28-modda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to’g’risida axborot
berayotgan shaxslarni himoya qilish
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to’g’risida axborot berayotgan shaxslar
davlat himoyasida bo’ladi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to’g’risida axborot berayotgan
shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to’g’risida
bila turib yolg’on axborot bergan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular
qonunga muvofiq javobgar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |