Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

rivojlaiishi.
O‘zbekistonda demokratik prinsiplar va fuqarolik jamiyati talablari asosida siyosiy
partiyalarni tuzish faqat mustaqillik davrida amalga oshirildi. Mamlakatda rivojlangan
mamlakatlar tajribasi va milliy an’analardan kelib chiqib siyosiy partiyalarning jamiyat instituti
sifatidagi huquqiy maqomi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-
moddasida siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi quyidagicha belgilangan: “Siyosiy partiyalar
turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan
saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z
faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari
200


haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib
turadilar”61.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan siyosiy partiyalar
“jamoat birlashmalari” sifatida e’tirof etiladi62. Mazkur Konstitutsiyaning 58-moddasida esa
“davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga,
shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”63, deyiladi. Bu bilan, birinchidan, siyosiy partiyalar jamoat
birlashmalari kabi jamiyatning instituti ekanligi e’tirof etiladi; ikkinchidan, siyosiy partiyalarning
davlat hokimiyati organlari faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi konstitutsiyaviy me’yorlar
bilan ta’qiqlanib, uning davlat hokimiyatiga daxldor emasligi ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida jamiyatdagi muxolifiy huquqni
himoya qilish maqsadlarida quyidagi qoida mustahkamlangan: “Siyosiy partiyalarda, jamoat
birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni
tashkil etuvchi muholifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr- qimmatini hech kim
kamsitishi mumkin emas”64.
1991 yil 14 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatda ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishining huquqiy jihatlarini
ta’minlab berishi natijasida mamlakatda yangi siyosiy partiyalarning shakllanish jarayonlari
boshlandi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini qaror topishida 1996 yil 25 dekabrida Oliy
Majlis qabul qilgan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun muhim o‘rin tutdi. Qonun 17 ta
moddadan iborat bo‘lib, unda siyosiy partiyalarning demokratik qoidalar asosida faoliyat
Yuritishlari uchun rivojlangan mamlakatlar mezonlari talablariga xos bo‘lgan huquqiy asoslar
yaratildi. Qonunning 5-moddasiga binoan, “davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy
manfaatlari muhofaza etilishiini kafolatlaydi, ustavda belgilangan o‘z maqsadlari va vazifalarini
bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi”65. SHuningdek, siyosiy
hayotda birinchi marta qonunning 12-moddasida siyosiy partiyalarning huquqlari aniq va ravshan
ko‘rsatib berildi: “Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
-o‘z faoliyati
to‘g‘risidagi
axborotni erkin
tarqatish, o‘z g‘oyalari, 
maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish;
-saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda 
ishtirok etish;
61O‘zbdkiston Rdspublikasining Konsttutsiyasi.-T.:O‘zbdkiston, 2016.-B.20.
62O‘sha joyda. –B.19.
63 O‘sha joyda. –B.20.
64 O‘sha joyda. –B.13-14.
65O‘zbdkiston Rdspublikasining “Siyosiy partyalar to‘g‘risida”gi Qonuni. //O‘zbdkiston Rdspublikasi Oliy 
Majlisining Axborotnomasi, № 2 (1250), 1997.-B.12.
201


-qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat
hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
-partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni
o‘tkazish;
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va
boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
-O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va
boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish”66.
Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri, bu - siyosiy institutlarda va siyosiy
jarayonlarda turli xil fikrlarning erkin ifoda qilinishiga huquqiy asoslar yaratib berish, shuningdek,
huquqiy davlat fuqarolari - plyuralistik fikrlashga qobil bo‘lgan shaxslarni shakllantirishdir. SHu
maqsadlarda qonunning 13-moddasida Oliy Majlisdagi partiya fraksiyalarining erkin faoliyat
yuritishlari, ularning hozirgi davr ilg‘or mamlakatlaridagi me’yorlar talablariga muvofiq jamiyatning
siyosiy rivojlanishiga hissa qo‘sha olish darajasiga ko‘tarilishlarining huquqiy jihatlardan
ta’minlashga asos solindi: “Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisidagi
fraksiyalari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida o‘z
Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish