Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


-modda. Davlat ijtimoiy buyurtmasi va uni berish tartibi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

21-modda. Davlat ijtimoiy buyurtmasi va uni berish tartibi
Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o’rtasida
shartnoma tuzish yo’li bilan sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarish yoki tadbirlar
o’tkazishga doir davlat topshirig’idan iborat bo’ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondlari orqali, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O’R
QHT, 2017 y., 37-son, 978-modda)
Davlat organlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida o’z faoliyatining nodavlat notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari qo’llab-quvvatlashini talab etadigan ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi hamda
kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish to’g’risida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondlariga buyurtmalar yuboradi. Buyurtmada davlat organi
faoliyatining ustuvor yo’nalishlari, ishlar bajarish yoki tadbirlar o’tkazishga doir topshiriqning maqsadlari, vazifalari va shartlari
ko’rsatiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent
shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat
fondlari davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo’yicha tanlov tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining
boshqa institutlaridan tushgan takliflarni umumlashtiradi hamda ularni tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga
kiritadi.
Parlament komissiyasi yoki jamoat komissiyalari tegishincha Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o’rganib chiqib, davlat
ijtimoiy buyurtmalarini berishning maqsadga muvofiqligi va ularning hajmlari to’g’risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi, davlat
buyurtmachilarining ro’yxatini va ko’rsatilgan mablag’larni ajratish rejalashtirilayotgan faoliyat yo’nalishlarini ommaviy axborot
vositalarida e’lon qiladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ishlab chiqadi
hamda ularni ko’rib chiqish uchun tegishincha Parlament komissiyasiga, jamoat komissiyalariga taqdim etadi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilayotganda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish to’g’risida buyurtma yuborgan davlat organi va
nodavlat notijorat tashkiloti yoki fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o’rtasida shartnoma tuziladi.
Davlat organlari Parlament komissiyasi, jamoat komissiyalari tomonidan qo’llab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmalari
loyihalarini byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan qo’shimcha moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bunda qo’shimcha
moliyalashtirish miqdori umumiy moliyalashtirish summasining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
173


 LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuninng 14-
moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organlari sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat
tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy
buyurtmasi berishi mumkin. Sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari
tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish davlat buyurtmachilarining ro’yxati va faoliyatning mablag’lar ajratish
rejalashtirilayotgan yo’nalishlari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida oldindan e’lon
qilingan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi.
Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan
loyihalarni ko’rib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash maqsadida davlat boshqaruvi organlari huzurida jamoatchilik kengashi
tuziladi, ushbu kengash a’zolarining yarmi nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillaridan
iborat bo’ladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo’yicha tanlov g’olibi loyihalarni ko’rib chiqish, umumlashtirish va ularni
baholash natijalariga ko’ra aniqlanadi. Davlat boshqaruvi organi va tanlovda g’olib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti yoki
fuqarolik jamiyatining boshqa instituti o’rtasida shartnoma tuziladi.
Sosial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat
tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish, jamoatchilik kengashi tarkibini
shakllantirish tartibi, shuningdek tanlov shartlari va uni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
(21-modda O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 14 sentyabrdagi O’RQ-446-sonli Qonuniga asosan o’ninchi, o’n birinchi va o’n
ikkinchi qismlar bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2017 y., 37-son, 978-modda)

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish