4-bob. Ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlari
23-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi
huquqlari
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o’z ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o’z a’zolari va
ishtirokchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning turli masalalari
bo’yicha tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlariga tegishli takliflar kiritish;
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan davlat organlarining qarorlarini ishlab chiqishda
ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etish;
(23-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 yanvardagi O’RQ-456-sonli Qonuniga asosan beshinchi
xatboshi bilan to’ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son)
davlat organlariga axborot olish to’g’risida so’rovlar bilan murojaat etish, shuningdek o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni tarqatish;
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi Qonuninng 6-
moddasi, O’zbekiston Respublikasining «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi to’g’risida»gi qonunlari.
ijtimoiy sheriklik masalalari bo’yicha maslahatlashuvlar va muzokaralar o’tkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va
shartnomalar tuzish to’g’risida takliflar kiritish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash hamda muhokama qilishda ishtirok
etish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qo’shma
hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’tkazish.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo’lishi mumkin.
LexUZ sharhi
174
Qo’shimcha ma’lumot uchun qarang: O’zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi Qonuninng 7-
moddasi, O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari to’g’risida»gi Qonuninng 15-moddasi,
O’zbekiston Respublikasining «Jamoat fondlari to’g’risida»gi Qonuninng 15-moddasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |