partyalarni moliyalashtrish
to‘g‘risida”gi
Qonuni.//O‘zbdkiston Rdspublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, № 5 (1337), 2004. –B.32-33.
68Karimov I.A.Mamlakatmizda ddmokratk islohotlarni yanada chuqurlashtrish va fuqarolik
jamiyatni rivojlantrish konsdpsiyasi. O‘zbdkiston Rdspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Sdnatning qo‘shma majlisidagi ma’ruza. 2010 yil 12 noyabr.-T.: O‘zbdkiston, 2010.-B.12.
203
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga va himoyaga ehtiyojmand
fuqarolari manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Bular – iqtisodiyotda band bo‘lmagan
mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda
qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlar; doimiy ish joyi va muqim maoshga ega bo‘lmagan aholi
qatlami, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan va ko‘p bolali
oilalar, pensionerlar hamda imkoniyatlari cheklangan kishilar. O‘zbekiston XDP davlat tomonidan
ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko‘zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni
o‘zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo‘llab-quvvatlashiga umid
bog‘laydi;
–katta hayotga kirib kelayotgan yoshlarning kasb-hunar tanlashi, ta’lim olishi va o‘qishni
bitirganidan keyin ish o‘rniga ega bo‘lishi uchun adolatli, barcha uchun teng hamda ijtimoiy ochiq
shart-sharoitlar yaratish; pensionerlar, mehnatga layoqatsiz nogironlar, ota-ona qaramog‘idan
mahrum bolalarning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga kafolat beradigan pensiya ta’minoti
va ijtimoiy nafaqalar tizimini shakllantirish;
-xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlarining hududiy ish o‘rinlari yaratish
hamda o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga moslashtirilgan
xizmat va tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga doir o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini
ishlab chiqish hamda tasdiqlash borasidagi tashabbuslarini yanada rivojlantirish; shu o‘rinda
mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud resurs hamda talab
asosida xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda69.
SHuningdek, partiya butun jahon demokratik harakati so‘l qanotida qabul qilingan
TENGLIK, OZODLIK, ADOLAT, BIRDAMLIK, DEMOKRATIYA VA INSON
HUQUQLARI, TINCHLIK prinsiplari hamda xalqimizga xos bo‘lgan milliy va umuminsoniy
gumanistik hamda demokratik qadriyatlarga amal qilishini asosiy maqsadlardan biri sifatida qabul
qilgan. Partiyaning ijtimoiy ideali – O‘zbekistonda sotsial demokratik davlatni bunyod etishdir.
“XXI asrda kuchli O‘zbekiston!” g‘oyasi partiyaning bu maqsadga erishishdagi asosiy g‘oyasi
hisoblanadi70.
Hozirgi davrda O‘zbekiston XDP oxirgi saylovlarga o‘z safida 424.5 mingdan ziyod a’zolari
bilan qantnashdi. Partiya a’zolarini bevosita birlashtiradigan 9955 ta boshlang‘ich tashkilot faoliyat
ko‘rsatadi. Partiyaning Qonunchilik palatasida 21 ta deputatdan iborat fraksiyasi faoliyat olib
boradi.
Partiya o‘zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari: o‘zbek tilida
chop etiladigan “O‘zbekiston ovozi” gazetasi; rus tilida chop etiladigan “Golos Uzbekistana”
haftaligi.
69O‘zbdkiston Xalq ddmokratk partyasi
haqida//htp://www.dldctons.uz/uzb/dvdnts/politcal_partds /1548/.
70 Narodno-ddmokratchdskaya partya
Uzbdkistana//
htp://www.12ndws.uz/ndws/2013/12/14/dd0dbad.
..
204
Do'stlaringiz bilan baham: |