Partiyaning vazifalari:
-O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash borasida demokratik jarayonlarni
jadallashtirish;
-O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat barpo etish borasida Vatanga sadoqatli xizmat
qiladigan insonlarni tarbiyalash;
-O‘zbekiston fuqarolariga o‘z qonuniy huquqlari, erk va burchlarini anglashga
ko‘maklashish, ularning siyosiy ongi, madaniyatining rivoji uchun kurashish;
205
-o‘zbek xalqining milliy an’analariga tayangan holda milliy qadriyatlarni tiklash, boy
madaniy merosimizni o‘rganish asosida Yosh avlodni tarbiyalash;
-millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirish, har
qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi kurash olib borish, dinlararo
bag‘rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni targ‘ib qilish;
-davlat ijroiya tizimini takomillashtirish, davlat hokimiyati organlarida iymonli, pok, o‘z
Vatani, xalqini sevadigan va elu yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan rahbar va mutaxassis
kadrlarning ishlashiga erishish;
-respublika fuqarolarining turmush darajasini ko‘tarish, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining
muhofazasini ta’minlash borasida takliflar ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
-O‘zbekistonning jahon miqyosida o‘z o‘rnini egallashi, dunyodagi ilg‘or davlatlar bilan
xalqaro huquq talablari asosida o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish uchun faoliyat ko‘rsatish,
milliy manfaatlariga mos keladigan tashqi siyosatni qo‘llab-quvvatlash;
-Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining saylanadigan lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish, qayd etilgan
saylovlarda ishtirok etish, shuningdek, saylangan organlarda faoliyat ko‘rsatish;
-malakali mutaxassislar, byudjet sohalari xodimlari, pedagoglar, shifokorlar, muhandis-
texnik va ilm-fan vakillari, xizmat ko‘rsatish sohalari mehnatkashlari manfaatlarini himoya
qilish.
“Adolatt” ijtimoiy-siyosiy gazetasi O‘zbekiston “Adolat” sotsial- demokratik partiyasining
rasmiy nashri hisoblanadi, gazeta 1995 yil 22 fevralda tashkil etilgan71.
O‘zbekiston “Adolat” SDPning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarda,
shuningdek, barcha tuman va shaharlarda partiyaning mahalliy kengashlari faoliyat olib
bormoqda. Partiya o‘z saflariga 157222 ta (2016 y. ma’lumoti) a’zolarni birlashtirgan. 4033 ta
boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud. Partiya safida 78670 ta ayollar, 68145 ta 30 Yoshgacha
bo‘lgan a’zolar faoliyat Yuritadi. Partiyaning markaziy matbuot nashri -
«Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasidir72. Partiya oxirgi saylov – 2014 y. 21 dekabrdagi saylovlarda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 20 ta, mahalliy vakillik organlari kengashlarida 834 ta
deputatlik o‘rnini egalladi. To‘rt marta Prezidenlikka saylovlarda o‘z nomzodi bilan ishtirok etdi73.
71O‘zbdkiston “Adolat” sotsial-ddmokratk partyasi haqida // htp://www.dldctons.uz/uzb/dvdnts/
politcal_partds/1547/.
72 Sotsial-ddmokratchdskaya partya Uzbdkistana
«Adolat» //
htp://www.12ndws.uz/ndws/2013/12/14/ dd 0dbad.
..
73Istoriya parti//htp://ru.adolat.uz/istoriya-parti/.
206
Do'stlaringiz bilan baham: |