid
predmetlararo o’zaro ichki, shuningdek, ular bilan boshqa sohaviy fanlar orasidagi
bog’lanishning ta’minlanishiga ahamiyat berish lozim. O’quvchilarga tillarni
o’qitishda
predmetlararo
bog’lanishdan
foydalanish
til
ta’limini
takomillashtirishning muhim omillaridan hisoblanishi tajriba-sinov ishlari orqali
isbotlandi.
3. O’quv materialinining tanlanishiga alohida e’tibor berish zarur. Bunda,
ayniqsa, ingliz tili o’qitishni bo’lajak kichik mutaxassis kasbiy yo’nalishining
talablariga bo’ysundirish ijobiy samara beradi.
4. O’quvchilarning ingliz tili o’rganishga bo’lgan motivatsiyasini muntazam
rag’batlantirish borish tavsiya etiladi va h.k.
5. O’qituvchining amalga oshirishi zarur bo’lgan
yuqoridagi tadbirlar
o’quvchilarning ingliz tilini o’rganishlariga, til hodisalarini mohiyatini anglab
etishlariga va ijodiy faoliyat ko’rsatishlariga zamin yaratadi.
II. O’quvchi faoliyatiga oid:
1. Ta’lim faqat o’qituvchi tomonidan boshqariladigan jarayon emas, u
o’quvchilar faoliyati bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ingliz tili darslarida
o’quvchining o’z nutqini nazorat qilishi, yo’l qo’ygan xatolarini aniqlashi, bartaraf
etishi, mustaqil holda xulosalar chiqarishi, qisman
izlanuvchanlik va ijodiy
topshiriqlarni bajarishda ishtirok etishi ingliz tili o’rganishda yaxshi samaralar
beradi.
2. O’z faoliyatini boshqarishga erishishi uchun o’quvchi ingliz tilidan
sistemali bilimlarga ega bo’lishi, til hodisalarini kuzatish, taqqoslash,
umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullari bilan qurollangan bo’lishi lozim.
III. Ta’lim mazmuniga oid:
1. Oliy o’quv yurtlarini muayyan ixtisosliklarga yo’naltirilganligi sababli ular
uchun alohida-alohida ingliz tili darsliklari yoki o’qish kitoblari (Readers)ni
yaratish bugungi kun talabidir. Shundagina ingliz tili ta’limining bugungi kungi
77
dasturiy talablarini kasbiy yo’naltirilgan holda olib borilishi ta’minlanadi.
2. Darsliklarni yaratishda maktab va oliy o’quv
yurti orasidagi izchillikka
rioya qilish, oliy o’quv yurti ingliz tili ta’limining amaliy maqsadiga binoan o’qib
axborot olish uchun ijtimoiy-maishiy, badiiy, siyosiy, o’quv-ta’limiy mavzudagi
matnlardan tashqari kasbiy yo’nalishdagi sohaviy matnlarni ko’proq berish
maqsadga muvofiqdir.
3. O’quvchilarning aksariyati ingliz tilida o’zlari mustaqil o’qib axborot olish
qobilyatiga ega emaslar.
4. O’qituvchilarning ko’pchiligi o’qish malakalarini shakllantirishda
zamonaviy usullarni qo’llamaydilar.
5. Metodik adabiyotlarda ham bu borada aniq yo’l-yo’riqlar ishlab
chiqilgan
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: