31-modda. Axborot olish Har kim davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi
to’g’risida, shu shaxsning o’ziga yoki shaxslar guruhiga taalluqli bo’lgan
hujjatlarning qabul qilinish jarayonlari haqida axborot olish huquqiga ega.
Davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar korrupsiya bilan bog’liq bo’lgan,
jamiyat uchun ahamiyatga molik voqyealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar
256
to’g’risidagi xabarlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot
vositalariga taqdim etadi.
Axborot olish faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkin.